Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Endi yillar o'tib Oishani achinish ila eslardim. Men olchoq ko'ppak, u esa pokiza
mas'um, yosh ayol edi. Turdim, jahl bilan kamzulimni ahtardim. Topib qo'limga olib, 
shoshib Tupqoyaga jo'nadim... .
Oishalarning qishlog'iga boradigan avtobusga chiqdim. Oishadan uzr so'ramoqchi 
edim. Turmushga chiqmagan bo'lsa olib qaytmoqchi edim. Istasa oyoqlariga yiqilaman. 
Yo turmushga chiqb ketdimikin? Nahotki? Turmushga chiqsa haqqi! Ne deya olardim. 
"Pushaymonlar chekkaningda vaqt allaqachon o'tgan bo'ladi", - degandi. Nahotki, 
kechikdim? Qishloqqa kirib kelganimda yuragim chiqib ketgidek urardi. Birozdan keyin 
Oishani ko'raman. Meni ko'rib sevinarmikin, nafratlanarmikin. Kim bilsin. Shunday o'ylar 
bilan qishloq bulog'iga yaqinlashganimda, Oishaga o'hshagan bir ayolga ko'zim tushdi. 
Unga qarab chopdim, lekin u Oisha emas ekan. Hamma menga qaradi, uyaldim. Nega 
uayldim. Bundan battar ishlarni qilib uyalmagan odam endi nimadan uyalardim? Ayollar 
shoshib so'rashdi.
- Kimni izlayapsiz?
-Oishani... - dedim.
-U buloqqa kelmaydi...
-Nega?
-U o'lgan...
Ishonolmadim. O'lmasligi kerak edi. Nega o'ladi? Men undan kechirim so'rashim 
lozim edi. Turgan joyimda cho'kib, o'tirib qoldim. Bir payt yelkamda bir qo'lni sezdim.
- Siz qaydan bilardingiz, rahmatlini?
- Hotinim edi... - deyoldim holos. U qo'lini tortib oldi.
-Sening kitobingda hotin shu qadar haqsizmidi?
Ketdi. O'n besh, yigirma qadam yurib ovoz berdi.
- Ey, g'o'r nusha! Qara ro'parada o'ynab yurgan anavi qizcha rahmatlining qizi - 
Shuhado. Otasi senmisan, yo'qmi bilmayman. Asl otasi bu qizaloqqa ega chiqmagan 
deyishadi.
Bu dunyoda bunday mashaqqat - achchiq hijolat, sharmandalik bormi?
Sekin turib qizimga qarab yurdim. Ko'zlarimdan birinchi bor yoshlar oqdi. Unga qarab 
yurarkanman, o'ng tomondagi qabristonga ko'zim tushdi... .
Bir qabr toshiga:"Oisha Zilo'g'li", - deb yozilgandi. Yaqinlashdim. Umrim bo'yi 
anglayolmagan bir achinish bilan qabr toshidagi yozuvlarni o'qidim: 
Yosh chog'i zulmat bo'ldi,
Oqibat g'amga to'ldi,
Kun ko'rmasdan u so'ldi,
Oisha bir duo istar.
Yolg'iz qo'limga suyanib, tosh ustiga bosh qo'ydim. Yig'ladim, yig'ladim... . .
Kamzulimdan tutgan bola qo'lini payqab qaradim - Shuhado.
- Amaki! Onamning mozorida nima qilyapsiz?
Uni quchib yig'ladim. O'pdim. U savollarini davom ettirdi.
- Nega yig'laysiz, amaki?
Ho'ngrab yig'larkanman, javob berolmasdim. Zo'rg'a o'zimni tutib so'radim.
- Bolam, kimligimni bilasanmi?
- Ha. Amaki...
- Otang qayda?
- Otam yo'q.
- Otang menman. Qizim hech surishtirmasdan bo'ynimdan quchdi.
- Unda sizni o'pay. O'pdi. Erkaladi. Keyin: 
- Ota! - dedi. Nega bizzi uyda emassiz?


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling