Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEVGI QANDAY HILQAT
"XO'JONA" QO'SHMACHILAR
Biz tomonlar "johiliyat" hayotini kechirayotgan edi. Johiliyat deyilsa, odatda Arabistonning qadimiy davrlari tushuniladi. go'yo johiliyat endi yo'qdek. Meni va men kabilarni ko'ngilochar joylarga tushirgan johiliyat emasmi? Islom hukm surmagan jamiyat johiliyat davrlaeidan birini yashayotgan bo'ladi. Bunday jamoa ichidagi ko'pchilik ayollarning ko'zi va ko'ngli erida bo'lmaydi. Ularda bir hushtor topsam degan fikr mavjud. Menda bunday fikr bo'lmasada, o'sha jamoat ichida edim va o'sha fikr tomon ketayotgan edim. Marsin va Adonada "ho'jona"lar bor edi. Ho'jona - oilali ayolning dushmani. Ular bokira qizlar bilan mashg'ul emas, turmushga chiqqan ayollarni yo'ldan urar edi. Ayollarni mo'ljalga olib tuzoq tashlab qo'yar, vaqti kelib o'qi nishonga tegar yoki har jihatdan parishon ayolning o'zi bu tuzoqqa kelib tushardi. Va oqibatda bunday insonlarga tobe'bo'lib qolardi. SEVGI QANDAY HILQAT? Bir kuni bolaligimdan tanish bo'lgan keksaroq ayol marsinlik bir tujjorni maqtay boshladi. Avvaliga hech narsa tushunmadim. Faqat kunlardan bir kuni: - Qizim, ahmoqlik qilma, Bir-ikki soatlik suhbatdan nima zarar ko'rasan, qolaversa, senga yahshi muomala qiladi, sevadi, pul beradi, - dedi. Uning bunday so'zalrini oldin eshitmagan edim. O'yladim. Oilalik ayol begona erkak bilan qanday munosabatda bo'ladi? Sevgi qanday tuyg'u o'zi? Ajabo? Ko'p o'tmasdan ho'jona yana keldi: - Tujjor seni do'konga taklif etyapti, - dedi. Borsammikan, deb o'yladim. Erimga qaragnada men harakatchan va go'zal edim. Hech kimuni menga loyiq ko'rmas, menga achinib qarashardi. Menga musulmon bo'lmaganim uchun achinmaganlar, erim rosmana odam bo'lmaganiga achinardilar. Bu esa atrofimdagilarni kimligini bildirib turardi. Bu taklifni olganimda turmush qurganimga to'rt yil bo'lgandi. Kichik yoshimda turmushga chiqib mehr shafqat ko'rmaganim uchun, bunday taklifdan keyin o'zimda afzallik va ustunlik sezdim. 21 yoshga kirganimda erkak ayolni qanday munosabatda bo'larkin, degan qiziqish uyg'ona boshladi. Bu qiziqish ostida takliflarni qabul qilar eknman, yana vijdonim ham qiynalardi. Ammo ho'jonalar mening zaif nuqtamni topgandilar. Tinimsiz sevgidan gapirar, taklif qilganlar meni juda ham sevishlaridan lof urishradi. Men esa erimga hiyonat qilishdan qochardim. Bu orada yana bir taklif bo'lib qoldi. Bu odam bichish-tikish ustahonasining boshlig'i edi. Meni sevishi, mensiz yashay olmasligini Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li www.ziyouz.com kutubxonasi 31 gapirardi. Borsammikan, degan taraddud orasida yurardim. Tikuvchi bilan suhbatlashishdan nariga o'tmadik. Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling