Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Ha, albatta barchamiz dardlimiz. Hammamiz nedandir hafa bo'lib, nedandir 
yig'laymiz. Kunlik hayajonlar, bahsu taloshlar, masalalar negadir huzur bahsh etmaydi. 
Ajabo, nimafdan hafa bo'lib, nimadan yig'laymiz? Ba'zi bo'y yetgan qizlar, o'tirib 
qolishidan qo'rqadi. Talaba o'qish ohirida sinov daftariga yomon baho tushib qolishidan. 
Uy bekasi juftiga turli yeguliklar qilolmagani, mehmonlarga katta dasturhon 
tuzatolmagani, taklif etilgan joyga yangi kiyimda borolmaganidan armonda. Ota-onasiga 
osiy qiz po'rim bo'lolmagani, uyidagilar tushunmayotganidan yo'lini yo'qotib ne qilishini 
bilmaganidan pinhon ko'z yosh to'kadi. Cho'loq va ko'r kishilar ham jamoatga 
qo'shilolmay hijolatlanib, dard chekadilar. Shirkat sohibi ishlar ilgarilishini, yana shunday 
bir shirkat tuzishni, ishchilar cho'ntagidan qanday urib qolishni o'ylab dardlidir. Bankda 
million puli borlar ham buni qanday qilib ko'paytirishni o'ylab dardlidirlar. Filmda ishtirok 
etgan aktyor rolining qanday chiqqanini o'ylab dardlidir. Eng kam ish haqi oluvchi ishchi 
kechqurun uyiga bo'sh qo'l bilan borolmasligini o'ylab dardli. Hullas, har kim o'zicha bir 
sabab tufayli dardli. To'g'ri tushuning va so'zimizga e'tibor berib, quloq soling. Biz 
dardsiz inson bo'ladi demoqchi emasmiz. Dardli bo'lgani holda tasalli topa oladigan, 
insonlar ham borligi haqiqat ekanligini aytmoqchimiz holos. Boshqa tomondan Islom 
yo'lini, malhamini taqdim etmoq istagimizni aytmoqchimiz. Inson o'zini Allohga butunlay 
topshirishi oson kechmaydi. Buning uchun vaqt va ilm kerak. Allohga qaytmoq 
jamiyatda yanglish aks ettirilmoqda. "Tonggacha uhlamaydi, ovqatlanmaydi, oh chekadi" 
kabi tushunchalar bor. Islomiy yashash - solih amal qilish, gunoh qilmaslik, gunoh qilsa 
tezda tavba qilish. Keyinroq tavba qilarman deb o'zini chalg'itmoq emas. Muhtaram 
birodarim! Shuni unutmaylikki, Allohga qaytmasdan aslo huzurga erishib bo'lmaydi. 
Dard inson uchundir, inson bir quvvatga tayanmasa huzurli bo'lolmaydi. Quvvat bo'lishi 
lozim. Allohga suyanmoq, Uni sevmoq naqadar go'zal tuyg'u. Bilaizmi, inson har doim bu 
tuyg'uni himoya qilolmasa ham vaqti vaqti bila shu tuyg'u ichiga kiradi. Ko'rinki, 
Allohdan qochganlar, Allohdan uzoqlashganlar bu tuyg'uni tanimaydilar ham. Bu - ne 
yoziq, ne achchiq qismat...
Sozning muhtasari maqbul deyishiadi. Qisqasi shulki, inson Allohga qaytmaguncha - 
ibodat qilmaguncha ruhiy farog'atga aslo erisholmaydi, aslo g'am-andu, qayg'u - 
g'ussalarda qutula olmaydi. Dardli birodarlarimizga shuni tavsiya qilish bilan 
hamdardmiz. Niyat - Alloh rizosidir. Bomdodga tur, tahorat qil, namozingni o'qi birodar! 
Keyin quyosh chiqqunicha tasbehda bo'l. Alloh senga bergan 24soatning bir soatini Unga 
bermoqdasan. Ko'pmi? Tilni ishlatmasdan, ovozsiz, butun vujuding bilan Alloh, Alloh, 
Alloh de... Har Alloh deganingda qalbing yumshayotganini his qilasan. Bu o'lchov INSON 
uchundir. Shuni aytishim kerakki, qalbingizdagi barcha butlarni, tog'utlarni, shirklarni 
uloqtirib, ko'nglingizni tiozlamasangiz, Islomni bir butun holda qabul qilmasangiz
istagancha tasbeh o'giring foydasizdir. Avvalo Islomning barcha amallarini qabul qilmoq 
shartdir. Besh vaqt namozni hech ham o'tkazib yubormang. Bu orada katta kichik 
gunohlarga yaqinlashmang. Bu vaqtni Allohni tanishga Islomni o'rganmoqqa sarf qil. 
Ba'zi bechoralardek, ziddiyatli, murakkab, qarama-qarshi ahvolga tushib qolma. Islomni 
bilim bilan atni. Dardingni Islomdan nafi tegadigan va senga va'z ayta oladigan 
kishilarga ayt. Islomning dardi bilan dardlanki, o'zingni dardlaring o'zingga dostron bo'lib 
kelsin. Agar Islomning duhsmanlarining qiliqlaridan hafa bo'ladigan bo'lsang, oyoq 
kiyimingni yo'qligi senga dard bo'lolmaydi. chunki aqling va dilingda boshqa dard bo'lur. 
Yana o'sha tavsiyamizni aytamiz. Allohga komil ishonmaguncha, Allohni sevmaguncha, 
Unga suyanmaguncha, Unga qaytmaguncha, ohiratda sevganlar bilan birga bo'lishga 
ishonmagincha bir so'z bilan aytganda DIYONAT bilan yashamaguncha iztiroblardan 
qutula olmaysan!!! 
Tamom...


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling