Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
BIR QIZNING ACHCHIQ QISMATI
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
BIR QIZNING ACHCHIQ QISMATI
Men 15 yoshimgacha Turkiyada edim. Olmoniyada opam bor edi, ishlardi, bolalariga qarashim uchun meni chqirdi. Ikki uch yil bolalariga qaradim. Yoshim 18 chiqdi. Meni turmushga berishni o'ylashardi. Men har doim Allohga:" Yo Rabbiy! menga hoji kishini nasib et", - deya duolar qilardim. U paytlar opam ham pochcham ham Islomdan hech narsani bilmas yoki bilsalar ham amal qilmas edilar. Men ham ular kabi yashardim. Turkiyada paytimda onamdan o'rganib namoz o'qir. ramazonda ro'za tutardim. O'sha paytlar ochiq edim, hech kim o'ranib yur demasdi. Meni jome'ga yuborishmasdi. Meni so'rab kelganlar bo'lardi, biri yahshi, biri yomon. Ya'ni yomon deganlar o'ziga bino qo'yganlar edi. O'zimni hali yosh deganim uchun turmush qurishni istamasdim. Yana bir gal sovchilikka kelishdi, opam meni ularga berdil;ar, men unchalik istamadim, ammo nomi hoji ekanini bilib biroz ilidim. Fotiha qilindim, ikki oydan keyin to'yimiz bo'ldi. Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li www.ziyouz.com kutubxonasi 13 Daslab yahshi yashadik, qizli bo'ldik. Qizim ikki yoshga kirdi. Yangi uyga ko'chib o'tdik. Qo'shnilarning ko'pi musulmonlar edi. Bir-birimiznikiga kirib-chiqib, bordi-keldi qilib turamiz. Men ham ularga o'hshab ro'mol o'rab yurishga qarorqildim. Erim avval janjal chiqardi. Boshimni o'rashim bilan urdi, kosa-tovoqlarni, billurlarni men tomon uloqtirib sindirar, o'zimni ko'chaga haydardi. Ba'zan uyga qo'ymas, qizim bilan yerto'lalarda tong ottirardik. Meni majburan boshyalang ko'chaga sudrab chiqardi. Ikki yil tinmay tayoq yedim. Ba'zan nafsidan aqli ustun turar, meni hech urmaganday tutardi o'zini. Yana homilador bo'ldim. "Agar o'g'il bo'lmasa, tug'ruqhonada o'ldiraman!" derdi. Men esa Allohga duolar qilardim. "Allohim menga o'g'il ber, balki erim insofga kelar, jome'larga borar" deya yolvorardim. Undan yashirib namozimni o'qir, agar bilib qolsa, meni avf eting, boshimdan siyardi. Shukrki, bir o'g'il ko'rdim. Endi o'g'illi bo'ldik. Erim yahshi bo'lib qolar derdim, ammo aksincha yanada telbalashdi. Kechlari uyga kelmas, qahvahonalarda ichib qolar, qimor o'ynar, uyga biror ayolni boshlab kelib qolishidan juda qo'rqardim. Ramazonda biror marta ham uyda iftorlik qilganim yo'q. Qo'shnilarnikiga chiqardim. Bir qo'shnim bor edi, Alloh ulardan ming karra rozi bo'lsin, menga ko'p yordamlari tegdi. saharlik deganimiz mog'orlagan nonni suv bilan yarmini yeyish edi, yarmini o'g'limga qoldirardim, u hali kichik edi. Qizim 4 yosh edi, ba'zan o'zi ro'za tutar, ba'zan men tutishini s'rardim, chunki uyda baribir yeyishga hech narsa yo'q edi. Bir kuni iftorlik yaqin qolganida sho'rva qaynatdim, qo'shnimiz ham ovqat chiqargandi. Bolalarim bilan iftorlik vaqtini kutardik. Erim kelib qoldi, uyga kirib iftorlikni kutayotganimizni ko'rib qozonga sigareta kullarini, cho'plarnito'ldirib suprindi joyiga to'kib yubordi. Yana avvalgiday kosa tovoqlarni boshimga otdi, bizni ko'chaga quvdi. Bolalarimni olib qo'shimnikiga bordim, yangidan dasturhon hozirlandi, Alloh bergan nasibamizni yedik. Keyin barchamiz jome'ga bordik. OPam bu ahvolimni bilsa ham yordam bermasdi. Bu ham yetmagandek ustiga ustak:"O'zing pishirgan oshaylanib ham o'rgilib ham o'zing ich!" derdi. Erim qimorda yutqazib kelib alamini mendan olardi. Bir tiyin qoldirmas hammasini qimorda yutqazardi. Men o'ranganimga qaramay, bir ish topib ro'zg'or yuritish majburiyatiga qolgandim. Oyligimni olgan kun uyga kelib urib pulimni olardi. Sabr qilishga kuchim qolmadi. Polisga sim qoqdim, polislar keliberimga:"Yana hotiningni ursang uyingdan haydaymiz" derdilar. U:"Bo'ldi endi urmayman" deb qutulib qolar, ikki kun tinchlanar, uchinchi kun yana urishni boshlardi. Shu tariqa to'rt yarim yil o'tgach, yegan zarbalarim natijasida ruhiy kasalikka chalindim. U bo'lsa ishhonasidagi fotihali qizni yo'ldan urib u bilan yashay boshladi. Mahkama bizni ajratdi. Bolalar menga qoldi. Lekin keyingi Ramazonda umuman aqldan ozib, hammani bezovta qilibman. Jome'ga borib namozlarni buzibman. Qo'shnilar meni kasalhonga yotqizishdi. Bolalarni bolalar uyiga topshirishdi. Tilimdan hech Alloh kalimasi tushmasdi. Shu qadar telba bo'lganim holda tilimdan duo tushmasdi. Kasalhonada bir yarim oycha yotdim. Keluvchilardan eshitishimcha erim bilan juftakni roslagan o'sha qiz yana avvalgi unashtirilganiga qochib ketibdi. Kasalhonadan chiqdim. Bolalarimni olmoqchi bo'ldim, lekin berishmadi. Har oyning 21-kuni ularni ko'rgani boraman. Boshqa kunlar ruhsat berishmaydi. Ko'p orzularim bor edi. Bolalarimni bosqichda o'qitmoqchi edim, ularni munosib ustoz, imom bo'lishlarini istardim. Ammo... Endi biroz tinchman, namozimni istaganimday o'qiyman. Faqat bolalarim yonimda yashasa hotirjam bo'lardim. Ishlashga majbur bo'ldim. Istaganimday ro'molda ishga borib kelyapman. Oyda bir bolalarimni ko'raman. Bokira singillarim duolarida:" YO Rabbiy! Bizga hayrli, musulmon, Islomga amal qiluvchi, bizning ham amallarimizga to'sqinlik qilmovchi juft nasib ayla!" desinlar. Alloh duolarini qabul aylasin. Amiyn. Olmoniya, Z. Y. N. K. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling