Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


ONAMNING CHINQIRIG'INI UNUTOLMAYMAN


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

ONAMNING CHINQIRIG'INI UNUTOLMAYMAN 
Men litseyda o'qigan yillarimdan ayol erki sotsializmda ekanini hayol qildim va unga 
ko'ngil berdim. Lenin, Marks ta'limotlarini o'rgandim. Natijada uyimdagilar qattiqqo'l 
bo'lganlari uchun, hur bo'lish, o'zim ko'ngil qo'ygan narsaga ko'proq hizmat qilish, 
dorilfununda o'qish uchun uydan qochdim. Uyimdagilar:"Namoz o'qi, boshingni o'ra", 
deb urardi. Men esa namozda shunchaki turar, hech narsa o'qimasdim. Dinimizda namoz 
o'qimagan yengilroq uriladi, lekin o'sha kungi mening ahvolimday tayoq aks ta'sir bersa, 
din, namozdan ko'ngilni qoldirsa, har holda bunday qilmagan ma'qul. Tengqurlarim 
vositachiligida uydan qochgach, bir sababga ko'ra dorilfunun imtihonlarida 
qatnasholmadim. Mayli, bir ishga kirarman, so'lchi do'stlarim bor, deb o'ylardim. Yangi 
turmush qurishgan er-hotinni yonida qolar, ularning ish tashlashlari, ochlik e'lon 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
qilishlari va ba'zi seminar mashg'ulotlarida qatnashardim. Bir joyimiz bo'lardi, har kuni 
ularni u yerda uchratib yoki ish tashlash joyida topib, o'sha yerda o'tirardim. Bir ishga 
kirishni imkoni bo'lmadi. Boshim ochiq, jinsi shim ololmagan, ammo shimda, qo'l - oyoq 
ochiq holda aylanardim. Agar erkak madaniyatli bo'lsa, ochiq ayolga hech qaramaydi, 
hech zavq tuymaydi, deb o'ylardim. So'lchi erkaklar hech manga qaramaydi, deb ularga 
ko'ngil qo'ygandim. Albatta, sotsializmga ham. Hatolik insonda, sotsializmda emas
derdim. O'ylardimki, bular hayoldagi ziddiyatlar, burjuaziyaga hos qoldiqlar, eskiliklardir. 
Bir kuni mashinani ortiga ayol erkak aralash o'tirib ish tashlash joyiga keldik. Chordona 
qurib o'tirdim, shim kirib olgandim. Erkaklarning ko'zi istar-istamas menga tushardi. 
O'tirishimni o'zgartirdim. Bular burjuaziya qoldiqlari haqiqiy e'tiqodli insonlar bo'lganida 
menga qaramasdi, deb o'yladim. Vaqti-vaqti bilan tug'ishganlarimni sog'inar, lekin buni 
ichimga yutardim. Ota-onamni urishgani uchun sog'inmayman, deb o'ylardim, lekin...
Bir kecha bo'lganicha bo'ldi. Men qolgan oilaning ayoli bir kunga boshqa joyga 
ketadigan bo'ldi. Va men uyda uning eri bilan yolg'iz qolishimning zarari yo'q, ahir ular 
ham men o'ylagndek o'ylaydilar, deb hisoblardim. O'sha kech uyqum kelmadi. Aka, 
uhlolmyapman, suhbatlashaylik, dedim. U honamga keldi. Suhbatlashish o'rniga nohush 
qiliqlar qila boshladi. Qotib qoldim. U davom etar, lekin ikkimiz ham kiyimda edik. 
Albatta yomon ish sodir bo'lmadi, lein mening sotsialistik birodarlarim, degan 
tushuncham puchga chiqqandi. E'tiqodli kishi shunday bo'ladimi? Men ruhiy tushkunlikka 
uchrab, qo'shnilardan jomadon so'radim, nima qilganimni hozir ham eslolmayman. 
Ko'zimdan ma'no qochganini ko'rgan qo'shnilar, meni polisga olib borishdi, keyin 1-1, 5 
oy ruhiy kasalhonada yotib chiqdim. Chiqqach yurgan yo'llarimni bilmadim. Avval, 
boshdan kechirganlardan bildimki, elktr shokda miyyaning bir qismini, hotirani 
zaiflashtirishar ekan. Menga ham elektr shok qo'llabdilar, shuning uchun ancha narsani 
hotirlay olmadim. Ammo tuzaldim. O'ynab kulib uyga keldim. uy ishlarini ozmi-ko'pmi 
qila olardim. Go'zal va yosh bo'lganim uchun, hotini uyda yo'qligida o'sha sotsializm 
da'vosidagi odam meni yana bezovta qila boshladi. "Men bu qadar irodasiz emasman, 
nima bo'ldi menga, bilolmayapman", derdi. Ha, Allohni inkor qilgan Uning Yaratganini 
ham inkor qilar ekan. Ko'ngildagi qarshi jinsga bo'lgan tug'ma hisni inkor etar, lekin 
Allohning qonuni qarshisida ojiz edi. Men har gal qattiq qarshilik bilan uni to'htatardim. 
Hayol buzuqligi, qalb aynishi, faqat dindorlarda bo'ladi, deb o'ylardim. Litseyda bir 
sevganim bo'lardi. Doim uni o'ylardim. Agar menga uylanganida, uydan qochmasdim, 
sevgim yo'lida hatto sotsializmdan voz kechardim. Ammo unga qochaylik, deganimda u 
indamadi. Nega qochmoqchisan, dedi. Meni o'zim hohlamagn kishiga uzatishmoqchi
o'qitishmoqchi emas, dedim. Va uning og'zini poyladim, lekin u indamadi. Shunda ham 
uni o'ylardim. Menimcha, ayol yolg'iz erkakka, erkak ham yolg'iz ayolga ko'ngil qo'yishi 
mumkin deb o'ylardim. Qur'on ham:"Ayollaringiz o'rtasida adolat qilolmaydigan 
bo'lsangiz, bittasi bilan kifoyalaning", deya ogohlantirgan. Y'ani erkakning yaratmishi 
ham umuman bir kishiga (ayolga) ko'ngil berishi mumkin. Bu aslida mavzuyimdan 
tashqari. Hanuz aybni Islomga ag'darishadi, shuning uchu yozdim. Bu umuman boshqa 
mavzu, shu bois shu yerda to'htataman.
Asablarim taranglashib toldimi, yana kasallandim, hatto ovqatni og'zimga olib 
kelolmaydigan holga tushdim. Davolandim, lekin tuzalmadim. Meni uyga qaytarishdi, 
otam ho'ngrab meni bag'riga bosdi. Agar otam meni rad qilganida holim nima kechardi? 
Uyimizdagilar boshlarini ko'tarolmay qolishdi. Qochib ketganimga bir yilga yaqin 
bo'lgandi. Sekin-sekin har narsamdan ayirganlarni, sotsializmni ham, ularni ham 
ayblamas, yomon ko'rmas edim. Nima bo'lganini bilmasdim. Go'yo sehrlangandek edim. 
Ma'lum vaqt onamlarnikida karahtligim davom etib, sezgirligim susaydi. Polis tergov 
o'tkazdi, hech narsa aniqlay olishmagani uchun jazo olmadim. Jamiyatdan ko'rgan 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling