Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
VIJDON AZOBI TINURMI? 
Sevimli qizim! "Maktub" jurnalini o'qidim. Kechmishimni o'yladim. Bir jihatdan o'tgan 
ishga salovot dedim. Yana bir jihatdan meni qiynayotgan vijdon azobini yozib, ko'nglimni 
bo'shatay dedim. Qimmatli qizim! Men bu satrlarni gunohimning tashhiri uchun emas, 
erkak farzandlarimga saboq bo'lishi uchun bitmoqdaman. Bu sizga yoqmas, 
jurnalingizda yoritmassiz. Bu sizga havola. Bu nodonligim haqida qanday so'z bilan 
boshlasam ekan. Qisqasi, shunday:19 yoshimda, meni 4 yil kutgan Malak bilan 
unashtirildim. Bir fabrikada ishchi edim. U shu fabrikani mudiri Ismatbeyning qizi, ayni 
paytda o'sha yerda kotiba bo'lib ishlardi. U litseyni, men boshlang'ich maktabni tugatgan 
edik. Turmush qurdik. U men uchun kuyib-kuymanar, menga qattiq bog'lanib qolgan 
edi. Juda ham mehribon ayol edi. Askarlikdan qaytgach, menga qo'lidagi va bo'ynidagi 
tilla taqinchoqlarini berdi. Jag'lo'g'lunda attorlik ollari do'konini ochdim. Ahvolim 
yahshilanib borardi. Lekin men hastalanib qoldim. Yil bo'yi Jarrohposha Tib fakultetida 
davolandim. Avf etasiz, hojatga borishimgacha hotinim yordamlahsardi... U ismi jismiga 
monand Malak edi. Men uchun yig'lamagan kuni bo'lmasdi... Qisqasi hotinim fidokor va 
jafokash ayol edi... Shunday qilib 26 ga kirdim. Sog'aydim. Farzandli bo'ldik. Qaytadan 
do'kon ishlari izga tushdi, yana ishlay bosh;adim... Hali aytganimday uni juda 
sevardim... Doimiy harodorlarimdan biri, 20 yoshlardagi Nasrin degan qiz bor edi. Men 
bilan suhbatlashishi juda ta'sirli taassurot qoldirardi. Avvallari:"La'nat bo'lsin, 
shaytonga", deb yurdim. Ikki yil unga bo'lgan munosabatimni bilolmay yurdim. 
Malagimga hiyonat qilolmasdim. Shayton ham bekor turmas, meni Nasringa qarab 
tortardi. Shunga qaramay kurashdim, ohiri Nasrin g'olib keldi. Oilali ekanimni bila turib 
meni o'ziniki qilishga urindi, bunga chora izladi. Men Nasrin bilan noqonuniy hayotimni 
boshladim. Uyga borganimda, hotinim menga yahshi muomala qilishi bilan injiqligim 
tutar, uni ezishdan zavqlanadigan odamga aylangandim. Malak hayron edi: 
- Nima bo'ldi Ismat, - der, men esa yanada uni ko'proq qiynar edim. Qay tarafga 
bosh urishimni bilmas, arzimas narsa uchun uni do'pposlardim. Yillar o'tdi. Nasrin bilan 
oramizdagi harom va noshar'iy munosabat o'zini ko'rsata boshladi. Ammo Malak 
ishonmadi: 
- Mening erim bunday ish qilishi mumkin emas, u meni sevadi, - deya mish-mishlarni 
yolg'onga chiqarardi. Bu qanday gapki, u menga bo'lgan ishonchi tufayli bu haqda 
mendan ham so'ramadi. Bu meni yanada ezardi... Bir kecha Nasrinning uyiga bordim. 
Uning uyiga kirishim bilan oyog'im sholga o'hshab qoldi... Yurolmadim. O'sha kuni uning 
uyida qoldim. Ertalab Nasrin kasalhonaga eltish uchun moshinaga chiqarayotganida 
meni qo'ltiqlab oldi. Amina qizim, shu yerda nima bo'lsam bo'ldim... qarasam qarshimda 
Malak turibdi. Men qotib qoldim. Malak ham shu holda edi. Bir payt Malak yiqilib tushdi. 
Zo'rg'a yoniga bordim. Odamlarning yordami bilan uni moshinaga mindirdim o'zim ham 
mindim. Qaysidir shifohonaga eltdim. Ammo g'isht qolipdan ko'chgan, Malak shol bo'lib 
qolgan edi, meni tanimasdi. Shifohonada bir oy yotdi. Chiqqach hotirasi qaytdi. Ammo 
meni ko'rishni ham istamadi. Majidiyaga tog'asinikiga ketdi. Qancha yolvorsam ham 
uyga qaytmadi. Bolalarga u-bu narsalar yuborib turdi. Uni ko'pyillar ko'rolmadim. Beldan 
pastini tutolmasdi. Hali ham shunday holda deb eshitaman. Yana oradan yillar o'tdi. 
Farzandlarimiz turmush qurishdi. Meni ko'rmaslik uchun to'yga ham kelmadi. Uni 23 yil 
badalida biror marta ham ko'rmadim. 23 yildan so'ng o'g'limning uyida ko'rdim. Koshki 
uni bu holda ko'rguncha ko'zlarim ko'r bo'lsaydi. Chokib keksayib qolgan. Dardu g'ami 
yuziga yozilgan, yuz bitiklaridan o'qilib, bilinib turardi. Meni ko'rgach: 
- Keling, Ismat, ishingiz oqibatini ko'ring. Balki iftihor etib, o'zingiz bilan maqtanarsiz, 
- dedi. Tosh qotdim. U o'tirgan joyga qarab yurdim. Menga baqirdi: 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling