Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
kelsak...
Hozir 65yoshdaman. Ikki cuh yildan beri boshimga yarim yorti ro'mol o'rayman. 
Namozimni o'qiyapman. O'gay bolalarga nisbatan vijdon azobini biroz bo'lsada, Allohga 
qaytgach tuya boshladim. Allohga qaytgach, tuya boshladim, bu ishlarni yirqich emas, 
iymonsiz qilishi mumkinligini, iymoni bor odam bunday qilolmaydi...
Vijdon azobi esa har daqiqa men bilan birga... Istanbul ko'chalarini kezganimda, 
jome'larga qaraganimda, qish kelganida, yosh bolalarni ko'rganimda o';lishdan 
o'rqaman. Allohga qanday javob beraman deya... Yashamoqdan qo'rqaman. Vijdonim 
so'rog'iga javob topa olamyman. Hozirgi iymoni o'shanda bo'lsa edi. Omonat qilingan 
bolalarga shunday qilarmidim? Ko'zyoshlarini oqishiga yo'l qo'yarmidim? Otalarining 
o'chini shu norasidalardan olarmidim? Yo'q, hech birini qilmasdim. chunki shu onda 
iymonga qovushmoqda edim. Islomni o'rganmoqda edim. Allohdan avf so'rayverib, biroz 
inchlanganday bo'laman. Yo'qsa ko'rinmas azob meni yeb bitirardi... .
Ohirida shuni ma'lum qilamanki, keksaygach, o'z bolalarimnikiga bordim, meni qbul 
qilmadilar, tashqariga haydadilar. Bugun hasta bo'lsam menga qaraydigan o'sha kichik 
Aslon va uning iymonli hotini... . Ana shu meni ulkan vijdon azibim emasmi? Men unga 
qarashim kerak bo'lgan vaqtda dunyosini qaro qildim, hayotini zahar ayladim, ko'nglini 
yaraladim. U esa keksayganimda, unga muhtoj bo'lganimda: 
- Keling onajon!- dedi.
Eng katta ibrat darsi emasmi bu? Iymonsiz davrimda qilgan qilmishlarimga iymon 
bilan qilgan javobi emasmi bu? Samimiy quchoq ochishi men uchun ulkan vijdon azobi 
emasmi?
TOG'ORA 
Ayol yosh vaqtidayoq eridan ayrilib, undan qolgan yolg'iz o'g'lini tarbiyalab o'stirish 
uchun tish-tinog'i bilan harakat qildi. Uning orzusi bu o'g'lini hech kimga muhtoj qilmay 
o'qitish edi. Kunlarini shu niyat bilan kechirdi. Yosh va go'zal edi, ammo turmush qurish 
haqidagi takliflarni ortga surib keldi, yoshligini o'g'lini boshqa o'llarga qaratmaslik uchun 
qurbon qilmoqchi bo'ldi. Birovlarning kirini yuvdi, lekin bolasini hech kimga muhtoj 
qilmadi. O'g'lini o'qitmoqchi, kasb egallagach, qolgan umrini uning yonida egallamoqchi 
bo'ldi. Shu hayollar bilan oradan yillar o'tdi... .
Nihoyat o'g'li huquqshunoslik fakultetini bitirib, hakamlik vazifasida ish boshladi. 
Onaning sevinchi yeru ko'kka sig'amasdi. Navbat o'g'liga munosib kelin topishga keldi. 
Shu orzusi tezroq amalga oshsa edi... . Uni rosa ahtardi, izalb-izlab topdi. U zohiran o'zi 
izlagan qiz edi, botinan esa noma'lum. Ko'rinishi yahshi, Ichini kim bilsin. Kelinini o'z 
farzandiday yahshi ko'rar, bir soat bo'lsa ham oldinroq to'y bo'lishini hohlardi. Go'yo o'zi 
turmush qurayotganday. Bir lahza bo'lsin avvalroq kelinini tushirmoq, yangi uylariga 
ko'chmoq istardi. Bir go'shaga chekinib nabiralarini erkalashni istardi. Hotiralariga, shirin 
hayollarga cho'mishni istardi... Nikoh kuniga bir oy qolgan edi. Kuyov kelinni olib yangi 
uyga joylashadigan ashyolarni o'rinlari o'lchovi, mo'ljalini olmoq uchun kelishdi. Yangi uy 
go'zaltus oldi. Bo'lajak kelin qaylig'iga: 
- Jahonbey, hammasi chiroyli, yahshi bo'ldi, ammo shu tog'orani qayerga 
joylashtiramiz? - dedi. Yigit ajablandi: 
- Shunday katta uyda bitta tog'oraga joy topolmayapsanmi? Peshtahta ostiga 
qo'yaqol, - dedi.
- Yo'q, bo'lmaydi.
- Ravoqqa qo'yrsan. Bo'lajak kelin bosh chayqadi.


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling