Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
tinglaganim, tushlarimni zabt etgan sevimli kuychim - Umid Basanni ko'rib qotib qoldim. 
Kun kelib u bilan birga bo'lishga umid bog'lagan kishim. Ko'zlarimga ishonmasdim. Bu 
yerda qanday ishi bor ekan. Shitob bilan kelgan mersedesga qarab qarab qo'yardim. 
Shoshib opamga telefon qildim. Qani endi ishonsa.
- Singlim, Umid, Umid deya uyg'oq holda ham uni tush ko'radigan bo'lib qolibsan, - 
deya kuldi. Jahli chiqb uyga qaytdim. Opam ishonmaganidan dugonalaridan so'ragani 
bozorga chiqib ketibdi. Shiddat bilan telefon jiringladi. Ko'p vaqtdan men bilan 
do'stlashmoqchi bo'lgan shilqim Bu'lat ekan. Men opamga aytgan habarni menga aytdi: 
- Shanba kuni kansertga bormaymizmi? - deya so'radi yalinchoq ohangda. O'sha kun 
keldi. Otamdan qanday ruhsat olamiz? Yolg'on ishlatdik. Bugun ro'zador ekanimizni va 
Tuyg'u bizni iftorlikka taklif etganini aytdik. Bechora otam ishondilar. Me'yori bilan 
kiyinib, otam va ukalarimni tashlab shomga yaqin ketdik. Tuyg'ularnikiga kelganimizda 
hayajondan titrardik. Uning javonida ochiq va hashamdor kiyimlarn iolib kiydik, yuz-
ko'zimizni bo'yab, pardoz andoz qildik. O'hh! Go'zal! Monkan mashinasida kelganini 
singnal chalib bildirdi. Darhol tashqariga otildik. Tuyg'uning otasi yo'q, onasi esa ishda 
edi. Shuning uchun uydan chiqb ketisgimiz oson bo'ldi. Jo'nadik. Bordik. Qornim ham 
piyozni po'sti bo'lib ketdi. O'rinlarimizga joylashgach, non orasiga solingan to'ng'iz 
go'shti so'radim. Endiyemoqchi bo'lib turganimda yonimda Bu'lant paydo bo'ldi, 
ko'zlarini ko'zlarimga tikib: 
- Uyal! Shunday muborak kunda tong'iz go'shtimi? Yeysanmi shuni? Ahir haromku!- 
dedi.
- Men senga o'hshab zamondan orqada qolgan odam emasman, roza ham 
tutmayman, - dedim. Umid Basan sahnaga hciqdi. Orziqib kutgan odamim shumi? 
Baqaloq, ko'rinishi o'ziga yarasha. Shumi meni sevganim? Qanday telbalik ekan uni 
sevmoq". Uyga keldik. O'ylashdan to'htadim. Moshinadan tushar ekanmiz, yuragim otilib 
chiqquday qattiq uarardi. Zinada opamga: 
- Bas, bu - yolg'onlarimizni eng so'nggisi bo'lsin, - dedim. Zo'rg'a yurib borarkanman
yiqib tushguday bo'lardim. Soat ikki. Otam eshikdan qarab: 
- Yo'qollaring kelgan joylaringga!Daf bo'llaring! Senlardaqa farzandlarim yo'q!- deya 
baqirardilar. Ranglari avval oqarib keyin sarg'ayib ketdi.
- Ota hech narsa bo'madi. Saharlik qildik. Tuyg'u qo'yib yubormadi. , -dedik opam 
bilan barobar.
- Yolg'on gapirmang, telefon qildim, yo'q edingiz, - dedilar otam. Yolg'onimiz ham 
fosh bo'ldi.
- Ota eshikni oching, boshqa takrorlanmaydi! 
Otam yig'ladilar.
- Uyalaman senlardan, nomus qilaman. Daf bo'ling! Bu shovqindan uyg'ongan ukam 
otami oyoqlarini quchib, bizni kiritishlarini yolvorib so'radi. Biz boshimizni eggancha 
kutdik. Eshik ochildi.
- Harom qotgurlar!Tfu! Otam yig'lab bizga qarab tupurdilar. Honamizga yugurdik. 
Ortimizdan ukalarimiz chiqib yohli ko'zlari bilan: 
- Sizlar yomonsizlar. Otam mijja qoqmay sizlarni kutdilar. Sizlarni yomon ko'ramiz, 
jodugarlar! - deb chiqib ketdilar. Sekin yotog'imga kirdim. Yig'ladim. Pastda opamni 
segareta chekayotganini sezib turardim... . Men sevgi ahtarardim. Shu kech tomoshada 
tushundimki, Umid men izlaganim emas ekan. Bir yor istardim. Kuchli, quvvatli, har 
narsaga qodir, g'amu sevinchimda birga, mehribon. Tanholigimda ham birga, madadkor, 
yordamimga hamisa hozir suyukli bir yor istardim. Va nihoyat topdim. Istardimki, 
sevgilmni har kim bilsa, sevsa. Uni sevgan ko'pmi, ozmi, men Uni sevaman. Unga 
oshiqman. Marhamatli, mehribon, doim men bilan birga, har qachon har joyda 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling