Mavzu: Mehnat va texnika turlari bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tashkiliy ishlar


Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy


Download 31.69 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi31.69 Kb.
#1276331
1   2   3   4
Bog'liq
16-seminar mashg\'uloti

Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy shakli. Har xil turdagi ijodiy birlashmalari, to`garaklar o`quvchilarning ma’lum qisminigina o`z ichiga oladi. Hamma o`quvchilarning ijodiy faoliyatdan bo`lgan ijobiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday shakldagi ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko`p o`quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar:
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o`tkazish. Ishchi kasbi mehnat mahorati bo`yicha tanlovlar o`tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va texnik konferentsiyalar o`tkazish. O`quvchilar texnik ijodkorligi ko`rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.
3.Ishning yo`nalishini tanlash, dastur va reja, to`garakni komplektlash va tashkiliy ishlash
Ishning yo`nalishini tanlash.
Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko`p ixtisosliklar mavjud. Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik ob’yektlar va moslamalar ishlatiladi. Shuning uchun texnika bo`yicha maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil qilishda o`quvchilarning o`z xohish moyilligiga va qiziqishiga qarab tanlash prinsipiga asosan sharoit tug`dirib berish zarur. Ayrim maktablarda bitta mehnat ta’limi o`qituvchisi o`quvchilarni texnikaning barcha yo`nalishlari bo`yicha qiziqishlarini qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo`lsa unda 2-3 ta mehnat ta’limi o`qituvchilari ishlasa unda o`quvchilarning texnik to`garaklar bo`yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. To`garak ishlarining yo`nalishlari maktab ma’muriyati ehtiyojidan kelib chiqib o`zi belgilaydi. Bunda maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish korxonasini xarakteri, pedagogik kadrlarning salohiyati, maktab moddiy texnik bazasi va uni rivojlantirish imkoniyatlari inobatga olishi zarur.
Agarda maktab miqyosida tashkil etayotgan to`garaklar o`quvchilarning ehtiyojiga mos kelmasa u holda tuman va shahar miqyosidagi to`garaklarda ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo`nalish bo`yicha ochilgan to`garak faoliyatida o`quvchilar umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshiradilar. Xususiy masalalarni hal etish uchun texnik to`garaklar maxsus dastur, me’yoriy hujjatlar bo`yicha to`garak tashkilotlari va rahbarlari o`quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni mazmuni, shakli va metodlarini ishlab chiqadilar.
Dastur va reja
Texnik to`garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. To`garak ishlari maktabdan tashqari mashg`ulotlarning dasturiga asosan mavzular har xil bo`lish mumkin. Ular shug`ullanishi yiliga qarab boshlang`ich, asosiy va yuqori darajadagi guruhlarga bo`linadi. To`garaklarni tashkil qilish jarayonida rahbar o`zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy - texnik bazasining imkoniyati va o`quvchilarning qiziqishiga qarab dasturga ma’lum o`zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama fikrlab tuzilmagan rejasi qo`yilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun to`garak ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo`limlar bo`lishini tavsiya etadi:
1. Umumiy qism; 2. Ta’lim-tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar; 4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo`jalik ishlari.
To`garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan tashqari o`quv muassasasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
To`garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o`tadi. To`garak rahbari to`garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy ko`nikma darajasi bo`lmaganligi uchun uning rejasini amalga oshirishda rahbarga qiyinchilik tug`diradi. Birinchi darsdan keyin o`quvchilar o`zlarini qiziqish va moyilligiga qarab texnik ob’yektlarni tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning a’zolarini fikr va mulohazalarini e’tiborga olish zarur. Har bir mashg`ulotga to`garak rahbarlari zarur bo`lgan asbob - uskuna, material va zaruriy adabiyotlarni tayyorlab qo`yadi.

Download 31.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling