Mavzu: O‘qituvchining pedagogik qobiliyati. Reja
Pedagogning shaxsiy qobiliyatlari
Download 260.51 Kb. Pdf ko'rish
|
oqituvchining pedagogik qobiliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limda didaktik, tashkilotchilik, bilish, anglash, konstruktiv, kommunokativ qobiliyatlar.
- Kasbiy qobiliyat
- «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi
- Pedagogik mahorat
Pedagogning shaxsiy qobiliyatlari. Interfaol uslublarni qo„llash ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchilarning hamkorligi g„oyasini amalga oshiradi, ularni konstruktiv harakatga o„rgatadi, ruhiy iqlimini sog„lomlashtirishga yordam beradi, ishonchli sharoit yaratadi. SHu munosabat bilan pedagog shaxsiga u yoki bu bilim doirasidagi tor mutaxassis sifatida emas, balki yuqori ma‟naviy sifatlar, ziyrak va tashabbuskor, sodda va moslashuvchan, hayotiy tajribaga ega shaxs sifatida kuchli e‟tibor qaratiladi. Pedagog shaxsining profeissional sifatlarini tuzilishida ruhshunoslar 4 ta etakchi blokni belgilaydi. Dunyoqarash, ishonch va ideallar, madaniyat darajasi, ya‟ni aynan talabalarga singdirish va ularda rivojlanishi zarur bo„lgan axloqiy xususiyatlar. Pedagogik faoliyatga ijobiy munosabat, shaxsning pedagogik yo„nalganligi, pedagogik moyilliklar boshqacha aytganda o„qituvchining pedagogik ishga o„zini baxshida etishga intilish va barqaror xohish bo„lishi. Profeissional pedagogik bilim va malaka ko„nikmalarni vosita, uslub va jihozlar jamlanmasi yordamida aqlli, yaxshi, abadiy etishga umid qildi. Pedagogik qobiliyatlar – ya‟ni ta‟lim vositalari, uslublari va instrumentlaridan ta‟lim maqsadi va auditoriyaga muvofiq holda samaraliroq foydalanish. SHunday qilib, o„qitishdagi muvafaqqiyat o„qituvchi shaxsining ilg„or dunyoqarashi, yuqori axloqiy sifatlari,yuksak bilim darajasi, professional malaka va ko„nikmalari, yuqori darajali ijtimoiy madaniyati va pedagogik yo„nalganligiga bog„liq. Biroq bularning o„zi o„qituvchiga etarli emas, aqliy doiraga kiruvchi shaxsning ayrim o„ziga xos ruhiy xususiyatlari ham emotsional iroda zarur bo„ladi. Bu xususiyatlar pedagogik faoliyat shaxsga
qo„yilgan talablarga javob bo„lgani uchun ham uning muvafaqqiyatiga ta‟sir ko„rsatadi. SHaxsning ko„pchilik pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va ushbu faoliyatini egallashdagi muvafaqqiyatini aniqlab beruvchi pedagogik qobiliyatdir. Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda 3 guruhga bo„lish mumkin: 1. O„qituvchi shaxsining shaxsiy, didaktik va tashkiliy – kommunikativ qobiliyatlari. SHaxsiy qobiliyatlarga: a) talabalarga moyillik, ya‟ni talabalar bilan ishlash, muloqot qilish xohishi va intilish, ular bilan muloqotdan chuqur rohat olish, yaxshi munosabatda va ziyrak bo„lishlik. SHu munosabat bilan A.M.Gorkiy A.S.Makarenko haqida “U bolalarga muhabbat alangasida yonardi ” –deydi. V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga yuragimni beraman” nomli kitob yozgan, kitobning nomini o„zidan gap nimada ekanligini bilish mumkin; b) sabr- toqat o„zini tutish – har doim‚ har qanday sharoitda, o„z his- tuyg„ularini, temperament, boshqarish, axloqi ustida nazoratni yo„qotmaslik; biroq bu o„z o„rnida jahl va xursandchilik talabalar axloqiga nisbatan e‟tirozni inkor etmaydi. Bundan tashqari, xotirjamlik va sabr – toqat, befarqlik va sovuqqonlikka aylanmasligi lozim. Bundan o„qituvchi topqirligi va vaziyatni boshqarishi katta ahamiyatga ega; v) o„z ruhiy holatini, kayfiyatini talabalar kayfiyati va ta‟lim muvafaqqiyatini boshqarishg qobiliyatiga bog„liq. O„qituvchini tetik, hayoidan xursand‚ lekin ortiqcha hayajonsiz ko„rish odatiy hol.
Ta’limda didaktik, tashkilotchilik, bilish, anglash, konstruktiv, kommunokativ qobiliyatlar. Didaktik qobiliyatlar quyidagilarda namoyon bo„ladi: a) tushuntirish qobiliyati‚ ya‟ni talabalarni ko„zi bilan ko„rishi va eshitishi, tushunarsiz atamalarni tushunarli, sodda va hammabop qila olishi; b) akademik qobiliyatlar, boshqacha aytganda predmet, fan sohasini bilishi, eruditsiyasi, dunyoqarashni keng bo„lishi o„z ustida ishlash natijasi sifatida qaraladi; v) nutq qobiliyatlari, o„z fikri va his tuyg„ularini nutq shaklida aniq va ravshan
namoyon qilish qobiliyati, nutqni muloqotning noverbal vositalar, ya‟ni mimika va pantomimika bilan birga qo„shib olib borishi. Bundan predmetni bilish, o„zi bayon qilayotgan so„zlarga ishonishi murakkab frazeologik iboralardan voz kechish‚ qo„llanayotgan atama va tushunchalarni izohlash, nutq sur‟ati va balandligi. Tashkiliy – kommunikativ qobiliyatlar quyidagi sifatlar bilan tavsiflanadi: A) tashkiliy qobiliyatlar, bunda faoliyatning 2 yo„nalishini belgilash zarur – birinchidan, ta‟lim oluvchilar jamoasini tashkil qilish, ikkinchidan‚ o„z ishini to„g„ri tashkillashtirish, rejalashtirish va o„z – o„zini nazorat qilish, o„quv jarayonining vaqt jihatdan chegaralanganligini ijobatga olgan holda‚ bilimlarni etkazish uchun o„qituvchidan maksimum kuch talab etiladi; B) kommunikativ qobiliyatlar – ta‟lim oluvchilar jamoa, alohida shaxs bilan ularni individual va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda‚ to„g„ri o„zaro munosabat o„rnatish; buni ikki chegaraning o„rtasida – sovuq begonalik va familyar munosabatlardan bilish lozim; S) pedagogik kuzatuv yoki a.s. Makarenko aytganidek‚ “YUzaga qarab o„qish qobiliyati ”, ya‟ni ta‟lim oluvchining ichki dunyosiga kira olish, ziyraklik, talaba shaxsini tushunish va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini anglash. Bularga‚ albatta, tashqi omillar, talabaning xulq-atvori hamda pedagogik tajriba ham ta‟sir ko„rsatadi; D) pedagogik taktika – ya‟ni talabalarga ta‟sir ko„rsatishning maqsadga muvofiq choralarni topish qobiliyati‚ ularning individual va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda‚ konkret vaziyatdan kelib chiqib‚ inson shaxsiyatiga tegmagan holda; E) suggestiv qobiliyat – talabalarga emotsional – irodaviy ta‟sir ko„rsatish qobiliyati, talab qo„yish va ularni bajarilishi, hech qanday bosim va zo„rlashsiz, shu bilan birga yumshoqlik va irodasizlik; F) pedagogik xayol, o„z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko„ra olish qobiliyati, ta‟lim oluvchilar shaxsini tarbiyaviy loyihalash, ta‟lim oluvchining u yoki bu sifatlarini rivojlantirish oldindan ko„rish qobiliyati; G) diqqatni taqsimlash, o„z diqqatini bir nechta ob‟ekt va faoliyatlar orasida taqsimlash, ya‟ni materialni bayon qilish, fikr rivojlanishini kuzatish, yuzaga kelgan savollarga o„z vaqtida javob berish, ta‟lim oluvchilar jamoasi xulq – atvorini nazorat qilish. Pedagogik texnologiya pedagoglarning professional ahamiyatli mahoratlari tizimini aniqlab beradi. Ta‟lim oluvchiga ta‟sir ko„rsatishni tashkil qilish bo„yicha pedagogik faoliyatni texnologikligini anglash uslublarini taklif etadi. Har bir pedagog ta‟lim oluvchiga ta‟sir ko„rsatishni ko„pgina parametrlarga ko„ra tuzadi. Emotsional – ruhiy holat, yoshga oid va madaniy rivojlanishning umumiy darajasi, munosabatlarnining shakllanganligi, ma‟naviy va intellektual rivojlanish va boshqalar. YAkunida tashqi namoyon asosida talaba shaxsi har bir birlamchi tasavvurda shakllanadi. Pedagogik ta‟sir Xarakterini ko„p jihatdan aniqlab beradi. Pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan pedagogika bilan prinsipial talablarni olimlar pedagogik ta‟sir uslubini qo„llashning umumiy qoidalarini belgilashdi: Talabalarga nisbatan talab va hurmatning uyg„unligi. Har qanday pedagogik ta‟sirning tayyorlanganligi. Ushbu ta‟sirni oxirigacha etkazish. Ta‟lim natijasi uchun mas‟uliyatni his qilish qobiliyati. Ushbu har bir nizomni olib chiqib, ta‟kidlash joizki, ularning hammasi ta‟lim oluvchilarning bilish faoliyati hamda predmet va natijasiga qiziqishni rivojlantirishiga yo„naltirilgan. SHuni unutmaslik joizki, ta‟lim muvafaqqiyati pedagog, uning yuqori professional mahorati, uning shaxsiy xususiyatlariga ko„p jihatdan bog„liq.
Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog„lik bo‟ladi. Odamning qobiliyatlari bilim va ko‟nikmalarni egallashda muxim xisoblanadi. Bu bilim va ko‟nikmalar egallandimi yoki yukmi - bularning xammasi, juda kup sharoitlarga boglikdir. Qobiliyat tarakkiy etmay, so‟lib ketishi ham mumkin. O‟quvchida xali zarur ko‟nikma va malakalar tizimi xamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‟qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravjida unda qobiliyatlar yo‟q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo‟ladi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‟nikmalarda ko‟rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‟ladi, ya‟ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‟lgan bilim va ko‟nikmalarni o‟zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon buladi. Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‟nikma xamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‟ladigan indiviudal - psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma‟lum sifatlari yig„indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oraliqida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo‟ladi. Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga iste‟dod deb ataladi. Iste‟dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste‟dod mahoratning dastlabki sharti bo‟lib, lekin mahoratning o‟zidan ancha uzoqdir. Moxir usta bo‟lmoq uchun juda ko‟p ishlash kerak, Iste‟dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy va zo‟r mehnatni taqazo qiladi. Iste‟dodli kishilar shubhasiz meqnat orqali olamga mashhur bo‟lgan mahorat darajasiga erishganlar.
«Ta‟lim to„g‟risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‟lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo„nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o„qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog‟liq. Zero, o„qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‟lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta‟minlovchi muhim omildir. Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo„lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog‟liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya‟ni faqat tarbiyasini emas, ma‟naviy qiyofasini ham yo„qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo„ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo„lganligining o„zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho„qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YuNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e‟lon qilindi. A.S.Makarenko bo„lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o„rganishi zarurligini ta‟kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi
1
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas‟uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo„lgan ilg‟or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o„quv yurtlarida o„qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish printsipining o„ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta‟sir eta olishni ta‟minlaydigan va turli fanlarga bog‟liq bo„lgan bilimlarni tanlab, ularni o„zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan
1 Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент, 2008. -181 б. 146-бет.
dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o„quvchiga ta‟sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san‟ati haqidagi ma‟lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o„rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo„naltirish, talabalarda (o„quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo„lgan faoliyatga moyillik uyg‟otishdir. Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo„ladi: - pedagog shaxsini insonparvarlik yo„nalishiga ega bo„lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo„nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo„naltirilganligi; - mutaxassislik fanlari, o„qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo„lish; - pedagogik qobiliyatga ega bo„lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish); - pedagogik texnikani egallash, ya‟ni o„z-o„zini boshqara olish, o„zaro ta‟sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash. Pedagogik mahorat o„z ichiga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi to„g‟risidagi, maktab haqidagi, ta‟lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o„qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o„z ishining chinakam ustasi bo„la olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o„tmaydi. Biroq, zamonaviy o„qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o„zi kifoya qilmaydi, maxsus bilimlar va malakalar - bolalarni kuzatish, ularning o„sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo„llari va usullarini aniqlash, turli o„zaro ta‟sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo„ladi. Pedagogik faoliyatning o„ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo„ladi. 1.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o„zining alohida xususiyatlari, ro„y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o„zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‟kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o„z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo„lgan ishtirokchisi hamdir. 2.
Pedagog doimo o„sib-o„zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 3. O„quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o„qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta‟sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o„zida jamiki ta‟sirlarga va o„quvchilarning o„zida paydo bo„lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi. Pedagogik maqsadning o„ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: 1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‟ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‟liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo„naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma- ketligi)ni ta‟minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o„tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro„yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‟liq. Bunda pedagogik maqsad o„quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o„z faoliyati maqsadini va unga erishish yo„llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o„quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta‟kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so„z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o„z-o„zidan kelaveradi» 2 .
Pedagogik (ta‟lim-tarbiya) jarayonda o„quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o„quvchi kelajagi tomon yo„naltirilgan bo„ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o„z faoliyatini mantiqan o„quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o„ziga xosligi o„qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: - jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to„la anglab, o„z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarini «o„sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; - muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi; - o„quvchilar qiziqishlarini e‟tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish; O„quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‟sir ko„rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o„zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. O„quvchilarni mehnat, muloqot, o„yin, o„qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o„zining individual pedagogik tizimiga ega bo„lishi kerak.
2 Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент, 2008. -181 б.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo ta‟lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o„z o„quvchilarini turli o„quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan birga o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o„qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta‟sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, o„quvchilar bilan muomalasiga ham ko„p jihatdan bog‟liq bo„ladi. Odatda bularning ta‟lim-tarbiya jarayoniga ta‟siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati o„quvchilarga qanday ta‟sir ko„rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni o„qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o„qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo„lishi bilan bog‟liq bo„lishini unutmaslik lozim. Shunday qilib, pedagog-muallim o„z mahoratiga quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin: 1. Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o„rganish. 2. Maxsus fanlar, ularni o„qitish metodikasini chuqur bilish. 3. Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o„tkazish. 4. O„z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo„lish. 5. O„z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o„qib borish. O„qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e‟tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tiborga loyiq e‟zozlab kelingan kasbdir. “…O„qituvchi, – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo„lishi va o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq ifodalay olishni bilmog‟i zarur.” U o„z fikrini davom ettirib: “O„qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o„xshaydi, shu sababli o„qituvchi eshitgan va ko„rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo„lishi, o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq ifodalab berishni bilmog‟i lozim. Shu bilan birga o„z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo„lmog‟i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo„ladi va baxt cho„qqisiga erishadi” 3 ,- deb ta‟kidlaydi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…O„qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo„y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo„lmog‟i lozim. O„qituvchi o„quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o„rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‟i lozim” 4 .
degan asarida shunday deydi: “…O„qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo„lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o„z fikrlarining to„g‟riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo„lishi lozim… O„qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo„pol yoki qattiq bo„lishi mumkin emas. Dars paytida o„qituvchining o„zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…” 5
odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o„qituvchilik yo„li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a‟zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar xalok bo„lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o„n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo„ladilar…”. Ulug‟ shoirimiz Alisher Navoiy ham o„qituvchi mehnatini xolisona baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo„lida kim senga bir harf o„rgatmish ranj ila” kabi satrlar bitgan.
3
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент: Халқ мероси, 1999. – 224 б. 4
Абу Али ибн Сино. Зийнат. Тошкент: Шарқ , 1992.
5 Ўрта Осиёда педагогик фикр тараққиётидан лавҳалар. (Тузувчи-муаллифлар: А.Зуннунов (раҳбар), М.Ҳайруллаев, Н.Хотамов, Д.Шодиев). Тошкент: Фан, 1997. – 352 б.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalarimiz yaratgan bir necha qimmatli asarlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo„lsada, o„z qimmatini yo„qotmagan. O„qituvchining o„rni va uning vazifalari o„sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish jarayonida o„qituvchining yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. Zamonaviy maktab o„qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O„qituvchi – sinfdagi o„quv jarayoni tashkilotchisidir. O„qituvchi o„quvchilar uchun dars payti, qo„shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari paytlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko„pchilik o„qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo„lib hisoblanadilar. Zamonaviy o„qituvchi ijtimoiy psixolog bo„lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o„quvchilar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni yo„lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarur. Ma‟lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo„yiladigan talablaridan eng muhimi o„qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‟liq xislatlarga qaratilgan. O„qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilar: -o„qituvchining o„z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o„z yurti, ona tili, o„z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g‟oyasida yashashidan iboratdir; -ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; -olijanobligi, aql-farosatli, ma‟naviy pok – ma‟naviyat va ma‟rifat bo„yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo„yicha bolalarga singdirib borishi; - o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari kuyidagichadir: - shaxsni ma‟naviy va ma‟rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‟onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‟oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o„z Vatani, tabiatga va oilasiga bo„lgan muhabbati; - keng bilim saviyasiga ega bo„lishi, turli bilimlardan xabardor bo„lishi; - yosh pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo„lishi; - o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam bilimga ega bo„lib, o„z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo„lishi; - ta‟lim va tarbiya metodikasini egallashi; - o„z ishiga ijodiy yondashishi; - bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi; - pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta‟limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo„lishi; - o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. Har bir o„qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo„lishiga intilishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. O„zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. Toshkent: O„zbekiston, 2005. 2. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. -176 b. 130-bet 3. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g‟risida”gi Qonuni. Toshkent: Sharq, 1997. 4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent: Sharq, 1997. 5. Abu Ali ibn Sino. Ziynat. Toshkent: Sharq , 1992. 6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Xalq merosi, 1999. – 224 b. 7. Ajdodlar o„giti. Hikmatlar, hikoyatlar, tamsillar. // To„plovchi B.Ahmedov. Toshkent: Cho„lpon, 1991. 8. Azarov Yu.I. Bolalarni sevish san‟ati. Toshkent: O„qituvchi, 1992. 9. Azizxo‟jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toskent, 2006. 10. Asqarova O„. Qoraboyeva Z. Pedagogik mahorat asoslari. Muammoli ma‟ruzalar matni. Namangan, 2005. 11. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‟limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2008. -181 b. 146-bet. 12. Nishonova S. Sharq Uyg‟onish davri pedagogik fikr tarixida barkamol inson tarbiyasi: Ped.fan.dokt. ... diss. Toshkent, 1998. – 288 b. 13. Ochil M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2000. 14. Saidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent, 2000. 15. O„rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. (Tuzuvchi- mualliflar: A.Zunnunov (rahbar), M.Hayrullayev, N.Xotamov, D.Shodiyev). Toshkent: Fan, 1997. – 352 b. 16. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. Toshkent: O„qituvchi, 1993. Download 260.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling