Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 nomlanishiga qarang"HO'JONA" - go'yo ustozlar ayollarni yomon yo'lga solmoq uchun mashg'ullar, bu subutsiz ayollarni ularning nomi bilan atashadi. "Sevgili va qimmatli Lutfiya! Sizni ko'rgach, sevgi neligini angladim. Behad go'zal ayolsiz. Oilangiz, bolalaringizni borligining hech ahamiyati yo'q. Menga, menikiga kelsangiz bo'ldi. Sizga sevgi to'la heyot bag'ishlamoqqa harakat qilardim". Bilasizmi, bu maktub qarshisida ne holga tushdim? Shunday hayajonlandimki!. . Ayol ham hech seviladimi? ... Ayol faqat erkakning... vositasi, bundan tashqari kezsin, to'zsin, o'z ko'ngilhushligini qilsin, faqat erkak bilan hech bir aloqasi bo'lmasin(o'zholiga qo'ysin). Ilgariroq mehr- muhabbat va hurmatni eshitib turardim. Takliflar doim ko'p bo'lardi, lekin bu safar qarshimda jonli isbot turardi. Bu erkak bial ko'rishgib suhbatlashdik. Ammo ko'p o'tmay Anqaraga qochishga qaror qildik. Qarorni amalga oshirishdan oldin onamning oldilariga bordim. Qaytib kelgunimcha erim bilan qaynonam hammasidan habar topishibdi. Onamnikidan qaytganimda meni uyga qo'ymadilar. Keyinchalik qarorlarini qanday o'zgartirishgan bilmayman. Qaytib uyga joylashdim. bir narsa deyishmadi. Bolalarim yoniga qaytgach, "sevgilim"bilan aloqani uzdim. Erim tobora boyib oliy tabaqaga aylanib borardik. Erim nima qilishim bilan ishi yo'q. Men uning nomusiga dog' tushiradigan harakatlar qilganimda ham loaqal bir musht urmadi. Yana hozirgi uyimizdan kattaroq uy qurmoqchi bo'ldik. Yangi olgan zamonaviy jihozlarimiz yangi uyimizga sig'masdi. Modomiki boy ekanmzi, uyimiz ham boylarnikidek bo'lishi, o'zimiz ham boylarday yashashimiz lozim edi-da. Bu voqeadan keyin ho'jonalar tomonidan ikki yil bezovta qilinmadim. Ko'rinishdan bahtli yashardik. ammo men bahtiyor emasdim. Mas'udlik ahtargan, bo'shliqda tebrangan bir ayol edim. Insonlar menga yahshilik qiladi, deb ko'rsatgan eshikka kirib, saodat ahtarar, balki baht shu yerdadir, deya o'ylardim. O'sha paytlarda nega qarshimdan bir musulmon chiqmadi? Musulmonlar boshlarini tuyaqushga o'hshab qumga tiqib pinhon saqlasharmidi? Sen musulmon edingmi, deb so'raganlarga javobim shu savoldir: erini aldagan ayol musulmon bo'ladimi? Komil iymonli musulmon ayol menday ish tutarmidi? Yangi uyimzini pastki qavatiga joylashdik, ustki qavati bo'yoq qilnardi. Bir kuni erim:"Bo'yoqchi mening tanishim, Erto'g'on, juda ham nomusli inson, uyga kirib tursin, taom ber", dedi. Nomusli emish, qaysi nomus haqida, kim gapiryapti? Yana aytaman, nomus tushunchasi shariatdan tashqari bo'lsa, ayniqsa ayolhususida hech kim nomusli emas. Mo'min esa nomuslidir. Erto'g'on nomusli bo'lsa, keyingi hayotimda ta'siri bo'larmidi? Nomusli bo'lsa yolg'iz ayoldan taom talabida honasiga kirarmidi? Nomus emish... Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling