Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
24 yotgan otamni ko'rdim. Atrofda meni taniganlar bor. Farrosh otam esa yerda yotibdi, odamlar tinmay javrashardi: - Voh, bechora, bolam-bo'tam, qozon-qirmoch deb, o'zini o'tga-cho'qqa urdi, halol mehnat bilan pul topaman deya, ko'chada fanolik kechiribdi. - Yo'q birodar, yo'q. Bu joyning otini shahar qo'yishganu, o'lib ketsang birov bilmaydi. Nomi shaharmish. Ammo haq bizga haq, musulmonlik, insonlik bizga haq! - Kim bilsin uyidagilari, bolalari eshitsa telba bo'lib qolishsa kerak. Tuzuk bo'lsa uyiga yuborish kerak, bolalari hasta holda ko'rmasin, yana hafa bo'lishmasin. O'rtaga chiqib, men taniyman, bu kishi meni otam , deyolmadim. Qo'shnim desam ham bo'lardim. OLomon sirg'alib chiqib qochdim. Yerda yotgan farrosh otamni tashlab, olomonga ichimda la'natlar aytib u yerdan tez uzoqlashdim... . Otam o'sha hodisadan keyin ko'p o'tmay olamdan ko'z yumdi. Faqat o'limidan so'nggina uyalganim - farrosh otamdan vijdonim sadosi bilan bir nech savol so'ramoq istadim. Nega uyaldim sizdan, otajon? Meni o'zingizdan uyalmaydigan farzand qilib tarbiyalamadingizmi? Sizning farrosh ekanligingizdan g'urur tuyadigan iftihor tuyadigan hulqni nega menga bermadingiz? Meni vijdon azobiga nega qoldirib ketdingiz otajon? Otalarining nonvoy, etikdo'z, poyabzal bo'yovchi ekanidan g'urur tuyuvchi farzandlar faqat Islom ahloqi asosida Islomiy hulq bilan tarbiya topgan farzandlardir. Bilmadim, o'lim holatida yotgan otamdan qochganim va buning oqibatida vijdonimda iyg'ongan dard o'limim bilan tugarmikan? IBRAT O'sha kuni havo yoqimli di. Jonimdan sevgan yigitim meni ota-onasi bilan bugun so'rab keladi. Bugun men ikki yil orziqib kutgan kun. Shu nurafshon kunda sevgilimga yetishish uchun birinchi qadam qo'yiladi. Hech qanday to'siqsiz turmush qurdik. Shod, mas'ud, bahtiyor edik. Juftim bilan hamma narsani maslahatlashar edik. Farzandli bo'lishga shoshmas, darrov bolalik bo'lishni istamasdik. Chunki bola bo'lsa o'ynab kulishimizga halaqit beradi, deb o'ylardik. Kinoga, kokteylga hali bola bilan birga boradigan holda emasdik. Oradan ikki-uch yil o'tdi. Erimning o'limini gazetadan o'qib bildim. Yo'lda halokatga uchraganlar orasida u ham bor edi. Yorug' dunyoyim qorong'u bo'ldi. Uning ortidan qolgan bolamiz ham yo'q edi. Yoshlik esa tugab borardi. Har narsadan shubhalanardim. Erim nega o'ldi? Hali turmush shirinligini tuzukroq totmasdan, yoshlikka to'ymasdan... Endi qanday yashayman. Bilmasdim. Vaqt har narsani esdan chqaradi deganlaridek, erimning o';imi ham sekin asta yodimdan chiqib borardi, . Sochlarimni yosh qizlardek turmaklashimga, kiyinishimga, dengizda yosh qizlar yonida bo'lishimga qaramasdan nomim yosh tul edi. Kun keldi, tullikdan zerikib, ikkinchi bor uylanmqchi bo'lganlarni tanlshga qaror qildim. Va uzoq o'ylab bir zobitni tanladim. Uni menga o'hshaganlarning ko'pchiligi yoqtirardi. U yosh, lekin hotinidan qolgan uch bolasi bor edi. Lekin baribir uning uylanish haqidagi taklifini qabul qildim. 38yoshli dengiz zobiti Akrom bilan nikohlandik. Kichikkina to'y ham o'tkazdik. Bolalari - Aslon 6 oylik, Chig'dam 4yosh, kattasi Faruq 6 yosh edi. Akromni uyiga kelganimda uning onasi biz bilan turishidan habarim yo'q edi. Qaynonamni ko'rib, erimdan ham nafratlanib ketdim, chunki u menga yolg'on gapirgandi. Qutulishning iloji yo'qligidan to'rt devor, qattiqqo'l qaynona, uch bola bilan qolishga majbur bo'ldim. Gapning qisqasi men o'zimga qasd qilgandim. Turmush qurganimizga bir hafta bo'lgach ko'pincha Akrom uyga kelmay qo'ydi. Aqldan ozayozdim. Qaynonam har ishga aralashar, lekin men hech narsa deyolmas, orqasidan esa tilimga kelgan so'zlar bilan qarg'ardim. Uch bolaga esa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling