Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
jazoyim menga yetardi. Onamning asablari zaif edi. Yanada hafa bo'lib uzilib qolay 
dedilar. Lekin meni ko'rishlari bilan qattiq va kuchli chinqirdilar. Keyim meni 
ruhshunosga olib borishlarini aytdim. Bir marta bordik. Keyin dori is'temoli va onamining 
mehrlari tufayli tez tuzaldim. Endi uyimdagilar avvalgidek boshingni o'ra deyishmasdi, 
lekin o'zim mohiyatiga tushunib-tushunmay o'rana boshladim. Ochiqlikdan hali 
nafratlanmasamda, ko'nglim to'lmasdi. Bir yarim yildan keyin bir tanishimga turmushga 
chiqdim, bolalarimiz bor, lekin uning uyidagilar boy bo'lishiga qaramay, bizni uydan 
haydab chiqarishdi. Ishsizlik, uysizlik kabi turli iztiroblar va mashaqqatlar chekdik. Bir- 
birimiz bilan janjallashdik. Jaholat bo'ronlari hech yerda susaymasdi. Ishsizlik oqibati 
haddidan oshdi. Shu ketishda boshim og'rib, o'zimni yo'qotaman, deb qo'rqdim. Chunki 
meni tushunadigan, tinglaydigan kishi yo'q edi... .
Bir o'lchov, mezon yo'q edi... Erim oilalik bo'lishiga qarmay qizlarga gap otishni 
qo'ymasdi. Endi esa Ovro'pada... u yerda ayollarga qaramayman, deb, va'da bergan, 
lekin shayton ig'vo qilib qo'ymas, menga tinchlik bermasdi. Bu orada zerikib siqildim. 
"Yusuf va Zulayho"ning ishqiy hikoyasini o'qiy dedim. Qur'onda borligini bilmas, ishqiy 
roman sifatida o'qimoqchi edim. Bu orada namozlarimni sekin asta ko'paytirib, 
mukammallashtirdim. Qur'on o'qishni boshlang'ich maktabdayo'q o'rgangan edim. 
Ammo'oqimasdim. Ko'pchiligimiz shunaqamiz, Qur'on o'qishni bilamiz, lekin Islomni 
bilmaymiz, bilolmayapmiz. Bunda kim aybdor-u, kim aybsiz, bilolmadim... Hullas gapni 
qisqa qilsam, "Yusuf va Zulayho" qissasi, ham ishq, ham hayot, ham ibrat ekan. Bamisli 
yashayotgan hayotimizni oz'i edi. O'sha oyatlarni yodlagan inson hayotga tadbiq etsa, 
hayot maktabida bilimdon, turmushda esa tadbirlik bo'lardi. Bir do'stim menga:"Bizga 
buni qanday ravo ko'rdingiz", deb nomlangan roman berdi. Bir kunda o'qib chiqdim. 
Shundan keyin azonlar, namozlar va kitoblar o'zgacha, yanada go'zlaroq ko'rina 
boshladi. Javonlar kitoblarga to'lib tursada, ularni o'qimas edim, endi esa ularni yutib 
yuborgudekman. Erimga "Hazrati Yusufni" yubordim. Ammo u menchalik ta'sirlanmabdi. 
Hamma bir narsadan bir hil ta'sirlansa nima qilardi bu olamda? Uning dardi boy 
yashamoq. Endi men o'qiganlarimdan olgan narsalarimni erimga maktub orqali 
bildirardim. U esa, hatda faqat hol ahvol so'raladi, derdi. Bu orada Ismoni birdan 
o'rganib, uni hech kimga anglata olmasdim. Buning ustiga erimdan uzoqdaligimdan 
siqilib bosh og'rig'iga yo'liqdim... . Lekin endi ko'p o'ylamasdim. Islomni o'rganib, uni 
boshqalarga anglatishni boshlab yuborgandim. Ikki yarim yilki juftim Ovro'padan hamon 
kelmaydi. Turkiyaga borsam yana ishsiz qolaman, deb qo'rqar. Hotin, farzand qayg'usi 
pul oldida kichik narsa bo'lib tuyulardi unga.
Rizq beruvchi, teng va keng qiluvchi Allohdir. Faqat musulmonlar rizq eishigini 
boshqalarga topshirib qo'yishgan... Uzoqdagi erimning ahvolini bilmasdim, lekin unga 
Islomni maktub orqali anglatmoqni boshladim. Lekin qarshilikka uchradim. Bundan keyin 
erim bilan bu borada ko'p mashg'ul bo'lmaslikka to'g'ri kelmoqda edi. Kommunistlarga, 
barcha botil yo'ldagilarga hayqirgim, baqirgim kelardi. "Siz ne qilsangiz qiling, yo'ldasiz, 
Islomga bog'lanmasdan biror foyda ko'rsangiz-da, uni albatta yo'qotajaksiz! Oldinda 
so'ngsiz olam bor. Biroz oldinni ko'ring, ilg'or bo'ling! Bilmasangiz dard chekkaysiz" 
degim kelardi. Shuning uchun yozmoq istayman. Shahsan ko'rgan kechirganlarimni, 
musulmon ayol uy hibsida, oshhona mushugi, johil deb o'rgatganlarga yolg'on deb 
hayqirgim keladi. Fikrimda o'zgarishlar, evrilishlar bo'ldi, lekin musulmoncha...
Hayotimda esa vijdon azobining tazyiqlari tark qilmaypti. Uydan qanday qochdim? 
Onamga, otamga, uyimdagilarga qanday qilib shunday ko'rguliklarni soldim? Johil 
tuyg'ular oldida ularni parishon etdim. Va men, eng yomoni ko'p yillar davomida 
musulmonlarga nafrat bilan qaradim. Onamning meni ko'rgandagi chinqirig'ini hali hanuz 
unutolmayman. Vijdon azobida qoldim. Buni Jurnaligizda yoriting, yoshlar, yosh qizlar 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling