Mavzu. Sotsial-psixologik trening haqida umumiy
«Trening» tushunchasi inglizcha «o’rgatish»
Download 152.99 Kb.
|
Sotsial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
«Trening» tushunchasi inglizcha «o’rgatish» «mashq» degan ma’noni anglatib – bu turli sotsial faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo’lib bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot sohasidagi bilimdonlik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi. Ya’ni u shaxsni sotsial muloqotga oldindan maqsadli tarzda tayyorlaydi. Masalan: bo’lajak mutaxassislarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usullariga o’rgatish va hokazolar.
Sotsial psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari ularda individual shakllanishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu sotsial psixologik vaziyatlarga qo’yiladi. Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi zarur trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ayrim tamoyillarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim. Sotsial psixologik treninga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:Birinchidan: Trening guruhi a’zolaridan sotsial faollik talab etiladi chunki guruh a’zolari vaziyatlarda o’zlaridagi va o’zgalardagi mavjud bilim va malakalardan foydalanib guruh a’zolarining harakatlari hamda vaziyatning talabiga ko’ra aniq xulq atvor shakllarini namoyon qilishlariga to’g’ri keladi. Ikkinchidan: Trening guruhi a’zolarida doimiy izlanuvchanlik, muayan joyda vaziyat hamda rollarni tahlil qilgan holda uning mohiyatini tushunish u yoki bu rolga kirishi lozim bo’ladi, chunki trening tafakkur va qarashlarning egiluvchan hamda vaziyatlarga mos bo’lishini taqozo etadi. Uchinchidan: Sotsial psixologik trening mashg’ulotlarida namoyon bo’ladigan xulq-atvor shakllarining ob’ektivlashuvi, ya’ni guruh a’zolarining munosabati va ularning talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi ayni shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlashi va boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur va nihoyat har bir mashg’ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda bir birlarini hurmat qilishlariga asoslanmog’i kerakki, natijada shaxs bunday mashg’ulotlardan keyin begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga «O’zga bo’lish» va birovlarni tinglashga mos tarzda o’z fikr mulohazalarini bayon etishga o’rganadi. Demak, sotsial psixologik treningning tub mohiyati – kishilarni o’zini va o’zgalarni bilish, tushunish, insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iborat. Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki shu guruh a’zolari bir biriga hissi yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak. Masalan: «Yumaloq stol» atrofida kishilarning to’planishi yuzma-yuz o’tirish va h.k. Guruh a’zolarining qanday shaklli stol atrofida o’tirishlari, yoki bir-birlariga nisbatan fazoviy joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning fazoviy tasavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat «Men-munozaradaman» deb ataladi. Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi shaxs holati «Men o’yindaman» deb atalsa yumshoq yuza (kreslo, gilam va divan) ustida xohlagan qulay holatda bo’lsa «Men-o’zimda» deb ataladi. Download 152.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling