Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
Fotima yoshli ko'zalri bilan otasiga qaradi. Keyin askarga yig'lamsiragancha: 
- Askar aka, bu mening otam, bolalar otalarini quchmaydilarmi? Men otamni juda-
juda sog'indim. Men doim uni eslab yig'layman. Siz nega hafa bo'lasiz, sizning otangiz 
yo'qmi?
Askarlar bolaning bu gapidan qotib qoldilar. Ikkinchi askar: 
- Qo'y bolani otasiga borsin. Bu mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Agar hizmat 
bahosiga teng bo'lsa ham. Qo'y, otasiga borsin, - dedi. Fotima o'qdek borib otasini 
quchog'iga o'zini otdi. Horun barcha dardlarga shifo bo'ladigandek qizini mahkam 
bag'riga bosdi. Lekin bir qo'l Horunning yelkasidan tutdi. Bu kichik zobitning qo'li edi...
- Qani bo'ldi, bugunga yetadi... Bu kunlarni jinoyat qilmasdan o'ylash kerak edi, - 
dedi.
Horun zo'rg'a o'rnidan turdi.
-O'zingizni tuting. Oyoqda tik turing. Musulmonga bunchalar bo'shashmoq 
yarashmaydi, Horun, - dedi Bushro. Bushro jandarmalarga ahamiayt bermasdi. Horun 
biroz havotirlanib javob berdi.
- Bu ahvolim yuragimdan, Bushro. Buning ustiga arzimagan narsadan aybdor bo'lib 
bu yerda turishim azob beradi... demak, men zaifman, yoki juda tez zaiflashdim. Bushro 
yuragim sog' bo'lsa edi. Eshik zanjiridan tortib, go'yo shu askar kiyimigacha menga azob 
bo'lsin demoq uchun tayyorlangandek. Hammasi tugamoqda... uyga birga ketamiz... shu 
so'nggi sudim, Inshaalloh.
Mahkama huzuriga chiqdilar. Horun titrar, sud'yaning so'zini kutardi. Sud'ya oldidagi 
hujjatlarni titkilar, mahkumning yuziga esa boqmasdi. Prokuror bir nimalar bilan 
mashg'ul. Mahkama bo'lmasida uch-to'rt kishi. Horunning ichi achishib ezildi. :"Demak 
meni sevadiganlar, meni o'ylaydiganlar faqat shugina, holos", - deb ko'nglidan o'tkazdi. 
Sud'ya hujjatlarni ochib sud qila boshladi. Prokuror da'vonomani o'qidi... . uning har bir 
so'zi Horunga bombadek o'ldiruvchi bo'lib tuyuldi. Hatto u nomini bilmagan jinoyatlar 
uning bo'yniga qo'yilardi... . Sud'ya qovog'ini uyib baqirardi:"Qani, qani, biz o'sha 
ma'lumotlardan to'yganmiz". Yo'lg'on gapirmoqda deb Horunni tinglamasdi. Horun o'ylay 
boshladi. Sud'ya adolat bilan hukm qiluvchi degani-ku? Ammo bu qanday adolat? 
Qo'limdagi hujjatga ham qaramaydi.
Birdan yuragi siqib ushlab qoldi. Horunning yuz tomirlari bo'rtib ko'rina boshladi. 
Sud'ya esa:"Turlanma!" dedi. Horun birdan yerga quladi. Bushro jon dili bilan unga 
achinib tikilardi. Sud'ya esa hanuz baqirardi:"Tur o'rningdan, bu yerda hushidan ketib 
qoladiganlarni ko'p ko'rganmiz", dedi. Jandarma Horunning yurak urishini 
tekshirdi:"Horunbey, ko'zingizni oching. . oching". Jandarma bir nech daqiqadan keyin 
sud'yaga, jahl bilan:"Sud'ya janoblari! Horun o'zini o'lganga solib, o'ldi, ha, o'ldi" 
Haqiqatan Horun o'lgan edi...
Bir necha soatdan keyin janoza mashinasida Bushro erining jasadini olib ketardi. 
Tinimsiz yig'layotgan Bushro unga qarab tinmay so'zlardi: 
- Bu mahkama so'nggisi, uyga birga ketamiz, degan edingiz, Horunim! Haqiqatda 
aytganingiz bo'ldi...
QIMOR 
Assalamu alaykum! 
Bugungacha bir qancha musulmon birodarlarimizga qo'l cho'zib, suyab, vijdon 
azoblaridan ozmi ko'pmi forig' bo'lishlariga ko'maklashdingiz. Mening ham ichimni 
kemirayotgan vijdon azobim bor. Iltimos qilaman meni hech bo'lmasa bir sira tinglab 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling