Mavzu: Sedana o’simligining o’stirish texnologiyasi va dorivorlik xususiyatlari. Ishning maqsadi


Download 241.86 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi241.86 Kb.
#185133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sedana

Foydali xususiyatlari: *Mikrob, virus va turli zamburugʻli (gribkovыye) viruslarga qarshi nobud qiluvchi taʼsirga ega. *Qondagi shakar miqdorini tushiradi. *Hazmni qulaylashtiradi. *Vujudni zaharlardan tozalaydi. *Yaralarni tuzalishiga va hujayralarni yangilanishiga yordam beradi. *Allergik kasalliklarga foydali. *Immunitet tizimini kuchaytiradi. *Gormonal tizim va ruh holini sogʻlomlashtiradi. *Bolalarda asab va teri kasalliklari, astma va allergiyada tavsiya etiladi.

Qoʻllash uslublari: Kasalliklarni oldini olish maqsadida ertalab va kechqurun och qoringa ovqat yeyishdan 15-20 daqiqa oldin 1 choy qoshigʻi yangi yanchilgan sedana yeyish kerak. 6 oy mobaynida isteʼmol qilish kerak. Qon bosimi balandligi uchun: Nahorda va kechqurun och qoringa ovqatdan 15-20 daqiqa avval 1 choy qoshigʻi sedana va qovrilmagan kunjut bilan birgalikda yanchilib yeyiladi. Muolaja 6 oy davom etishi kerak. Sedana choyi: Bir stakan qaynoq suvga 1 choy qoshigʻi yangi yanchilgan sedana solinadi, soʻngra usti yopilib 10 daqiqa tindiriladi. Soʻngra suzib olinib ichiladi. Bir kunda 2-3 stakan ichish mumkin. Astma va yoʻtalda: Koʻkrak qafasi sedana yogʻi bilan zaytun yogʻi aralashmasi bilan uqalanadi. ¼ miqdorini til ostida ushlanadi. Ich ketishi: 1 choy qoshiq sedana yogʻini bir piyola qatiq bilan aralashtiriladi. Bu aralashmani 3 kun mobaynida kuniga 2 marta isteʼmol qilanadi.

Ich ketishi: 1 choy qoshiq sedana yogʻini bir piyola qatiq bilan aralashtiriladi. Bu aralashmani 3 kun mobaynida kuniga 2 marta isteʼmol qilanadi. Bosh ogʻrigʻi: 1 osh qoshiq yanchilgan qora sedana,1 osh qoshiq yanchilgan anis,1 osh qoshiq yanchilgan qalampirmunchoq (gvozdika)Ovqatdan avval 1 choy qoshiqdan isteʼmol qilinadi. Qorishmani yutish uchun yengil boʻlgunga qadar ogʻizda ushlanadi. Suv bilan isteʼmol qilmang! Revmatizm: Biroz miqdorda zaytun bilan aralashtirilgan sedana yogʻi qizdiriladi, va ogʻriq bor joy bu aralashma bilan uqalanadi. Teri kasalliklarida1.5 choy qoshiq sedana yogʻi 1 osh qoshiq zaytun yogʻi bilan aralashtiriladi. Hosil boʻlgan aralashmani yuzga surib 1 soat terida qoldiriladi. Soʻngra yuvib tashlanadi. Bosh aylanishi: Sedanali choy ichish tavsiya etiladi. Shuningdek yuz osti va boʻyin orqasiga suriladi.

Quloq ogʻriganda: Quloq ogʻriqlarida va yuqumli kasalliklarda qora sedana yogʻi quloqqa tomiziladi. Rak kasalliklarida: Sedana yogʻini shikast yetgan joyga suriladi. Kuniga 3 marta 1 choy qoshiq sedana yogʻi va 1 stakan yangi chiqarilgan sabzi suvi (ichishdan avval chayqating) ichish kerak. Bu ichimlik 3 oy davomida ichiladi. Xotirani yaxshilash uchun: Yalpizni qaynatib olib va soʻngra uni asal va 7 tomchi sedana yogʻi bilan aralashtiriladi. Issiq holatda xohlagan paytingiz ichasiz. Shuningdek choy va kofe ichishni kamaytiring. Dangasalikka qarshi: 10 tomchi sedana yogʻini bir stakan apelsin soki bilan birgalikda isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Sedananing yanchilgan va asal bilan aralashtirilgan aralashmasi buyrak va oʻt pufagidagi toshlarni eritishda yordam beradi.

Allergiyada qora sedanani qo’llash tartibi:

1.Mavsumiy allergiyada davolashni o’simliklar changi tarqalishi mavsumi boshlanishidan bir necha hafta oldin boshlash tavsiya etiladi. Qabul qilish klassik sxemaga ko’ra olib boriladi. Yoz oylarida davolanishni davom ettirish kerak, qishda esa tanaffus olinadi.



2.Agar allergiya belgilari namoyon bo’lib bo’lgan bo’lsa, tezkor ta’sirga erishish uchun ingalyatsiya qilish tavsiya etiladi. Ingalatsiya uchun 1 osh qoshiq ezilgan qora sedana urug’lari ustidan 1 litr qaynoq suv quyiladi, aralashma 5-10 daqiqa tindiriladi va damlama bilan ingalyatsiya qilinadi.
Download 241.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling