Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


TUG'ILISHIM BILAN YOLG'IZLIK


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

TUG'ILISHIM BILAN YOLG'IZLIK 
Onam Marsinning bir tumanida, otam esa Marsinda yashagan. Ish sababli tumanga 
kelgan otam bilan onam orasida yaqinlik paydo bo'ladi. Otam shahar hayoti jozibalarini 
aytib bergach, onamni shaharda yashash istagi chulg'ab oladi. Otam va oanm turmush 
qurishga qaror qilishadi. Onam qishloqda otamga turmushga chiqadi. Lekin shaharga 
tushishgach, otam oldin uylanganligi va oilasi borligi ma'lum bo'ladi. Otamning 
honadonidagi ko'pchilik onamni hohlashmaydi. Bu orada onam menga homilador bo'lib 
qoladi. Lekinotam oilasining onamni yoqtirmasligi tufayli men tug'ilgach, ikki oydan 
keyin, onamni hech narsasiz ko'chaga haydaydi. Onam qarindoshinikidan boshpana 
topadi. Mening hayotimda islomni chetlab o'tish tug'ilmasimdan oldin boshlangan. Onam 
ko'p o'tmasdan boshqaga turmushga chiqdi. Men o'rtada qoldim. "Bolada ulg'aygach 
esidan chiqib ketadi", deyishadi, lekin bolalik qanday boshlangan bo'lsa, keyin ham 
shunga ko'ra davom etadi. Meni ona tarafidan buvim olib ketdi. Na onam bor, na otam. 
Otam shapaloq ursayu, onamning tizzasida yig'lasam deb qanchalar istardim. Mehr 
muhabbatsiz hayotim davom etardi. Men besh yoshga kirganimda otam:"Men boy 
bo'lsam, nega bolam qiynalishi kerak, olib kelaman", deydi. Ammo islomni bilmagan 
oilada o'gay ona borligi bu ishga mone'lik qiladi. Bu holga toqat qilolmagan otamning 
ammasi meni olib ketdi. Moddiy boylikka yetishib, ancha rohatli hayotim boshlandi. 
Ammamning uylari men almashtirayotgan 4- uy edi. Ammam mahallada dindor 
sanalsalar-da, mening dindan habarim yo'q edi. Ruhimda sevgi, qalbimda qo'rquv yo'q 
edi. Faqat Allohning ismini bilardim. Yomonliklardan qanday himoyalanaman
himoyalanish zarurmi? Hech narsadan ahbarsizpeshonamga yozilganidan norozi holda 
yashab kelardim. Va o'sib- ulg'ayib borardim.
JUFTIMDAN KUTGANLARIM 
Ulg'ayish har inson hayotidagi Yaratuvchining eng go'zal qonunlaridan biri. Bo'yiga 
yetgan qiz turmushga chiqishga tayyor nomzoddir. Shulardan biri men edim. Zamonaga 
muvofiq holda meni o'stirgan ammam hamma narsamni hozirladi. Ota uyini ko'rmasdan, 
16 yoshimda turmushga chiqdim. Erimni yaqindan bilmayman, tanimayman. Tanisam-da 
biror narsani farqlash mushkul edi. Chunki ammam ham men ko'zlagan narsani 
ko'zlardi. . Mol dunyo, pul. Do'kondor erimda bular bor edi. Turmushga chiqqan kuni 
erimdan bir narsalar kutdim. Uning ayoli sifatida hurmat qilinishini istardim. Lekin unga 
bunday tuyg'ualr begona edi. Ba'zan meni bezovta qiluvchi hodisalar bo'lar, shunda 
namoz o'qishni istardim. Yan aistardimki, juftim menga namoz o'qishni o'rgatsa. Lekin 
chala chulpa bilganim g'uslni ham unga men o'rgatdim. Turmushga chiqishim bilan 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
ichimdagi bo'sjliq kengayib vahimali tus oldi. Ammo bo'shliqni qanday to'ldirishni 
bilmasdim. Farzandlar ko'rdim. Nima bo'layotganini bilamsdim. Ona bo'lishim ham meni 
bo'shliqdan qutqarmadi. Qabohatning kattasi menda edi. buni o'shanda anglamasamda, 
hozir his etayapman. Chunki men islomni tanidim. Shu sababdan ayblash yo'liga 
o'tmasdan, asos bilan uyg'un holda o'ylab, har neni tushunishim lozim. To'g'ri 
turmushga chiqib, farzandlar ko'rdim. Lekin erimning muhabbatini ko'rmadim. Onasiz 
o'sganim uchunmi, onalik ne ekanligini ham bilmadim. Yoshim19da edi... Ayni yosh va 
go'zal paytim... Go'zalligimni ko'z-ko'z qilardim, bu borada mahalla ayollari bilan 
musobaqa o'ynashardik. Ko'picha mendan o'tadigani topilmasdi. Va bu vaqt ichida hech 
kim tomonidan ayniqsa, erim tomonidan sevilmadim. U juda ham yomon inson emasdi. 
Na urar, na sevardi. Faqat yashash majburiyati uchungina men bilan yashar edi.

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling