Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- OTAMNI OLIMIDAN SEVINDIM, AMMO...
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 kechrishingni so'rayman... Va sizlar! Ye, o'zidan o'zgani qutqarmoq jafosini chekmagan, uylariga berkinib olgan musulmonlar! Islavothona - tuzoqqa tushgan har bir qiz uchun mas'ul ekanligingizni unutmang!Ishonchi egovlana-egovlana dinidan uzilgan har yoshning uvoli zimmangizga yuklanishini anglaysizmi? Allohni inkor qilib, ota-onasiga isyonkor bo'lgan, Qur'onni toptab Islomga kufr etuvchi har yoshga har musulmon javobgar emasmi?!Allohim! Aslida bu bir meni emas butun jamiyatni vijdon azobi emasmi? Kechir meni singlim. Avf et. Va seni sendan ayirganlarni... Seni sendan tortib olganlarni... Va gulday so'ldirganlarni... Meni va boshqa qardoshlaringni kechir... Yo'qsa vijdon azobi meni ezib, parchalab tashlaydi... OTAMNI O'LIMIDAN SEVINDIM, AMMO... Mening ismim Qoya, hozir Abu Bakr. Bugun otam mozorga, onam esa qamoqqa ketdi. Men oilamizning to'ng'ich farzandiman. Men uchun jonu jahonim, harkimim ukam yolg'iz Chungiz (Ali) qoldi. Ajal onamning qo'li bilan otamni olib ketdi. Onam hibsda nima qiladi? Onam otamni qotilimi? yoki otamni, bolalarini, hatto jamiyatni qutqargan fidokormi? Savollar... javoblari bormi yoki yo'q? Onamizni qamoqqa , otamizni esa mozorga yo'lladik. Bu jamiyatning tasqara basharasidir... Bu hayot bir necha kishini emas, otasi aroqho'r, onasi qotil, bizning ko'zyoshlarimiz, mashaqqatlarimizni bo'lishganlarni hayoti... Biz ikki aka-uka onamizni hayotini bilishga qiziqardik. Onajonimiz biroz jim bo'lib qolardi. Yuzini mashaqqat chulg'ardi. Song g'amgin tabassum qilardi. Shu yuz harakatlari uning dardli ayol ekanligini anglatardi. O'sha paytlarda bizni hafa qilmaslik uchun bizga qaramaslikka, yuzlarini ko'rsatmaslikka, yashirishga urinardi. - "Otangiz bilan oramizda beshikkerti degan narsa bor edi. Otangiz meni sevishini aytar, o'zlari kelishgan, sevimli, muallimlikka mehr qo'ygan edilar. Uylanish uchun u paytlarda shu narsalarni o'zi yetarli edi. Musulmonlik ahtarmasdim, meni ham dindan habarim yo'q edi, o'sha paytlarda. Meni otamdan so'ratdi, bermadilar. Meni olib qochdi, biz turmush qurdik. Bir yilcha bahtli yashadik. U paytlarda ham ichardi, lekin oz ichardi. Uyda haddan ziyod janjal ko'tarmasdi. Keyin ichkilikka ruju' qo'ydi. Birinchi farzandimiz qiz bo'ldi, lekin o'ldi. Keyin sen tug'ilding. Uch yildan so'ng Chingiz... . Bundan keyingi hayotim har kuni bir hil kechdi. Tayoq, zulm, ochlik, keyin o'zlaringiz ulg'ayib hammasini ko'rdingiz". Koshki ulg'aymasaydik, ko'zimiz bilan ko'rmasaydik, onajonim! Sizga qilingan zulmlar, kaltaklarga javoban yig'lardik. Qo'limizdan boshqa hech narsa kelmasdi. Otamni inson deyishimiz uchun o'zimiz insonlikdan chiqishimiz kerak edi. Hayvon ham deyolmasdik... Chunki hayvon ham bu ishlarni qilmasdi. Otamiz inson ko'rinishidagi g'alati bir yaratiq edi. Muallim bo'lgani uchun maktabga borishiga to'g'ri kelardi, lekin bormasdi. Dars o'tishga bizlarni yuborardi. Mudir so'rasa kasal derdik. Davlat muallim tayyorlab, diplom beradi va bir sinf 20-25 o'quvchini qo'oliga topshiradi. Lekin u mast, maktabga kelmaydi. Oilasiga zulm qiladi, och qoldiradi. Lekin oy boshida maoshini naqd undirib oladi. Otan dinsiz odam edi. Onamni ham o'z ta'siriga olar, o'ziga o'hshatmoqchi bo'lar, lekinonam Allohdan ko'ngil uzmaslikka harakat qilardi. Lekinotam onamni namoz o'qishi, ro'za tutishiga to'sqinlik qilardi. Doim o'tkir asboblarni yashirib qo'yardik, bizni yaralab yoki o'ldirib qo'yishidan qo'rqardik. Bir kuni beso'naqay oyog'i bilan onamni tepdi, onamning o'ng qoshi yorilib atrofni qonlarga bo'yadi. Otam onamni qancha ursa ham onam bizlarni aralashtirmasdi. Bizni urdirmas, bor zulmu jafoni o'zi chekardi. Lekin o'ng qoshi yorilibhar tarafga qon tizillab otilganida, necha yillardan buyon ilk marta chaqirdi. - Qoya! Meni qutqar! Qytqar boalm, menga yordam ber! Onamni o'lib qolishini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling