Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


KO'NGIL KO'ZI KO'R BO'LMASIN


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

KO'NGIL KO'ZI KO'R BO'LMASIN 
"O'g'lim... Bolam, jonim fido, onang qurbon bo'lsin seni Yaratganga!"-deya o'stirdim 
Murodimni. Bolaginamning ko'zlari ko'r, lekin juda aqlli. Besh yoshga to'lganda so'rab 
qolsa bo'ladimi: 
- Ona, mening ko'zlarim nega ko'r?
Jigarimning bir parchasi uzilgandek bo'ldi. Nima ham deya olardim. U esa so'rashda 
davom etardi.
- Ona ko'rmoq nima? Ko'rsa nima bo'ladi?
- Dunyoni ko'rasan, o'g'lim, quyoshni, oyni, kecha-kunduzni...
- Oy, quyosh, kecha kunduz nima, ona? Yonadimi ular? Qanaqa narsa o'zi?
- O'g'lim, oy, quyosh ko'k yuzida bo'ladi.
- Ko'k yuzi nima, ona? U qanday narsa?
Javob berolmasdim. Javob berolmasligimni tushungan bolam: 
- Javobingiz yo'qmi, ona? Albatta javob bo'lishi kerak, to'g'rimi, ona?
Ona-bola shunday suhbatdosh do'st edik. Lekin ba'zan injiqlik qilardi:"Opam, 
akalarim ko'rishadi-yu, lekin men nega ko'rmayman? "- deya turib olqrdi. Qancha 
tushuntirmay kor qilmasdi. Men ham unga bot-bot: 
- Bolam, muhimi ko'ngil ko'zidir. Allohga shukrki, nuqsoning faqat ko'zingda. Qo'l 
oyoqlaring yo'q bo'lsa nima bo'lardi?
Albatta, biroz tasalli topardi. Ammo zinalardan chiqib tushishda yiqilib tushsa bor 
ovozicha baqirardi.
- Murodim, bolam, meni hafa qilmasang-chi, - derdim. Mening unga aytganlarimni
anglatganlarimni odamlar bilishsa, ular ham to'htovsiz bolalariga bog'lanib, ular bilan 
tinmasdan mashg'ul bo'lisharmidi.
UCH YILDAN SO'NG 
Murodim biroz tartibga kirdi. Endi u sakkiz yosh. Mana, tashqarida o'ynayapti. Opasi 
bilan Zaynab bor yonida. Yo, Rabbiy!Bolalar jo'r bo'lib, bolamga baqirishmoqda: 
- Ko'r Murod, ko'r, bizni tutolamydi...
Bolam turgan joyida qotib qoldi. Tezda tashqariga chiqdim.
- Bolalar, hech o'ylaysizmi? Qarang, Murod yig'layapti. Ota-onangiz sizga "ko'rga 
ko'r, cho'loqqa cho'loq" deyish gunohligini aytishmaganmi? Bunday qilmang, Murodni 
g'amga botirmang, hafa qilmang! 
Bolalar esa tinglamas, tushunmas edilar. Ularga ota-onasi tarbiya berganmidiki quloq 
solsa. Murod yig'lay - yig'lay uyga kirdi. Ovozini boricha baqirdi: 
- Meni ko'r deyishdi. Yashashni hohlamayman. o'lishni istayman...
- Bolam, ular tarbiyasiz bolalar. Ota-onalari tarbiya bergan bo'lsaydi, seni 
ayblasharmidi? Hafa bo'lam bolam. Uzrli insonlarni ayblaganlar o'zlarini kamsitganlar 
boladi, ular o'zlarini hor qilguvchilardir. Sen sabr qil, sen yahshi musulmon bo'l. Alloh 
senga jannatda shunday go'zla ko'z ato qilurki, ko'rganlarning ko'zlari qamashur.
- Ammo qachon bo'ladi u, ona?
- U dunyoda... bolam. .


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling