Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

Kurs ishining maqsadi – Men o‘z kurs ishimda Xalqaro savdo, uning turlari va 
tartibga solish mexanizmi haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar 
bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni 
berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yaman.
Kurs ishining vazifasi: 
-xalqaro savdo nazariyalari haqidagi bilimlarni rivojlantirish. 
- xalqaro savdoning turlari va rivojlanish bosqichlarini bilish.
-O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘lish. 
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 
ilovalardan iborat bo‘lib , jami 27 sahifani tashkil etadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1 Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi. 
Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy 
ta’limot 17-asrdayoq yaratilgan. O‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan 
o‘zgarishlar jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va 
boshqa boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi 
feodalizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida 
tovarlar omili va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera 
oladigan yangi iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday 
nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI-XVII 
asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas 
Man (1571-1641) va Uilyam Staffordlar (1554-1612) hisoblanishadi. 
Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va harbiy 
koloniyalar sektoriga bo‘lishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli 
faoliyat ko‘rsatishida eng muhim guruh deb hisoblangan, mehnat esa ishlab 
chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan. Mamlakatning boyligi uning 
ixtiyorida bo‘lgan oltin va kumush bilan belgilanganligi sababli tashqi savdoda 
mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish 
lozim, deb hisoblashgan: 
• tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash-eksportning importdan katta bo‘lishi 
mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga 
o‘sishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va 
bandlikning oshishiga olib keladi; 
• eksportni oshirish va importni kamaytirish siyosatini yuritish-tariflar, kvotalar 
yordamida musbat savdo saldosini ta’minlash; 
• xomashyoning olib chiqilishini qattiq cheklash, mamlakatda mavjud bo‘lmagan 
xomashyo importidan boj undirmaslik, shu yo'l bilan mamlakat oltin zaxirasining 
ko‘payishi va tayyor mahsulotlarni past narxlarda eksport qilish imkonini 
yaratadi;
• mustamlakalarning metropoliyadan boshqa davlatlar bilan har qanday savdo 
aloqalarini ta’qiqlash va ularni xomashyo ta’minotchisiga aylantirish. 



Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush qo‘shdilar. 
Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rnini birinchi bo‘lib chuqur 
tahlil qildilar va uning rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar. 
Ular birinchi bo‘lib zamonaviy iqtisodiyotda to‘lov balansi, deb ataladigan 
tushunchani ta’rifladilar. Merkantilistlar g‘oyasining kamchiligi — bu ularni bir 
mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga 
oshadi deb hisoblashganidir. Bunday g‘oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida 
iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
«Erkin savdo»
1
nazariyasi. Merkantilistlarni keskin tanqid qilgan iqtisodchilardan 
biri Adam Smitdir (1723-1790). A. Smit mamlakatning boyligi u ega bo‘lgan oltin 
miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatib 
berdi. Shuning uchun har qanday davlatning bosh vazifasi mamlakat ega bo‘lgan 
oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida o‘ziga xos munosib 
o‘rin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A. Smit g‘oyalariga binoan ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer»
2
nomini oldi. 
A. Smit qarashlariga muvofiq: 
• davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va erkin savdo rejimiga rioya qilishi 
lozim; 
• mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab 
chiqarishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar 
afzallikka ega bo‘lgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak; 
• tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqali 
mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlaydi; 
• eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki 
bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi; 
• eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi va ichki narx- 
1
Erkin savdo -
Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002 
2
Lesse fer — fransuzcha «laissez-faire», ya’ni davlatning iqtisodiyotiga aralashmaslik va raqobat 
erkinligi. 



larning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor qilishi kerak. 
A. Smit iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib «mutlaq afzallik» tushunchasini 
kiritdi. Mutlaq afzallik -mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi pastroq 
bo‘lgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qilishadi, 
boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import 
qilishadi. Bu nazariyani tushuntirish uchun «ikki mamlakat-ikki xil tovar» 
modelidan foydalanamiz. Faraz qilaylik, ikkita mamlakat (Buyuk Britaniya va 
Ispaniya) o‘zaro savdo aloqalarini o‘rnatishmoqchi. Bu mamlakatlar faqat ikki xil 
tovar (mаto va vino) ishlab chiqarishadi. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun 
sarflanadigan mehnat resurslarining me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling