Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet19/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

2.2.Suv bug’i uchun “Ts” diagrammasi

Suv bug’i xosil bo’lishida issiqlik miqdorining sarflanishini xisoblashda “Ts” diagrammasi juda qulay, chunki bu koordinatalarda grafikdagi yuza issiqlik miqdorini ifodalaydi.


Diagrammada:
ak va ks - quyi va yuqori chegara chiziqlari;
a - izobara chizig’ining boshlanishi, 00 S (2730 K) T0;
av- suvni qaynash xaroratigacha izobarik isitish;
i - qaynashgacha isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori;
vs - izobarik qaynash jarayoni bo’lib, bir vaqtning o’zida izoterma bo’lib ham
xisoblanadi, chunki, qaynashning boshlanishidan tugaguncha suvning
xarorati o’zgarmaydi;
r - yuza ma’lum mashtabda suvning to’la bug’lanib tugashi uchun sarflanadigan
issiqlikni bildirib - bug’lanish issiqligi deyiladi;
quk-to’yingan (quruq) bug’dan o’ta qizigan bug’ xosil qilish uchun bug’ga berilgan
qo’shimcha issiqlik miqdori.





55-shakl


Uchchala miqdorlarning yig’indisi sovuq suvdan ishlatish uchun tayyor bo’lgan, o’ta qizigan (quruq) bug’ xosil qilishga sarflanadigan issiqlik miqdorini ifodalaydi.


q = i + r + quk
2.3. Suv bug’i uchun «is» diagrammasi



56-shakl.



Suv bug’ining issiqlik xisob - kitoblarida “Ts” diagrammasidan foydalanish ancha qulayliklarga olib keladi. Lekin, bu koordinatalarda issiqlik miqdorini aniqlash uchun egri chiziqlar bilan chegaralangan (qing’ir - qiyshiq) yuzalarni o’lchashga tug’ri keladi. Issiqlik xisoblarida bu biroz qiyinchilik va noaniqlik keltirib chiqaradi.
is koordinatalardagi suv bug’ining diagrammasida issiqlik miqdori (entalpiya) chiziq uzunligi bilan ifodalanganligi uchun xisoblashlarga qulaylik va aniqlik kiritadi.
56-shaklda “O”nuqtadan chiqayotgan izobara chiziqlari x=1 chizig’igacha (qaynab tugaguncha) izoterma bilan birga ketadi. YUqori chegara chizig’i (x=1) dan keyin izobara chizig’i yuqoriga tik ko’tariladi, izoterma chiziqlari esa pastroqqa qarab og’ib ko’tariladi.
SHaklda bug’ning quruqlik darajasi bir xil bo’lgan chiziqlar xam berilgan (x1=0,90: x2=0,8 va x.k.). 56-shaklda abtsissa va ordinata o’klarida MKGS birliklari sistemasida berilgan. Kerakli paytda SI sistemasiga o’tish uchun olingan qiymatlarni 1 kkal = 4,19 kJ ga ko’paytirsak yetarli bo’ladi.
Issiqlik mashinalarining xisoblarida yuqori bosim va quruqlik darajasi 0,5 dan yuqori bo’lganligi uchun, amaliy foydalanishga mo’ljallangan “is” diagrammalari noldan boshlanmaydi. Diagrammaning “K” nuqtadan chaprog’i va yuqorirog’i masshtablarda beriladi, ya’ni entalpiyaning va entropiyaning dan yuqori qismi ko’proq amaliy axamiyatga ega.
Diagrammadagi miqdorlar va suv bug’ining ko’rsatkichlari olimlar tomonidan (masalan, rus olimi M.P.Vukalovich) jadval xoliga ham keltirilgan bo’lib, darsliklarda ilova sifatida berilishi mumkin.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling