Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAYOTIMNI BARBOD QILGAN XATO
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 ketdim. O'zimga kelganimda, badbo'y hid taralar, ichkilik ichilgani bilinib turardi. Yugurib chiqdim. Endi nima qilaman? O'ylay boshladim. Kezinar ekanman, bir kutubhonada "Maktub" jurnaliga ko'zim tushdi. Oldim, o'qidim. "Vijdon azobi" rukni yoqdi. Yozishga qaror qildi va mana yozyapman. O'qiganlarimga qaraganda, ba'zilar, botqoqlikdan qutulib, Allohga qaytganini, huzurga, oydinlikka erishganini bildim. Men esa aksincha oydinlikdan botqoqlikka tushib yo'q bo'lib borardim. Endi nima bo'ladi? Uyimga qaytolmayman. Otam menday farzanddan voz kechadi. Onam shol bo'lib qolgandi. Oh, Amina! Qaydasan? Endi o'rningda fohisha Amina bormi? Oh, Usmon ota! So'zingizni tinglasam edi. Bu holga tushmasam edi. Oh, ota! Meni o'ldirsangiz edi, bu yoqlarga yubormasangiz edi. Avvalgi Aminangiz yo'q endi. Sevimli Aminangiz o'zgarganini ko'rsangiz edi. Islomiy o'rnak qiz edi. Endi zinokor, ovro'palashgan ayollarga o'rnak bo'luvchi Aminaman. Koshki ismim Amina bo'lmasa edi, unga dog' tushirmasam edi! HAYOTIMNI BARBOD QILGAN XATO O'zing asra, Allohim! Hayajondan yuragom to'htab qolguday... Shu ortada nafas rostlab, keyin borayin, bu holda uni ko'rsam bo'larim bo'ladi, deb o'yladim. Shunday hayajonda edim. O'sha kunlar qanday go'zal edi! Qishlog'imizning fe;l atvori eng go'zal qizga oshiq bo'lgandim. "Allohning amri bilan" deya uni otasidan so'ratdim. Otasi:"U esi yo'q Allohni bilarmidiki, Allohning amri bilan unga qiz so'rayapsiz. Ichkilikni nima qildi? - debdi. Birinchi borishimizdayoq bermasligini aytibdi. Men Alifni ololmasligimga ichkilik sabab bo'lishini bilganim kechasiyoq ichkilikni tashladim. Ikkinchi, uchunchi, beshinchi marta so'ratishimizga qaramasdan, Alifning imom otasi:"Allohga hiyonat qilgan qizimga ham hiyonat qiladi. Bunday aroqho'rga qizimni berolmayman", debdi. Chidolmasdan Alifga hat yozdim. "Sen Allohdan qo'rqmaysanmi Alif? Men sen uchun o'lib tamom bo'lyapman, hanuz ishonmaysanmi? "dedim. U esa hatni o'qib ortga qaytaribdi. Hat olib borgan elchiga:"Hafa bo'lmasin, qancha qancha sevishganlar bir birlariga yetishmasdan yashab ketishgan, u ham yashaydi. Turmush qurishimiz mumkin emas, endi bu ishdan umidini uzsin", debdi. Bu habar meni toqtimdan ayirdi. Hayolimga ilk kelgan narsa - o'zimni o'ldirish bo'ldi. Ammo darrov hushimni yig'dim. Men Alifga erishishim krak edi. Reja tuzdim, uni olib qochmoqchi bo'ldim. Darhol unga habar berdim. "Aslida o'sha telbani men ham sevaman, lekin turmush quriolmaymiz, otam buni hohlamaydi. Qochish rejasini esa o'lsam qabul qilmayman", debdi. U ham meni sevardi. Qochish fikrini tutib oldim. Bilardimki, imomning qizi ham meni sevadi. Unda ham ko'nsil bor, ahir. Men uchun yer yuzida faqat Alif bor edi. Kecha-kunduzim u edi... Bir kuni rejamni amalga oshirdim. Do'stimning mashinasida uch kishi bo'lib olib qochdik. Otasi da'vo qilmasaydi deb havotirda edim. Lekin otasi aqlli kishi ekan:"Shikoyat qilishning biror ma'nosi yo'q. Agar qizim hohlasa berganim bo'lsin", dedi. Hursandchiligim cheksiz edi. Darhol ham Islomiy, ham qonuniy nikohdan o'tdik. Hojao'g'li qishlog'iga darhol qaytdik. Endi Alifimga yetdim. Och va suvsiz qolishga ham rozi edim. U ham shod va mas'ud edi. U ham meni sevganini, lekin sezdirmaganini aytdi. "Sizga ishonolmasdim, sizda taqlid ko'rardim", - dedi. Juda bahtiyor edik, ammo faqirlik belimizni bukar edi. Uch farzandlik bo'ldik. Maktabga boradigan bo'lsalar pul topilmas, tiyin ham yo'q edi... . Alif juda fidoyi ayol edi... Jonim edi mening... U och qolardi-yu, menga bildirmasdi. G'ururimga tegib ketishdan qo'rqardi. Juda go'zal hulqli edi u. Farishtaday edi. Ba'zan bir kunlik ishga borar, men esa juda uyalardim. Unga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling