Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALLOHDAN TOPARSAN NILOY
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 hatoyimni har doim ko'z oldingizda tutishingizni istayman. Men hozir shifohonadaman, tutqun ayollar bo'linmasida. Ota-onadan ayrilgan... o'z yaqinlarini yo'qotgan aynchli ahvoldaman. Ruhiy azoblarimni eng qisqa tarzda bayon qildim. Inshaalloh, men chekkan jazo va vijdon azobi ko'pchilikka ibrat bo'lur. Hatolardan saqlanur. Sizlarga Allohning salomi bo'lsin! ALLOHDAN TOPARSAN NILOY Niloy og'ir va chuqur "Oh!"tortib yonimga cho'kdi. Yozadiganlaringni diqqat bilan yoz. Mahkamadan chiqishim bilan gazetachi mendan intervyu oldi, lekin hammasini yozmadi... Sen yoz, men sendan o'sha kitobni olib, ularga pochta orqali jo'nataman. Qanday boshlashni bilmayapman. Men Bursalikman. Bursaning yahshi joylarida o'sdim. Otam kimligi noma;lum musulmon edi. So'zda musulmon, ammo marhamatsiz edi. Onamni ko'p ursa-da, bizni yahshi ko'rardi. Lekin onamizga zulm qilyapti deb undan nafratlanardik. To'qqiz yoshga kirganimda, meni Ustoz huzuriga yubordilar. Ustozga borayotib hayollar surardim:ustoz bizga masalalar aytib beradi, men ba darslarni o'zlashtirib, qoyillatib javob beraman, shunda Ustoz "ofarin" deb qo'yadi, onam borsalar:"qizingiz juda harakatchan", - deb maqtaydi. Tushlarimda ustozni ko'rardim. Lekin bu hammasi hayol edi. Aslida u biror marta ham boshimni silab "ofarin" demadi. Endi anglayman-ki, biz 150talabaning qay biriga ulguradi. Lekin bola buni o'ylamaydi, mehr-muhabbat va iltifot kutadi. Men o'qishdan sovudim. Oradan o'tgan yillar meni dindan uzoqlashtiedi. Endi ota-onamdan yashirib g'alati romanlar o'qirdim. Bo orada men 14 yoshga kirdim. Meni opamning uyiga yuborishdi. Opamning uy ishlarini qila boshladim. Pochcham:"Ofarin sen opangdan ko'ra yahshiroq ish qilar ekansan", - degach, men yanada ko'proq harakat qila boshladim. "Bundayligingni bilganimda seni olgan bo'lardim", - dedi pochcham bir kuni, o'shanda bolalik emasmi, ko'nglimda allaqanday narsalarni his qildim. Uni ishq deb o'yladim. Oshiq bo'ldim. To'g'rirog'i, yoshlik hayajonini oshiqlik deb hisobladim. Endi uyga kelmasdim. Opam buni sezib, rashk qildi. Pochcham bilan yashirin ko'risha boshladik. Albatta yosh qizaloqni aldash oson emasdi. O'sha kunlari berilayotgan Dallas filmida qaynsinglisi bilan yashirinha hayot kechirgan qismni tomosha qildik. O'sha kecha u oshhonaga kirib keldi. "Ko'rdingmi, men o'sha pochchachalik ham bo'lmadimmi? "dedi. Opam tug'ruqhonada edi. Pochcham nomusimga tajovuz qildi. Homilali bo'lib qoldim. Ota-onam hildi. "kimdan bu? " deyishdi. Ilgaririoq gaplashib yurganim Irfonni aytdim. Otam uni sudga berdi. Biz gaplashib yurganimizni ko'rganlarni ham guvoh qilib ko'rsatishdi. Sud ishlari davom etib yurganida homilam tushib qoldi. Hech kimga aytmadim. Ikki oydan keyin nomusimga tajovuz qilishda ayblanib Irfon yetti yilga qamaldi. Oh!Sudda qanday yig'ladi. Menga ovozi boricha baqirib:"Suyuqoyoq, sotqin! Meni xo'rlab, tuhmat qilding! Sen ham hor bo'l, iloho, tuhmatga uchra!"dedi. Qanchalar uyaldim. lekin to'g'risini ham aytmadim. Oylar o'tdi. Vijdon azobi ulg'aydi. Tog'lardan katta va og'ir bo'ldi bu dard! Onamga aytdim:"Ona chidayolmayman, nima maslahat berasiz? " dedim. "Obro'yimiz to'kiladi, opangni oilasi buziladi", dedi onam. Bir yosh, pok yigitning hayotiga ahamiyat bermay, onam qizini uning oilasini o'ylardi. Buni aytsam:"Irfon nega seni olmadi? " deb vijdonini himoya ostiga oldi. Holbuki, Irfon meni qanday olsin, men unga tuhmat qilgan bo'lsam. "Qamoqda chirimoq - bu qizga uylanmoqdan yahshiroqdir. Men bu fohishaga uylansam jinoyat qilgan bo'laman, Hokimbey" degan edi sudda. Nomussiz pochcham hanuz menga sevgidan lof uradi. Vijdon azobini tortmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling