Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 mening fikrlashimda o'zgarish yuz berdi. Oisha bilan yozishmalarimiz bir yarim yildirki to'htagan edi. Diyorbakrga bordim. Bu gal men Oishalarnikida qoldim. Lekin u juda o'zgarib ketgandi. Uylariga kelgan erkak mehmonlar kelsa, boshi ichiq holda ularga hizmat qilar, ravoqqa chiqar, faqat tashqariga chiqqandagina o'ralar edi. Ichim sirqiradi, pushaymon bo'ldim, chunki uning bu holiga men sababchi edim. Bir kecha o'tirib suhbatlashdik, unga pushaymonligimni, unga nisbatan nohaqlik qilganimni aytdim. Islomni anglatmoqqa harakat qildim. Bo'lmadi. Qaytishdan qo'rqardi. Teskari ahvol... Ilgari men uni Islomdan uzoqlashtirish uchun yomonlagan bo'lsam, endi Islom go'zalliklarini aytib qaytishi uchun yolvorardim. Diniy kitoblar o'qitdim, lekin foydasi bo'lmadi. Izmirga qaytgach, tez-tez hat yozdim. Lekin javob bo'lmadi. Nihoyat maktub keldi:"Maktublaringda dindan so'z ochma, chunki nima deb javob yozishni bilmayman. O'zgarishimni o'ylama". Hulosa qilib aytamanki, Oishaga qilgan haqsizligim va bu hol qarsgisidagi vijdon qiynog'idan hech qachon qutulolmasam kerak. JAZO Bu yer Eski shaharning eng sokin joylaridan biri. Ko'chamizda ko'p mutavoze' kishilar yashaydi. Bu ko'cha boshqa ko'chalarga o'hshamaydi. G'iybat, mish-mish bu yerda yo'q. yo'qsillarga yordam qo'lini cho'zib, ko'ngillarga nur bahsh etgan shu ko'chada o'sdim. Oilamiz ham Islomiy yashadi. Zotan, bu ko'chada ochiq-sochiq yuradiganlarni o'zi yo'q. Har kim o'z holicha Islomiy yashashga harakat qilardi. Men uyimdagilarni va mahalladoshlarimni juda yahshi ko'rardim. Ular sof ko'ngilli odamlar edi. Ayniqsa Usmon bobom juda oqko'ngil kishi edilar. O'sha paytlar 6yoshlik qizcha edim. Hali ro'mol o'ramasdim. Usmon bobom boshimni silab:"Sening isming Amina! Qanday go'zal ism!Rasululloh s. a. v. ning onalarining ismi. Agar boshing o'rab yursang shu ismga munosib bo'lasan", - derdilar. Boshlang'ich maktabni bitirdim. Boshimni o'ragan, namozimni o'qirdim. Uyimdagilar meni Imom Hatib Litseyiga yubormoqchi edilar. Lekin men Anqaradagi A. G. Litseyida o'qib hamshira bo'lishni orzu qilardim. Bu yerda I. X. L. ga olishmagani uchun o'rta maktabga kirdim. Maktabni boshimni ochmasdan bitirdim. Uyimdagilar bundan hursand bo'lishdi. O'zgarmasligimga qat'iy ishonardilar. Va meni Anqarda yotib o'qishim uchun ro'yhatdan o'tkazdilar. Lekin ko'chamizdagi barcha qo'shnilar borishimni istamasdilar. Islomni tark qilib, kufrga kirib ketishimdan qo'rqardilar. Va mening sevimli Usmon bobom uyimdagilardan yubormasliklarini iltimos qildilar. Uyimzdagilar esa:"Unga ishonamiz, Inshaalloh, o'zgarmas", dedilar. Usmon bobom:"Unday demang, biz 20asrda yashaypmiz. Bu zamonda o'zgarganlar shu qadar ko'paydiki, huqsi barcha yoshlarga urmoqda", - dedilar. Usmon bobom menga ham ko'p yolvordi. Ammo menda hamshira bo'lish istagi avj olgan edi. Usmon bobomga o'zgarmasligimni, aynan Amina bo'lib qolishimni aytdim. Mening borishga istagim qat'iylagini bilgan Usmon bobom meni yig'lab-yig'lab ogohlantirdilar:"Ehtiyot bo'l, Amina! Aslo o'zgarma. Seni botqoqlikka boshlamoqchi bo'lganlarga aslo aldanib qolma", dedilar. Anqaraga ketarkanman, qo'shnilarim bilan ko'zda yosh ila hayrlashdim. Maktabda o'qishni boshlaganimdan beri na boshimni ochdim, na namozimni qoldirdim. Avvalgiday edim. Kechalari tomosha qilish uchun TV bor edi. Lekin men tomosha qilmas, diniy kitoblar o'qir edim. Ikkinchi yilimning avvalgi ikki oyi ham shunday o'tdi. Bir kuni hamma TV tomosha qilib o'tirar edi, men esa bir burchakda kitob o'qir edim. Bir erkak ovozidan cho'chib tushdim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling