Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 Sizga manzur bo'ldi deb o'ylayman. POVILYONGA QANDAY TUSHIB QOLDIM! Bu muslima ayolning hayotini o'qindingiz. Sizga qanday ta'sir qildi. Balki olgan hulosalaringizni biz bilan o'rtoqlasharsiz. JOYNAMOZDA YIG'LAGAN QIZ Litseyning so'nggi sinfida o'qir, yotoqhonada turar edim. Tavhidni anglashdan va Islomdan uzoq, shaytoniy istakalr og'ushida, zavq shavq va ko'ngilhushliklar ichra kechayotgan hayotimning yoshlik davri edi. Ha, hanuz ISlom bilan tanishmagan va tanishtirilmagan edim. YAngi yil kechasiga bir necha kun qolgandi. Barcha tengdoshlar hayajon ichida. Biz ham dugonalarimiz bilan bozorga borib, o'sha kun uchun Alloh taoloning ming bir ne'matlarini oldik. Oqshom bo'lmasdan stollarni hozirladik:charos, pista, kurka, sharob, sharbat, mevalar va hokazo. Kiyinib, bezanib degandek... tayyorlandik. Ulakn bo'lma o'quvchi va muallimlar bilan to'ldi. Hamma bir-biriga hadyalar berar. bir qismi ovqatlanish, bir qismi raqs tushish bilan band edi. Bizlar bir- birimizga hadyalar berish va raqs tushishi uchun turdik. Bu orada men izn olib yotoqhonaga chiqdim. Honaga kirib hayratdan qotib qoldim. Shaytonga qullikni rad etib, Allohga qullik qilishga erishgan, opppoq liboslarga o'rangan hamhonam joynamoz ustida yig'lab duolar qilardi. Honada hech kim yo'q. Yaqinl;ashib nima uchun yig'layotganini so'radim. - Pastad hamma ko'ngilhushlik qilayotganida nima uchun sen yig'alb o'tiribsan? - Dugonajon, meni yig'latgan narsa shu, sizlarni holingiz emasmi? Biz nima qilyapmiz? Biz uchun bu kunning nima ahamiyati bor? G'arbga taqlid qilishdan boshqa narsa emasku bu, - deya javob berdi. Men o'shanda bu so'zlar ma'nosini o'ylamadim. Hamhonamni shu holda qoldirib, pastga tushib ketdim. Shaytoniy musiqalarga muvofiq, hayvonga o'hshab tepinib o'ynadik. Tonggacha shu holda "ko'ngilhushlik" qildik. Oshanda musulmon edim... . faqat endi musulmon ekanimni his etayotgan edim. Endi Allohga taslimiyatning shukriga erishgan dorulfunun talabsiman. O'shanda hayo va nomusdan yiroq edim. Yangi yil kechasiga tayyorlik qilganlarni, bozorda archa sotilayotganini ko'rishim bilan honada hamhonamni iztiroblar ichida yolg'iz qoldirib, joynamzoda yig'lab o'tirganidn kulib, birga yig'lamaganim uchun endi vijdon azobida qovrilib azob chekmoqdaman. Botil kechaga tayyorlanadigan yosh qizlarimizni o'ylashim bilan azobim yanada ko'payadi. Yana bir yangi yilo'tkazdik. Yana necha kishi yig'ladi ekan? Necha kishi yig'lash kerak bo'lgan holda kuldi ekan. Men kabi vijdon azobini tortmadan uyg'onishlarini Allohdan so'rayman. Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling