Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- OTASIDAN TONGAN QIZ
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 Chunki vijdon yo'q. Yo'q bo'lgach nimani tortadi. Ikki yildan keyin Irfon qamoqda o'ldi. Bu habarni eshitib o'zimdan ketdim. Bir necha kun o'rnimda turolmadim... Pochchamdan nafratlanib ketdim. Bir paytlar uni o'ylab ko'zimga uyqu kelmasdi. Endi undan nafratlanaman. Ko'p o'tmadan opam meni pochcham bilan ushlab oldi. Uydan qochdim, opamdan uyaldim. Yodimga Ali Og'bilar tushib, ularnikiga bordim. Go'shtni mushukka ishonib topshirurlarmi? Men esa topshirdim... Meni himoya qilsin deb borgan uyimning boshlig'i menga tashlandi. Hotini bizni ko'rgach, eri:"Buning o'zi meni qo'ymadi" dedi. Atrofga "oilali erkakni boshini aylantirdi" degan nomim tarqadi. Lekin bu ishda men hatolikka yo'l qo'yganim yo'q edim. Ammo tuhmatga qoldim. Izmirga bir dogonamnikiga bordim. Bir restarandan ish oldim. Bu joylarda birinchi kl\elgan odamning qadami qayerga yetradi? Albatta yomon yo'lga... Shu yo'lga kirdim. Lekin hech vaqt Irfonga qilgan tuhmatimni unutmadim. Uning duoyibadi tutdi. Tuhmatga yo'liqdim. O'z-o'zimcha yahshi bo'ldi deyman. Zotan men kofir ham emas... . Avval aytganimday juda sodda edimmi... . oilam, uydagilarim ham shunday. Meni uzoq muddat opamnikiga yuborishmasa edi, balki shu ishlar bo'lmasmidi? Onam biror marta:"qizim yoshlar tez oshiq bo'ladilar, har qanday hisni ishq hisoblama, aldanib qolma", demadilar. Men ham o'zimni qo'lga olishni, to'htatishni bilmadim. Oqibati shunday bo'lib chiqdi. Kulaman, suhbatlashaman, lekin vijdon azobim tugamaydi. Ko'ksimni zirqiratib turuvchi sanchiq doim bezovta qilib turadi. Nima qilishni bilmayman. Bunga chora iloj bormi? Bilsangiz, menga lutfan bildiring... . Ha birodarlar diyonatsiz yashalgan joyda har narsa bo'lishi mumkin. OTASIDAN TONGAN QIZ Ba'zi voqealarga faqat kinolardagina duch kelasiz. Yoki voqea faqat kinoga hos va mos bo'ladi. Tomosh qilhan kishi balki 0o'shanda yig'lab olar-u, lekin keyin barchasini unutib yuboradi. Vijdon azobi deyilgan tuyg'u esa insonni yeb butirar ekan. Mening vijdon azobim shunday. Opam bir byuroda hizmat qilar, otam esa yaqinimizdagi hokimiyatda farrosh bo'lib ishlardi. Men o'shanda litseyda o'qirdim. Maktabda otangni kasbi nima? deb so'rashsa hech to'g'risini aytmasdim. Otamning farroshligidan uyalardim. Dunyoda bolaning otasidan or qilishidan ham mushkulroq hodisa bormi? Otamdan uyalishimga sabab bo'lgan narsalarni nima desa bo'ladi? Bechora otam bolalarim birovdan kam bo'lmasin deb kech-kunduz tinim bilmay ishlardi. Otam "katta odam" qilmoqchi bo'lgan qizlari esa u farroshlikdan topgan pullarini soch turmaklash kiyimlar, pardoz andoz bo'yoq so'yoqlarga sarflashardi. Shu tariqa otamizning farroshligini niqoblar edik. Uyimizda chiroyli ashyolar yo'qligi uchun hech kimni taklif qilmas edik. Otamning pulini sarflab, o'zidan or qilib yurgan kunlarimizning birida... Hayotimizning achchiq bir kunida dugonam tug'ilgan kunini nishonladi. Bahoriy liboslarimni kiydim. Sartaroshhonada sochimni turmakladim, manikyur, pedikyur deganlariday... . Gap otganlarga o'zimni og'ringanday ko'rsatardim. Aslida o'shalar, ko'chalardagi shilqimlar uchun vaqtimni, pulimni sarflardim. Ular menga e'tibor berar va natijada ularning gap otishlariga muvofiq bo'lardim. Shu o'ylar bilan ketar ekanman, ko'zim uymalashib turgan olomonga tushdi. Faqat ko'zim tushsa mayli edi... . Oyoqlarim menga bo'ysinmay, o'zim ham o'sha yerga borib qolganimni bilmay qoldim. Olomonga yaqinlashgach, chetdagi farrosh aravachasiga va unga suyab qo'yilgan supurgini ko'rdim. Haloyiq o'rtasida bir odam hayajonlanib baqirardi: - Birodarlar, bu odamni kim taniydi? Taniydigan bormi bu kishini? Oldinga bo'ynini cho'zib farrosh kiyimidagi, og'zidan ko'pik sochib, koma holida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling