Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
o'yladim. Otamni ushlab tortdim. Otam turdi, tig'li narsalarni izladi, topolmagach meni 
urdi... Otam topgan maoshini ichkilikka sarflardi, orada onamga ham berardi. Bozorga 
borilmas, tuzukroq ovqat ham yemasdik.
Aroqxo'r odam hayvondan ham battar bo'larkan. Otamiz uyda yalang'och yurar, 
hojathonaga ham chiqmas, uyda, tog'oraga yozilardi. Tog'orani ham biz yoki onam olib 
kelardik. Hayvonga o'hshab bo'kirardi. Agar tog'orani kaltiravermasak, uyning duch 
kelgan joyiga katta-kichik yozilaverardi. Ha, bular ichkilikni hunarlari edi... Onam otamni 
o'ldirishidan bir kun avvalgi oqshom ham u mast edi. Onamni, meni Chingizni urdi. Daf 
bo'lishimizni, yo'qsa hammamizni o'ldirishini aytdi. Yillar tinglagan tahdidlarimiz edi bu. 
Ertalab maktabga ketdim, shomga yaqin soat beshlarda amakimning qahvahonasiga 
o'tdim. Amakim otamni ko'rsatib: 
- Eplay olmayapti, -dedi. Otam odatdagiday mast, choy quymoqchi bo'lar, lekin to'kib 
sochardi. Otamni uyga olib keldik. Ukam maktabda. Onam o'tinlarni maydalab teshani 
poygohda unutib qoldirgandi. Otam ichkariga kirishi bilan odatdagiday baqirdi. Otamni 
poyafzalini yechmoqchi bo'lgan onamni tepib yubordi. Va boltani olib onamga tashlandi. 
Onam qo'liga nogohon tushib qolgan tesha bilan otamni boshiga urdi. Onam kamzul 
kiyib eshikni qulflab chiqqanlarida maktabdan ukam kelgandi. Onam buni yo'lda ukamga 
aytmagani uchun u otam onamni urib qarindosh;larinikiga ketgan deb o'ylagan, albatta, 
keyinroq hammasidan habardor bo'lgandi. Onam vaziyatni tog'amning o'g'liga 
tushuntirgach, u: 
- Bor, taslim bo'l, -dedi. Onam qotil kabi mahkamaga bordi. Holbuki, onam qotil 
emas, 19 yillik azobga nuqta qo'ygan, o'zini himoya qilgan ayol edi. Agar onam otamni 
o'ldirmaganida u onamni o'ldirardi... Lekin voqeani halqqa yoygan gazetalar o'zi 
istagandayyolg'on yashiqni yozmoqdalar. Bu o'zini himoya qilgan odamga tuhmatdan 
boshqa narsa emas. Mana shu gazetalardan birini habari:" Mast erini o'ldirgan hotin - 
ikki bolaning onasi o'zini mirshabga topshirdi. Ichkilik va tayoq 19 yillik oilani buzdi, 
vayron qildi. Orqada otalariami onalarigami yig'lashni bilmgan ikki bola qoldi. Er hotin 
o'rtasida 19 yildan beri davom etib kelayotgan janjal o'tga kuni jinoyat bilan yakunlandi. 
Bolalar maktabdaligida erini eshikortida yashirinib kutgan Oisha Qushchi uni ichkari 
kirar-kirmas ilgaridan hozirlab qo'ygan tesha bilan boshiga urdi. " Meni ezayotgan 
erimning o'limi ema, bolalarimning ham onasiz, ham otasiz qolishgani" deydi". Fodiyi 
onajonimiz eng qiynalgan vaqtida ham bizlarni o'ylardi. O'n yillarki, o'sha azoblarga bizni 
deb chidab kelmadimi? Bizni ezyotgan narsa ham onamizdan ajralishimiz edi. Otamiz 
har kuni so'kar, telbalar kabi baqirardi. Onam tesha bilan urib, uni tinchitdi. Hech 
bo'lmaganda otamizning dunyoda chekayotgan azoblariga yakun yasagandi. Ba'zan 
onamga zulm qilgani esimga tushib ketsa, yahshiyam o'ldi, deb yuboraman. Qisqasi, 
o;ylab qarasam, otamning o'limiga sevinar ekanman. Otam o'z qarindoshlariga ham 
isnod keltirgan, ular biznikiga kelishmasdi. Onam qamalgunicha otam uchun namoz 
o'qidi. Dinsiz otamni janoza namozni o'qib, uni musulmonlardek ko'mdilar. Onam 
qamalgach sinovli kunlar boshlandi. Bir kuni u, bir kuni bu qarindoshimiznikida turamiz. 
Ovqat berib kuzatadilar, kuzatadilar emas, ketkazadilar. Keyinroq ba'zi musulmonlar 
bizlarga yordam berishdi. Hozir shu musulmonlar yonidamiz. Biz o'qib dinimiz uchun 
foydali inson bo'lishni niyat qilamiz. Eng ulug' tilagimiz:Onamiz biroz oldinroq bo'lsada 
ozod bo'lsa, to'yib to'yib bizni bag'riga bosishi, boshimizni silashini kutamiz. Dinimizni 
o'rganar ekanmiz, ismlarimizni o'zgartirdik. Men Abu Bakr, ukam Ali nomlarni oldik. 
Ammo dinni o'rganganimizdan keyin, otamizni ibodatsiz, balki iymonsiz o'lganiga 
qayg'urdik, g'ussalarga cho'mdik...


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling