Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQDIR GUNOHGA YETAKLAMAYDI
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 Chidayolmadim. Uni olib bobosinikiga, Oishaning otasinikiga bordim. Tortinibroq qo'llarini o'pdim. Onasi qo'lini bermadi. - Qo'li o'piladiganchalik tabarruk emasman, - dedi. Ular ham yig'lashdi. Shuhadoni yolg'iz qo'lim bilan quchoqlab turardim. Go'yo yillar intiqomini mendan olardi. Ayovsiz olardi. Qizimni yerga tushirmasdim. Bir payt: - Ota sizni qo'lingiz bittasi nega yo'q? Bu savol meni marhamatsiz yillar qo'yniga uloqtirdi. - Shuhadoni Istanbulga olib ketsam, - deya so'radim. - Yo'q, bo'lmaydi. Istanbul bizning nazarimizda hosiyatsiz shaharga o'hshab qoldi. Bolamni u yoqqa yuborolmayman. Hohglasangiz ora- sira kelib, uni ko'rib ketishingiz mumkin, - dedi otasi. Shundan keyin qishloqqa kelib qizimni ko'rib keta boshladim. Qizimni to'yib-to'yib hidlab ketadigan bo'ldim. Hech otalik hissimni bahsh eta olmagan, hech otalik qilolmagan bolam meni kechirishi uchun qo'limdan kelgan ishni qilardim. - Mendan nima istaysan, so'ra bolam, - dedim. U qo'llarini yozib: - Mana buuuuncha qo'girchoq istayman, - dedi - ammo unutsangiz, sizni yahshi ko'rmayman. -Ho'p, qizim olib kelaman, faqat sen meni yahshi ko'rsang bo'ldi. Bir oydan keyin katta qo'g'irchoq olib qishloqqa keldim. Unga qo'g'irchoqni bera qolsam, derdim. Qaynonamning uyiga yugurdim. - Shuhado-o-o-o!!! Tashqariga qaynonam chiqdi. - O'g'lim, baqirmang. Shuhado uhlayapti. - Mayli, -dedim. - Bolamning boshida uyg'onishini kutaman. To umrimning ohirigacha kutaman... TAQDIR GUNOHGA YETAKLAMAYDI Xotinimning qo'liga "Maktub"jurnali tushgach ko'p narsa o'zgardi. U jurnalning har bir sonini topar va mendan yashirib o'qirdi. Yillar o'tib, uyimda ajoyib kitoblar paydo bo'la boshladi:Huzur So'qog'iy, Sh'ula Yuksal Shanlar, Minyali Abdulloh Hakimo'g'li Ismoil, Surgun O'rgatman, Burasi Jazouyi, Amina Shaliko'g'li va boshqalar. Men yuzlab odamlarni qamoqqa yuborganman. Kitoblarni otdim, uloqtirdim. Xotinimning yomon jahli chiqdi. O'rta maktabga ketdi, deb o'ylagan o'g'lim Imom Hatibligiga kiribdi. Alloh saqlasin... Rosmana jahlim chiqdi. Imim Hatib deyildimi hayolimga doim Erboqok kelardi. Hafratim qchon , nima uchun paydo bo'lgan o'zim ham bilmayman, ammo shu odamni yomon ko'rib qolganman. Xotinim esa aksincha Milliy Yoshlar Vaqfida ishlarmish... O'g'limning Imom Hatibligiga o'qishga ketganini eshtishim meni shunday parishon qildiki, uhlamaydigan bo'lib qoldim. O'g'lim bir oliyjanob bola edi. Bu oliyjanoblikni mendan olgan deb o'ylardim. Doimo o'g'limni hudojo'ylik ruhidan qanday qilib qutqarsam deb o'ylardim. Nihoyat boshimga bir fikr keldi, o'g'limga: - Tayyorlan, bir joyga boramiz, - dedim. Bolam hursand bo'lib hozirlandi. Onasi esa ikkilanardi. - Bolani qayoqqa olib borasiz? - deb so'radi. Unga baqirdim: - Har holda o'limga emas, bolani otasidan ayaysanmi? Uydan chiqdik. Xotinimning havotiri shundan ham bilinib turardiki, pastki qavatgacha ortimizdan tushdi, qayoqqa borishimizni bilishga harakat qilardi. Polis kiyimini yechib, fuqarolik kiyimini kiyib olganman. Moshinamga chiqqanimda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling