Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

MENI KECHIR JIGARIM 
Uni sizga qanday tanishtirsam ekan. Qiziqib qoldingizmi? Hozir aytaman. Vijdon 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
azobimga hamdard bo'larsiz. O'zingizni men bilan birga his qilib, qayg'u daryosiga g'arq 
bo'larsiz... U meni jonim, jigarim, jon qarindoshim! Unga Islomdan so'z ochgudek 
bo'lsam hayajonlanar: 
- Mujohid bo'laman. O'qishni bitirara bitirmay chorshaf o'rayman, - deb ulug' 
orzulardan so'zlardi. Birgalikda Islom yo'lida harakat qilishdan so'zlashar, ahdlashar 
edik. Men uni tug'ishganim, jigarim dedim, chunki barcha musulmonlar bir - birlariga 
qarindoshdirlar. Kelajak haqida shunday go'zal ozularda yurganimizda birodarimni 
uyidagilar bu maktabdan olib, boshqa maktabga topshirdilar... Va oramizdagi 
munosabatlar zaiflasha boshladi. Uni maktabdan ketayotgan damdagiqiyofasini tasvirlay 
olarmikinman? Ko'zlari yoshga to'lgan... Yonoqlari ho'l... Yig'lab aytilgan shu so'zlar 
hanuz qulog'im ostida jaranglaydi: 
- Opajon, onamlar bilan gaplashing, ularni siz ishontira olasiz. O'zingizdan meni 
ajratishlariga yo'l qo'ymang... Menga yordam bering opajon!- degandi. Bechora singlim 
qanday jamiyatda yashayotganimizdan behabar edi. U ko'p narsalarni bilmasdi. Jamiyat 
birovga tamg'a urdimi, u jamoatdan uzoqlashtiriladi... Uning onasiga ham shunday 
yomon tamg'a bosilgandi. Shuning uchun unkiga bormoqchi bo'lanimda onam: 
- Ularnikiga borib, o'sha ayolbilan suhbatlashsang bergan sutimga rozi emasman, - 
dedilar. Bilmassan jigarim... hatto onagning sen bilan so'zlashishini istamaslar, ishon. 
Lekin men zinhor ular bilan hamfikr emasman. Bilardimki, sen aybsiz eding. Sen 
ishonchga to'liq eding. Sen islomiy yashamoqni istarding. Seni mendan boshqa 
tushunuvchi yo'q edi. Seni tushunishni istamaydiganlar ko'p edi, jigarim men ular ichida 
yolg'iz edim. Esning aybsizlgingni qancha aytsam ham meni tinglamadilar, ishonmadilar 
menga.
- Uning aybi yo'q, gunohiga qolasiz, - dedim. Yana nimalar bo'ldi... Baribir hech 
natija chiqmadi. Har qalay nima bo'lganda ham senga ishonchim mustahkam va adoqsiz 
edi. U hech qachon o'zgarmaydi, derdim. Shu ishonch shu fikrlar asosida ilgarilashingni 
umid qilib yashadim. Oradan kechgan bir yil ichda sen o'zligingdan ayirilmading. 
Yuragimni qarida eding, ishon, jigarim... O'zimning tug'ishganimdek eding, chunki 
ishonchimiz va e'tiqodimiz bir edi. Qandat qilib seni o'ylamay? Qanday qilib sendan 
ajralishni o'ylay? Sen Islom foydasi uchun shahs bo'lmoqchi eding. Doim sendan go'zal 
habarlar kutardim... Bu umidvor kutishim achchiq bir habar bilan qalbimni yaraladi. 
Eshitdimki, ovozi bo'g'ilgan dugonang o'rniga maktab xo'riga qo'shilibsan. Keyin esa 
restaran qo'shiqchisiga aylanibsan. Erkak do'stlairng seni bir -bir tabriklar ekan... Doim 
senga muhlis ekanliklarni izhor qilishar ekan... Vaholanki, sen mening bilishimcha 
bunday ishni o'lim hisoblarding. Aslo lapar aytmasding... Bu ishlarni Islomdan tashqari 
deb bilarding... Endi ularni unutib... o'zgarding. Ne qilay... ko'zyoshim, fig'onimni ichga 
yutishdan bo'lak ne kelardi?! Shunday qilmoqchiedingmi jigarim? Sen bilan shunday 
bo'lishni so'zlasharmidik? Bunday yomon habar eshitishni o'rniga, o'lim habarini 
eshitsam bo'lmasmidi? Islomdan tashqari chiqmaslikka so'z bergan eding-ku! Kufr 
botqoqlari ichra ochilgan Islom Guli bo'lmoqchi eding-ku. Botqoqlik ichra minglab 
qizlarning hidoyatiga sen vasila bo'lmoqchi eding. Islomni yetkazmoqchi eding. Nima 
qilib qo'yding? Ne qilding? Yuragimni qanchalar yoqding. Vijdonimni nechog'lik 
zirqiratding. Seni qanday qilib yo'qotdim? so'lishingga qanday qo'l siltadim, qanday ko'z 
yumdim? botqoqqa botishingga qanday rozi bo'ldim? o'ylaganim sayin ezilaman. Sening 
bu holga tushishingga men sababchi bo'ldim. Yordam soraganingda qo'limda hech narsa 
kelmadi. Ota - ona, atrof jamiyat deb, seni buzilgan jamiyat qo'liga yolg'iz tashlab 
qo'ydim. Kechir meni jigarim. Avf et, singlim. Senga yordam etolmaganim, sening 
uchuno'z burchimni bajarolmaganim uchun avf qil. Seni, sen kabi yuzlab yoshlarni 
botqoqqa botirganimiz uchun bizlarni avf et. Seni himoya qilolmaganim uchun 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling