Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
25 qilmagan yomonligim qolmadi. Olti oylik Aslonni huddi katta boladay urardim, bolalarga qaramasdim. Akromning asl qiyofasini ham endi bilayotgan edim. Ichkilik ichar, har hil yomon ishlarga boshini suqardi. Bir kecha Akrom odatdagidek yo'q, bolalar esa yig'lashardi. Ikki kichigi tayoqdan tinchimasdi. Kichik Aslon tagini ho'llab qo'ygan, qiz ochlikdan yig'lardi. Eshini tars yopib chiqib ketdim. Keyin Akroni pavilyonlardan izlab yurdim, Ovro'paga ketganida ilojsiz edim, lekin bu yerda bo'lsa mendan qutulolmas, qo'lim yoqasida bo'lardi. Turmush qurganimizga 8 yiol bolganida men ham uch bolaning onasi bo'ldim. Otalari bergan pul yetmagani uchun o'zim chevarlik qilib, faqat o'z bolalarimni boqardim. O'gaylar katta bo'lib qolishgandi. Ular bilan o'z bolalarimni bir dasturhonda ovqatlantirmasdim. O'gaylarning yeguligini ovqat deb bo'lmasdi. O'z bolalarimni har hil ovqatlantirar, go'shtni oshhonada emas, uyda pishirardim, baribir hidi tarqalardi... . . Yetishmovchilik tufayli shunday yo'l tutardim. Ochlik - ocharchilik edi. Haliyam hammadn ko'p topadigan o'zimiz edik. Bir uyda bo'la turib bolalarim o'gaylar bilan nirga o'ynamasdi. Tikuvchilik ishiga yarim kechasi bo'lsa ham Aslanni uyg'otar edim. O'zimning qiyinchiliklarim uchun otalariga bo'lgan o'chimni bolalaridan olardim. Biz uchun nonvoyhonadan 6 yoshli Aslan non olib kelar, ularga bu yangi, tandirdan uzilgan nonlardan bermasdim. Bola nonni menga uzatayotgandagi ko'zlaridagi yolvorish qahqaha urishimga sabab bo'lardi. Istanbulda alohida joyda faqirlar uchun sotiladigan non - yetimlarning yeguligi edi. Aslon navbatga turar, suvi qochgan, mog'orlagan, sichqon kalamush tekkan arzon nondan yeyishar va shu sababli lablari shishib ketar, hech narsa yeyolmaydigan holga kelar va och qolishardi. Bolalar ulg'ayib qolishgach qaynonam tong'ich o'g'ilni o'ziga oldi. Menga Aslon bilan qizni qoldirdi. Aslon ham katta bo'lib qolgani uchun ishlashi kerak edi. Aslonni jurnal sotishga qo'ydim. Sotib bo'lmaguncha uyga qaytishini taqiqladim. Bunga amal qilmasa o'lguday urardim. Qishning qattiq sovuq kunlaridan biri edi. Tashqaridagi sovuq odamni junjiktirar edi. Kech soat bo'lishiga qaramay Aslon uyga qaytmadi. Bolaning qaytishi emas, u olib keladigan pul muhim edi. Tanish ovoz eshitib tashqariga qaradim. - Ona-a-a, eshikni oching!!! Aslon qo'lida jurnallar bilan turardi. - Ona eshikni oching... Sovqotdim... Bugun sotolmadim... Ertaga sotaman. . Meni ichqariga kiriting!!! Ovozi shamolda sado berardi. Yoi'q ochmayman. Erkalanib, taltayib ketadi va ertaga ham sotmasdan keladi. Bolaning gapiga ishonib bo'ladimi? Buning ustiga olti yosh bolaning gapiga... . Shu asnoda uhlab qoldim. Uyg'onganimda ovoz eshitilmasdi. Sotuvga ketdimikin, deb tashqariga qaradim. Qorga ko'milguday bo'lib ketibdi, ichkari kiritdim. Sotolmagan uchun saboq bo'lsin deb, urdim. Ovqat bermadim, shu holda uhlab qoldi. O'gay bolalarni uradigan alohida joylarim bo'lardi. Qizni hammomda, Aslonni oshhonada urardim. To'ng'ichi yonimda payti kaltaklanadigan joyi - mehmonhonamiz eshigini orti edi. Bolalarning shunday urgan bir kunimda, Aslonning juda jahli chiqqan bo'lsa kerak, bo'ynimdagi munchoqlarga osildi. Sochilgan munchoqlar tahtalar orasiga tushib ketdi. Uni shunday urdimki, boshi yorildi, qon oqdi. Oz-moz davolashni bilardim. Tyzatdim. Oradan bir yil o'tdi. Yana shunday qish kunlarining birida bolalarni urayotgan edim, zo'rg'a sudralib, mast holda otalari kelib qoldi, bolalarning ahvolni so'radi. Ko'zim bilan ishora qildim, qiz gapirmadim, Aslon aytib berdi. Erimning jahli chiqib bolalariga:"Hozirlaning buvingiznikiga jo'nataman", dedi. Yarim kecha, sovuqda ustlari yupun bolalarni buvisikiga jo'natdi. Bolalari shi\u ketgancha qaytmadi. Qosimposhodan To'phonaga ketishdi... Bu yirtqich, vahshiy o'gay onaning bir necha yildan beri tortayotgan vijdon azobiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling