Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
q o c h a d ila r .
Ularning rivojlanishi sekin amalga oshadi. Le kin ular m aktab ta ’limining oddiy turlarini bajarishga o‘rgatib bo riladi. 5. T e lb a n a m o xulqli oligofreniyada bolada hissiy-irodaviy doi- ra keskin buziladi, shaxsga tegishli komponentlarning o‘ziga xos rivojlanmaganligi namoyon bo'ladi. Tez-tez bo'lib turadigan bosh og‘rig‘i, n e v r o z xarakterdagi buzilishlar aqliy faoliyat jarayonlariga o'zining salbiy ta ’sirini o'tkazadi. Bu toifadagi anatik-dinamik bu zilishlari bo'lgan oligofrenlarni ham kiritish mumkin. Xulqi psi xologik m azm un kasb etuvchi oligofrenlarda jinsiy intilishlarning buzilishi, d a y d ib yurishga moyillik, o'g'rilikka ruju qo‘yish holatlari kuzatiladi. Bunday nuqsonlar asosan meningoensefalit, meningit, bosh miyasi jarohat olgan oligofrenlarga xosdir. Aqli zaif bolalar psixik faoliyatida ham, umumiy holatida ham o'ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Umumiy xususiyatlar deganda barcha aqli zaif bolalarga tegishli, ularni bir toifaga birlashtiruvchi va maxsus VIII turdagi maktablar- ga yo'llovchi belgilarga aytiladi. Aqli zaif bolalarga og'zaki mantiqiy fikrlash b u z ilis h i, xotiraning, idrokning, ixtiyoriy diqqatning buzi lishlari xosdir. Mana shu umumiy psixologik xususiyatlarini hisobga olib o'quv dasturlari va darsliklar tuziladi, maxsus usullar ishlab chiqiladi va sinflarda frontal ishlar tashkil qilinadi. Psixikaning ayrim belgilari M.S.Pevzner ajratgan oligofreniya- ning 5 ta asosiy tunning birortasiga te g ish lig i nuqsonning tuzilishi, 18 o'ziga xosligi bilan muhim darajada bog‘liq. Shunday qilib, faoli yati va xulqi keskin buzilgan, qo'pol motorika buzilishlari, ko‘rinib turgan fonetika-fonematik eshitish nuqsoni bo'lgan o'quvchilar uchun korreksion xarakterga ega, ularga xos kamchiliklarni yen- gishga yo'naltirilgan maxsus ish tizimi ko'zda tutilgan. Nihoyat, o'ziga xos xususiyatlari bilan sinfdoshlaridan keskin farq qiluvchi ayrim o'quvchilar ham uchraydi. Shuningdek, bola joyda juda bo'sh mo'ljalga oladi, bu uni yozish, o'qish matema tika va boshqa predmetlarga o'qitishda qiyinchiliklar tug'diradi. O'quvchi individual yondashishga muhtoj, busiz u o'quv dasturini o'zlashtira olmaydi. Qisqacha oligofrenga o'xshash bolalar haqida to'xtalib o'tamiz. Ko'pchilik hollarda ular maktabga bolalar uylaridan keladilar. Go'dak yoshida bu bolalar chaqaloqlar uyida bo'lgan. Ular hech qachon ona g'amxo'rligi va erkalashini, ota-onalar bilan hissiy muloqotni ko'rmaganlar, ya’ni erta bolalar deprivatsiyasi sharoitida yashaganlar. O'qish va tarbiyani bolalar uyida davom ettirib, bunday bolalar o'z tengdoshlaridan ortda qoladilar, tengdoshlari normal bolalikni shax- siy rivojlanish va bilish faoliyati shakllanishini ko'zdan kechirganlar. Maktab yoshiga kelib ular xulqi, qiziqishlari, nutqining va ongining holati bo'yicha aqli zaif bolalar bilan bir xil darajada bo'ladilar. Ular rivojlanmaganligi turg'un xarakterga ega bo'ladi. Ular ko'pincha V III turdagi maxsus korreksion maktablarga yo'llansada, yuqori sinflarga chiqib ularning ba’zilari ijtimoiy im- koniyatlar va boshqa kriteriylar bo'yicha o'z sinfdoshlaridan o'zib ketadilar. Aynan ana shular o'zlariga qo'yilgan tashxisni oldirib tashlamoqchi bo'ladilar va bunga erishadilar ham. Bir qator hol larda bunday bitiruvchilar o'z ma’lumotlarini davom ettiradilar. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling