Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Bu so'zlar qalbiga qilich bo'lib botdi. Ko'nglini ag'dar ton'ntar qilib yubordi. 
Hamshiraga mo'tirab qaradi. Ne deydi? Nima desa ekan? Zo'rakiroq so'z boshladi: 
- Meni olib ketgani kelishmadi. Bu kecha ham shu yerda yotsam bo'ladimi? Bir 
kechalik ziyoda haq to'layman.
- Nima hech kimingiz yo'qmi?
Ichi tuzdek achishdi. Og'rinib javob berdi.
- Bor, bolalarim bor. Ammo negadir kelishmadi. Bugun chiqishimni bilishmagan 
bo'lishsa kerak. Ertaga kelishar... Telefonlarini bersam...
Biroq kimning telefonini beradi. So'ng birdan baland ovozda:"Yo'q!"- dedi.
- Ular mening jon joyimga urdilar. Men sizga Asilamni telefonini beraman. Bolaligidan 
meni yahshi ko'radi. U kelib meni olib ketar... Ertagacha muhlat bering. Ertaga ko'ramiz.
Qo'llari titrab sumkasidan daftarni olib, Asilaning raqamini berdi. Shom namozidan 
keyin yana joyiga yotdi. Qanday beshafqat damlar uning uchun, o'tishi ham qiyin edi. 
Hamhonasi baribir so'ramasdan turolmadi.
- Sizni shifohonaga bolalaringiz olib kelishdimi? Bu savol uni boshiga gurzi bo'lib 
tushdi.
- Yo'q, men bolalarimni o'n yildan beri ko'rmayman. Meni tark etishgan. Aybim Islom 
da'vosini zimmamada deb bilganim.
- Eringiz bormi?
- Erim o'lganida men 45 yoshda edim.
- Ho'sh, uyingiz, pulingiz bormi?
- Bor edi, hammasi bor edi. Talabalarga, e'tiqodim yo'lida sarfladim.
Hasta ayol o'rnidan qo'zg'alibroq. Zaynabga achinish bilan qaradi.
- E'tiborliroq bo'lmadingizmi? Keksayishingizni o'ylab, o'zingizga uy va biroz pulning 
g'amini yeb qo'ysangiz gunoh bo'lardimi?
Zaynab yana horg'in va og'ir nafas oldi.
- Gunoh emas, aksincha, Rasulullohning s. a. v. tavsiyalari... Lekin yoshlarning joyi 
yo'q. O'qiyolmasdi ular. Chidayolmadim. Borimni talabalarga sarfladim. Bir uyim, biroz 
pulim bo'lsa edi. Mayli pushaymon emasman. Yuzlab yoshlarga o'qish imkonini berdim.
Hasta ayol unga yana achinish bilan so'zida davom etdi.
- Endi kasalhonada garovga qolasizmi?
- Mayli e'tiqod yo'lidagi mashaqqatlarda ham lazzat bor. Sizning kelib ketuvchingiz 
ko'p ekan, buyursin. Aytganlaringizdan anglaganlarimning hammasi bu dunyolik. Narigi 
dunyoda kelib ketuvchilaringiz bo'lishi uchun yashamabsiz. Oltmishga kirib qo'yibsiz-u, 
hanuz u dunyoni o'ylamabsiz. Men hayrli ishlarda, siz esa dunyo ishlarida ancha oldinga 
ketib qolibmiz.
Hasta ayol asabiy ming'irladi: 
- Unda shu ko'yi yashashda davom etavering. Sizning yahshiligingiz uchun, sizni deb 
aytyapman.
- Aytmang. Aytganlaringiz tasalli berish uchun emas, o'tmishdan 
pushaymonlikuyg'otish uchun. Pushaymon emasman. Zotan dunyodan ketishimga 
qancha ham qoldi...
Ikkovi ham bir-biriga ters o'girilib oldi. Zaynab yashirincha yig'lardi... Huftonga azon 
aytilmasdan uhlab qoldi. Tushida bolalarini, o'zini hafa qilgan qator musulmonlarni 
ko'rdi... . Mahshar kuni emish... Ularni qarshisiga keltirishibdi... G'oyibdan ovoz kelibdi: 
- Bularni taniysanmi? U esa baqirib javob beribdi.
- Taniyma-a-a-a-an, taniyman.
O'z ovozidan o'zi uyg'onib ketdi. Ruhidagi dardlari ortgandek bo'ldi, o'rnidan turdi. 
Tahorat olib namoz o'qidi, duolar qildi.


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling