Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


OTAMGA QILGANLARIMNI UNUTOLMAYAPMAN


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

OTAMGA QILGANLARIMNI UNUTOLMAYAPMAN 
Bu galgi vijdon azobi ifodasi - maktub emas. Hozir qarshimda turgan 24 yoshli ayol - 
Fotima Kalyo'nchu aytib turdi, biz yozdik.
Fotimaning vijdon azobini o'z og'zidan eshitaylik:"Otam juda dindor, ma'nili, manga 
do'stday mehribon, muomalali, hamdard, har qanday dardimni bemalol aytishim 
mumkin bo'lgan mukammal ota edi. Meni musulmon qiz bo'lishimni istadi. U g'oyat 
shirin so'zlar bilan menga ochiq-sochiq yurmaslikni, namoz o'qishimni aytardim. Men 
otamni tushunib tushunmay tinglardim. Ehtimol nafsimni yengolmagandirman. Otam 
menga juda shafqatli munosabatda bo'lardiki, ta'riflashga ojizman. O'rangan holda 
turmushga chiqdim. Bir yil o'rangan holda yurdim. Erim bir yildan keyin asta-sekin 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
o'zgara boshladi yoki men uni endi anglab borardim. To'ylarga borayotganimizda 
sochimni turmaklab olishimni so'rardi. Men yoshlik, irodasizlik va atrof ta'siriga zaifligim 
tufayli kun sayin ochila boshladim. Asta sekin o'zgarib borardim. Lekin otam bulardan 
behabar edi. Keynroqqa borib tamoman ochildim. Otamning huzuriga o'ranib borardim. 
Ruhimda iztirob bor edi. Ikki yuzlamachilik qilayotganim meni ezayotgan edi. O'zimni bir 
tartibga sololmas, erimning munosabati nafsimga kengroq yo'l ochib berardi. Endi 
Fotima otasi bilgan farishtali qiz emas, balki otasiga hoinlik hiyonat etuvchiga aylandi. 
Bir kun Ramazonda og'zimni sovuq suv bilan ochdim, nima bo'lganini bilmayman. 
Hushimdan ketdim. Erim qo'rqqanidan meni tashlab qochibdi. Ammam kelib qolibdi, 
qarasa men yerda hushsiz yotibman. Darhol otamga habar qilibdi. Otam meni 
shifohonaga eltibdi. U yerda o'zimga kelib, ko'z ochsam, otam tepamda yig'lab o'tiribdi.
- Otam nega yig'ladi? - deb onamdan so'radim.
- Qizim otang tirnoqlaringdagi bo'yoqni ko'rib, bundan ko'ra o'lganim yahshi edi 
dedilar. Buni eshitib dunyoyim qorong'u bo'lib ketdi. Meni jonidan yahshi ko'ruvchi 
otamning e'tiboridan qolguncha men ham o'lganim yahshi edi. Allohdan nega 
qo'rqmadim, nega uyalmadim? Bu savollarga hali hanuz javob bera olmayman. Erimdan 
ajrashdim. Fotihdagi ammamning uylariga joylashdim. Ochiq bo'lganim uchun otamning 
oldiga borgani yuzim chidamadi. Buning ustiga hanuz ochiq bo'lganim uchun shunisi 
bemalolroq derdim, shunday yashashni istardim. Bir to'da dugonalar orttirdim. Ulardan 
farqim yo'q, pardoz andoz, soch turmaklashda aynan o'shalarning o'zi edim.
Vaqti kelib boshimdan ko'p voqealar o'tdi.
Nima bo'lganini anglamasdan, kutilmagan hodisa tufayli Fotih Amniyat Amirligida 
ko'zimni ochdim. Yana keyinroq o'zimni qamoqda ko'rdim. Hayron edim. Bu yerga 
qanday kelib qoldim? Allohning intiqomimi bu? Otamga munosabatimning jazosimi? Ish 
bu bilan ham tugamadi. Hali qamoqhonalarning hayajonlari ketmay turib... ertalabki 
ro'znomalarni o'qiyotgan edim...
Yo Alloh! Bu qanday dahshatli habar? Ro'znomada o'zimni rasmimni ko'rib turardim. 
Boshi ochiq surat. Habar qo'rqibchli edi. Sarlavhada:"Go'zal Fotima 30ta talonchilik 
qildi!" - deyilardi. Yig'lamoqdan o'zimga kelolmadim. "30ta talonchilik" qaydan chiqdi? 
Oh otajon sizning ohingizmi bular? Dugonalarim yonimga kelib: 
- Sen bu gazetalarga ko'pam ahamiyat berma, hammamiz haqimizdayam yolg'on 
yashiq gaplarni yozib chiqishadi. Burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirma, - deya tasalli 
berishdi.
Fotima bu gaplarni hikoya qilgach, o'rnidan turdi-da, ro'znomani keltirdi: 
- Mana o'zingiz o'qib ko'ring.
Unda mana shu gaplar bitilgandi: 
"Bir oy avval Fotih Amniyat Amirligiga bog'liq guruhlar uch erkak sheriklari bilan 
qo'lga olingan Fotim Kalyo'nchuning jami 30 honadon va ishhonaga bosqinchilik qilgani 
ma'lum bo'ldi. Go'zal Fotima uydan qochgach, "Yoshlar to'dasini" tuzib shu guruhga 
boshliq bo'ldi. Bakirko'l amino'ni va Fotih taraflarni o'zlariga qo'nalg'a qilib olgan 
"Yoshlar to'dasi" kimsaszi uylarni ishhonalarni shilib ketishardi. Politsiyani ko'p vaqt 
ortidan yugurtirgan to'da a'zolari bir oy avvalFotih Amniyat Amirligi hodimlari tomonidan 
jinoyat ustida qo'lga olindi. Qorako'lda qilgan jinoyatlari rad qilgan Fotima va guruh 
a'zolari 30uy va ishhonalarni talaganliklari keyingi tekshiruvda ma'lum bo'ldi".
Habarni barobar o'qidik. Fotima yana eski dardini eslaganidan achchiq achchiq kulib 
gapida davom etdi. "na to'da bor va na men atlonchilik qilganman. Yo'q gaplarni, yo'q 
ishlarni yozishgan. Qalam hamma narsani ham yozaverar ekan, lekin nahot qalam 
egasida vijdon bo'lmasa? Bir nech oydan keyin ro'znomada boshqa bir habar bosildi. 
Mahkamada tushirilgan suratlarim. Yenglarim kalta, boshim ochiq... Hali qanday habar 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling