Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Kutilmaganda maktub oldik. O'g'lim onasiga:"Onajonim!Men Pokistondaman. Alloh 
nasib qilsa, bayramga boraman", deb yozibdi.
Boladek bo'zladim. Endi bolam meni sajdada ko'radi. Vijdon azobim barham topadi. 
O'g'lim arafa kuni keldi. Katta bo'lib ulg'ayibdi. Soqolli, nur porlab turgan ko'zlari, 
yuzlaridan o'pdim. Bag'rimga bosdim. Yo'ldan chiqarmoqchi bo'lganim - Imom Hatibim 
meni yo'lga solgandi, yo'l topishimga, hidoyat yo'lini topishimga sababchi bo'lgandi. 
Ertasi kuni hayit namoziga birga bordik. Hayotimda hech qachon bu qadar bahtli 
bo'lmagandim. Jome'dan chiqqanimizda o'g'lim yuzimga qarab: 
- Ota, bilasizmi, sajda sizga goz'al shahsiyat bahshida etibdi. Safda turishingiz sizga 
shu qadar yarashibdiki, ta'rifni keltirolmayman, tushuntirolmayman... .
Hullas, sizga vijdon azobimni anglatmoq istadim. "Maktub"jurnalida o'qiganim - 
"Vijdon azobi"menga juda ta'sir qildi. Mening hayotim, otalarga, ayniqsa polislarga 
o'rnak bo'lar deb o'yladim... Allohga omonat bo'ling!!! 
E'TIQOD 
Zaynab hola shifohonadan chiqishga hozirlanmoqda. Hech kimi kelmadi. To'rt o'g'il 
va ikki qizi bor. Birovi bo'lmasa, birovi kelib qolar, deb derazadan tez-tez qarab qo'yardi. 
Qohira Jome'sidan shomga azon aytiladigan vaqt bo'lgan bo'lsa-da, hanuz holani olib 
ketuvchilardan darak yo'q. "Nega kelishmadi, ne bo'ldi ekan? '-deya tashvishlanardi 
hola. U, hamshiralar:"Hola hali ham shu yerdamisiz, ketmadingzimi? "-deb qolishlaridan 
havotirda edi. Narsalarini sumkasiga joyladi. Deraza yoniga o'tib tashqarini kuzatdi... . 
Yoshligini hotirladi...
Olti bolasi bor edi. Ularga Islomiy tarbiya berishga harakat qilar, lekin uddasidan 
chiqolmasdi. Ya'ni bolalariga bergan tarbiyasini atrof muhit shamoli uchirib olib ketardi... 
. Bir kuni katta o'g'li unga tik qarab isyon qildi:Bizni o'z erkimizga qo'ying ona!O'zingiz 
istaganingizcha yashang, lekin bizni o'z holimizga qo'ying!Yoqamizni bo'shating!
Zaynab hola yoshligida tinib tinchimasdi, islomni boshqalarga bildirishga harakat 
qilardi. Anjumanlar o'tkazdi. Maqolalar yozdi. Turli chiqishlar qildi. Talabalar yetishtirdi. 
Ammo uning yutuqlarini ko'rolmagan musulmonlar, balki munofiqlar turli mish-mishlar 
tarqatishar, tinchlik berishmas, bazovta qilshardi. Goho Zaynab hola o'zicha 
tutoqib:"Nega bunday? Ahir, biz diniy birodarlar, qiyomatli qarindoshlar emasmizmi? 
"deya iztirob chekardi. Bu yomon holatga choralar ahtarardi. Qarori qat'iy edi. Hech bir 
guruhni tanqid qilmoqvhi emasdi, lekin uni tinglaydiganlar oz edi. Bir gal Qur'on tahsili 
bosqichidan quvildi. Ko'chaga chiqqach yig'ladi:"Nega quvildim? Allohim, menga sabr 
ber!"-deya u yerdan uzoqlashdi. Qayga borsa tanqidga uchradi, uni noto'g'ri tushunishdi. 
Anglagan dunyo muammolari va muqobillarini taqdim etolmas va bu uchun ham iztirob 
chekardi.
Odamlarga kam foydam tegayapti, deya o'ylar, o'zini sevganlar ham borligini unutar 
edi. O'zini juda kichik chog'lar va ba'zan ko'ngli cho'kardi. Bolalarga qalban bog'langan, 
to'zimagan yoshlik chog'larini o'yladi... . Qo'shnilarning bolalarini esladi... Bushro, 
Forima, Asila, Ali, Kozim, Muhammad, Zahro... . Ularni asallarim deya ovutar va bundan 
o'zi ham zavqlanardi... .
Mana shom azoni munglig'-munglig', hazin-hazin, ulug', ohista va baland 
taralmoqda. Go'yo:"Zaynab, yolg'iz emassan, mana men borman", deyotgandek edi. 
Ko'zyoshlari dumalab-dumalab tushdi. Nogoh hamshiraning ovozidan hushyor tortdi.
- Zaynab as-Sodiq... Siz hali ketmadingizmi, kasalhonadigi joyingizni bo'shatishingiz 
lozim, muddatingiz bitdi!-dedi.


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling