Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
BIR OILANI BUZDIK 
Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq. Faruq Ahmad bilan o'ylab 
ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi 
mumkin. Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz 
buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik. Shod va bahtiyor 
edik. Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25, men 16, ukam15 yoshda edik. 
Akamiz ham o'qir ham ishlar edi. Onamiz bir kuni akamizga: 
- Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi? - dedilar.
- Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob 
ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi 
uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. 
Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga 
taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga: 
- Yangam bizni och qoldirdi, - derdik. Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, 
qoloq derdik. Bechora yangamiz: 
- Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida 
bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi. Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga 
qaragandek qarardik.
- Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing, - derdik. Aytmagan 
yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past, 
deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik. bilmaganlari 
uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga: 
- Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda, - deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz 
bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi. Faqatgina namoz bilan cheklaniz 
qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz... ... . Bir kuni: 
- Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar? - dedi bizga va yig'ladi. 
Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga: 
- Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi, - dedik. Akamiz uni yana urdi. 
Yangam yig'lab: 
- Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni 
uradigan inson bilan ortiq yasholmayman, - dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan 
keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan 
ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi. Biz ham ikki uch yildan keyin 
tavba qildik. Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan 
pastkashliklarimizni eslab ezilardik. Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik. " InshaAlloh
balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi. 
Oradan to'rt yil o'tgandi. Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim, men ham 
insonmanmi? " deb go'dakday yig'lardi. Bursaga bordik. Yangamiz Yildirimda turishardi. 
Mahallalarini topdk. Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga 
chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik. Akamizni yuzlariga qaray olmadik, 
hanuz qaray olmaymiz. Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. 
Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda. Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling