Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 achinardim. Biroz hastalansam, ne qilishini bilmay boshimda aylanardi. "Sizga beradigan dardni Alloh menga bersin", derdi. Namoz o'qiyolmaganim uchun juda hafa bo'lardi. Har narsadan meni qo'riqlar edi. Qayg'urishimni hech istamasdi. Ammo men... Barcha masala shunda edi. Men qanchalik fidoyi va qanaqa inson edim? Bir kuni radioni qo'ydim. Qo'ymasam bo'lardi, nega qo'ydim. Radio:"Olmoniyaga ishchilar jo'natlmoqda. Borishni istovchilar "Ish va ishchi" tahskilotiga murojaat qilsinlar", degan e'lonni o'qidi. Faqirlik jonimga tekkandi. Sevinganimdan bir joyda turolmasdim. Eshikda Alifga duch keldim. "Yo'l bo'lsin? " dedi. "Olmoniyaga ketyapman, Alifim, Olmoniyaga. Seni el eshigidan qutqaraman. Uyimning malikasi bo'lasan", dedim. "Bu ish yoqmaydi", dedi. "Nega yoqtirmaysan? Kelgan imkoniyatdan yuz o'giramizmi? Jinnimisan? ", deya baqirdim unga. Ko'zlari yoshlandi. - Otam Islomda er-hotin hijroni eng ko'p - 4oy derdilar. shuning uchun ham Rasululloh s. a. v. ham askarlarini 4oyda bir marta uyga borishga buyurganlar. Siz bilan ajralishni istamayman, bu yahshi bo'lmaydi, - dedi. Boshimga gurzi bilan urganday bo'ldi. Qotib qoldim - Sen kimsan-a, kimsan. Men ketaman, ishimga aralasholmaysan, - dedim-da chiqib ketdim... Olmoniyaga ishga yozildim. Uch oydan so'ng atklif qog'ozi keldi. Men sevinchimdan hotinim esa hafaligidan tushmasdi. Bir do'stimda qarz olib Olmoniya tayyorgarligini ko'rdim. Katta yo'l sumkamga narsalarimni joylayotgan edim. Alifning yig'layotganini ko'rdim. Ham yig'alr, ham gapirar edi. - Olmoniyaga borib meni unutasiz deb qo'rqaman. Yoniga uchib keldim. - Alifim telba bo'ldingmi? Bu gapni menga qanday aytyapsan. Men seni unutib, olmon tannozlariga qaraymanmi? Shunchalik pastkash bo'ldimmi? Shunday zolimlikda ayblasang seni kechirmayman. Meni bilmaysanmi? Sen uchun, senga uylanish uchun o'limimga rozi bo'lganman. Menda qanday shubhalanasan? - dedim. - Ayol erkakni, erkak ayolni tortarmish, Olmin go'zallari esa ikki karra toratrmish. "Jufti yonida bo'lmagan ayol ham, erkak ham zinoga yaqin turadi", derdilar otam. Juda qo'rqyapman, - dedi. Avtobusga minganimda ham yonimda ajralmadi. - olti oy kut, jonim, olti oy. Undan keyin seni ham olib ketaman. Sensiz Olmoniyani ne qilaman, - derdim. So'nggi so'zimiz shu bo'ldi. Hayrlashdik. Olmoniyaga kelgan ilk kunlarim Alifimning qadri o'tdi. "Nimaga ham keldim" deb ko'p pushaymon bo'ldim. Avval ahr kuni hatlar yozdim. "Alifim oz qoldi, seni olib kelaman" derdim. Keyinroq esa har kuni yozolmadim. Uch oy o'tgach, olmon qizi Vera yo'liqdi. Ro'yhushlik bermadim. "Mening sevimli hotinim bor, daf bo'l", dedim. Ammo u quloq solmasdi, chala chulpa turkchalab:"Seni juda-juda sevaman", derdi. Aslo, Alifimga hiyonat qilolmayman. Ammo nasroniy qiz jozibador va ma'sum chehrali edi. Mayl eta boshladim... Va Veraga oshiq bo'lib qoldim. Alifni unutdim. Endi bor-yo'g'im Vera edi. Endi oylar o'tdi, Alifga hat yozmay qo'ydim. Bir kuni hat keldi. Alifdan edi. "Azizim, qaylarda qldingiz? Olmoniyani maskan tutdingizmi? Qaydasiz? Hastamisiz, habaringiz yo'qligidan qayg'udaman. uyqum kelmaydi. Bolalar:"Otamiz bizni unutdi", deyishmoqda. Fotima:"Otamning yuzini eslay olmayapman" dedi. Hayotingizni bilaylik. Ikki qator hat yozib yuboring. Do'stingiz ham, hato qilmasin, qarzini bersin, deyapti. Ne bo'ldi sizga hotiningizni gap eshittiradigan, so'ziga egalik qilolmaydigan bo'lib qoldingizmi? Siz sharaf sohibi, or-nomuslik inson edingiz-ku. Jonim, ikki enlik hat yozing, holingizni bilay, telba qilmang, ziyoda kuttirmang, ilhaq etmang". Xatni o'qiyotganimda Vera kelib qoldi. "Nima bo'ldi, sevgilim", dedi. Hech nima bir ahmoq do'stimdan hat kelibdi, deb qo'ya qoldim. U ham bemalol:"Men esa ahmoq hotiningdan hat kelibdimi deb o'ylab, behuda rashk qilibman", dedi. OH!! Alifimni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling