Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
19 Honim va'zni to'htatib, jamoatdan tinchlanishlarini iltimos qildi. Jimlik ikki daqiqa davom etdi. Yana shovqin- suron... ... Bu orada Hilol voiza honimdan izn olib, jamoatga murojaat qildi. - Muhtaram mehmonlar!Iltimos, jimlik saqlab va'zni tinglang. Bu yerda aytiladigan gaplar Alloh taoloning so'zlaridir! hilolning bu iltimosidan keyin bir honim jo'rttaga sigara tutatib, salon ayollariday yurib, voiza honimning oldiga keldi. - Bu qoloqlikni to'htating, endi hursandchilik qilamiz, - dedi. Toqatimiz toq bo'ldi. Hilol chidayolmasdan: - Jim bo'lishingiz iltimos qilamiz. Eshitishni istamaganlar tashqariga chiqib turishlari mumkin, eshitadiganlarga halaqit bermasinlar, - dedi. Hilolning so'zlari tugar-tugamas o'sha hotin qo'lidagi sigarani bir tutatib, jamoatga yuzlandi: - Sizlarni haydamoqdalar, nega hanuz turibsiz? Boshimizni ochgan bo'lsak, o'ynamozchi bo'lsak, nasroniy emasmiz-ku. Qani nega qarab turibsiz? Mana salonni men birinchi tark etaman, - dedi-yu, chiqdi ketdi. G'alayon boshlandi. Hilol ikkimiz joyimizda qotib qoldik. Bir narsa deyolmas, qimirlolmas edik. Bilmadim o'shanda qanday nafas oldim, qanday yashadim. Shu g'alayon ichida to'y marosmi ham tugadi. Salon bo'shab, o'rtada to'y egalariga yaqin odamlargina qoldi. Kelin kelinlik libosida va bizlar hammamiz tik oyoqda turibmiz. Barchamizni sukunat qurshagan... Bu jimlikni Hilolning ko'z yoshi va titroq ovozi buzdi. U kelinoyisini quchib yig'lardi: - Qanday bo'ldi?!Nima qilib qo'yishdi? eng bahtli kunni yo'qa chiqardilar, Buzdilar. Rozi bo'ling, yanga! Yangasi ham Hilolga ko'zyoshlari biulan javob qildi: Hafa bo'lmang, muhimi to'y emas, Allohning bizdan rozi bo'lishi. Vazifamiz Uning amrlariga itoatda bo'lish. Biz bunga harakat qildik. G'ayrat ko'rsatdik. Inshaalloh, Rabbimi qabul aylagay, -dedi. Endi Hilol, yangasi, men va o'sja yerda kim bo'lsa - hammamiz yig'lardik... . Qilingan haqsizlik, sovugan to'y, haqiqiy banda emasligimiz, ko'rinmas iplar bilan bog'langanimizga yig'lardik... . Oradan yillar o'tdi... Lekin o'sha to'y voqeasita'siridan hali hanuz qutulgan emasman. Qachon to'yga borsam, ko'nglimda qandaydir achchiq tuyg'ularni his qilaman. Va men borgan har to'yda bizning o'sha to'yimiz esimga tushadi. Ko'zyoshlarim ichimga oqa boshlaydi. Ularni ichimga oqa boshlaydi... Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling