Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAVBA KOZYOSHLARI
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 ko'ring va ibrat oling. Odam bolasining boshiga balolar yog'diradigan illatlardan biri hech shubhasiz, qimordir. U qancha oilalarni buzib nobud qilgan. Ammo men yo'liqqan narsa - ta'riflab bo'lmas vijdon azobidir. Suygan kasbim, oilam bor edi. Bir farzandimiz - oilamizning, ko'nglimizning chirog'i, quyoshi edi. Do'stlarim tufayli qimorga berilishim meni yo'ldan ozdirdi. Shunday kunlarda yolg'iz farzandimiz hastalanib qoldi. Uni hakimga olib bordik. U dori darmon buyurdi, albatta buning uchun pul kerak edi... Ishhonam bolamni davolatishim uchun pul berdi. Lekin la'nati shayton bu pulni ko'paytirishni vasvasa qilib, qimor o'yna, dedi. O'ynadim. Yutqazdim. O'g'limning tuzalisdhiga atalgan puldan ajraldim. Va o'zimni aybdor his qilmadim. Uydagilarga indamadim, chalg'itdim. Ishdan qaytib ko'rgan manzaram meni ado qildi. Bolam - yolg'iz farzandim o'lgandi. U bilan izma-iz o'lmoq istasam-da, buni ham eplolmadim. O'shandan beri bu vijdon azobining qiqnoqlriga tasalli topolmadim. Shunday tasalli bormi o'zi? Hudo haqqi ayting!Mana, qimor. Uyimiznigina emas, ruhimni, insonligimni, hamma narsamni vayron qildi, hor-zor qildi. Lutfan buni o'qing, yoshlarimizga o'qiting, o'zingiz yosh bo'lsangiz, tengdoshingizga ham o'qib bering. Vijdon azobi - bu dardlarning eng achchig'i va yondiruvchisidir! X. K. Istanbul. TAVBA KO'ZYOSHLARI Oradan shuncha yillar o'tishiga qaramay, qlabimning tubida qolgan eski yara esga tushadi... . Muallim bo'lib ishga sho'ng'igan ilk yillarim oila qurdim. Qishloqning eng go'zali Asmoga uylandim, o'zimni saodatli hayot ichida ko'rdim. Bu orada ikki farzanlik bo'ldik. O'g'lim Umar 7 yoshga chiqdi. Qishloqdagi sokin, huzurli hayotimizga. shaharga ishga tayinlanishim rahna soldi. Yangi muhit, yangi do'stlar, kasbdoshlar va hokazo. Avval erkak ayol aralashib o'tirishlar, keyinroq esa ichkilik balosi... Yillar menga hizmat qilishda kamchilikka yo'l qo'ymagan vafodor, jafokash jufti halolimning har bir harakati qusurli bo'lib ko'rinardi. Bo'lmasam, men ham musulmon edim, juma, bayram namozlaridan qolmas edim. Borgan sayin yo'qolayotgan o'zligim, zaiflashayotgan irodam tufayli juma namozlarini ham tark qila boshladim. Ulfatlar hafa bo'lmasin deya ichar, zaqqum esa o'z kuchini ko'rsatar, achinish bilan tabassum qilib qaragan Asmoni hech aybi bo'lmasa ham haqorat qilardim, urardim. Koshki shu qo'llarim sinsaydi... Qilgan zulmim, urgan tayog'imga javoban ko'zlaridan achchiq yoshlar sirqib chiqardi. Ertalab pushaymon bo'lar, yana bir ozdan keyin hammasini unutar edim. Do'st niqobidagi dushmanlarim zaif irodamdan foydalanishardi. To'ng'ich o'g'lim Umar 10yoshga to'ldi. Yillar davomida aqlu hushimni yog'ish o'rniga tobora yo'qotardim. Bolalarimni qon qusdirib, yedirgan ichirganlarimni ham burnidan chiqarardim. Allohga itoatli ayolim yoqmas, uning ro'moli, kamsuli, paltosi uchun jahl qilardim. Nega? Boshqa muallimalar kabi pardoz- andozli, bo'yanmagandi-da... Shayton qutqusiga uchib uni hafa qilardim. Uni ham o'zimga o'hshatmoqchiydim, lekin u Allohdan qolmasdi. Buning ustiga bolalarimni mo'min qilib tarbiyalashni o'zining ulug' burchi deb bilardi. Hayron qolarli emasmi? Ahir, mening nomim muallim bo'lsa, davlatning alohida ta'lim tarbiya ko'rgan odamlarimiz. Menga omonat qilib topshirilgan o'quvchilarni, bolalarimni tarbiya qilmoqchiman. O'zimni ahvolimni ko'ring! Bosh og'rig'i bahonasida darslarga ham bormay qo'ydim, mudir bilan esa til topishdik. Oyni ohirida maoshimni olgani borardim... Zamonaning menga o'hshagan johil muallimlari qancha o'quvchilarga yomon o'rnak ko'rsatarkin, bilmadim. Chekkan vijdon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling