Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy tafakkur
Ko‘rgazma-harakatli tafakkur
Ko'rgazma-harakatli tafakkur insonning yangi sharoit va amaliy muammoli topshiriqni yechishning yangi usuli bilan to'qnashganda paydo bo'ladi. Bunday turdagi topshiriqlarga bola butun bolalik davrida — maishiy va o'yin faoliyatlarida duch keladi. Ko'rgazma- harakatli tafakkurning muhim xususiyati shuki, holatni o'zgartirish usuli bo'lib amaliy harakat xizmat qiladi va u sinab ko'rish yo'li bilan amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalarda ko'rgazma-harakatli tafakkurning rivojla nishi orqada qoladi. Aqli zaif bolalar predmetlar bilan harakat qilishlarining har kungi tajribalarini mustaqil umumlashtira ol maydilar. Shuning uchun aqli zaif bolalarda umumqabul qilin gan qurollardan foydalanishni talab etadigan anglash bosqichi rivojlanmagan bo'ladi. Amaliy harakatlar va ularni so'z belgi lari o'rtasidagi aloqa yetarlicha bo'lmaydi. Nutq tashkil etuv- chi va boshqaruvchilik vazifasini bajaradi. Aqli zaif bolalarda ko'rgazma-harakatli tafakkurni shakllantirish asosiga muammoli amaliy vazifa va vaziyatlarda mustaqil mo'ljal olishni rivojlanti rish kiritilishi lozim. Aqli zaif bolalarda amaliy vazifalarni bajarishda qiyinchilik yu zaga keladi. Masalan, aqli zaif bolalarga kesma rasmlarni birlashti- rish va Segen doskasini to'ldirish qiyinchilik tug'diradi. Ularning predmetlar bilan harakatlari impulsiv xarakterga ega, bu harakatlar fikrlash vazifasiga bog'liq bo'ladi. 34 Mantiqiy tafakkur Fikrlash qobiliyati aqli zaif bolalarda 0 ‘ziga xos tarzda amalga oshadi. Aqliy faoliyat jarayoni o'zaro bog‘liq aqliy operatsiyalar bi lan amalga oshiriladi. Predmet va hodisalarni tahlil qilish jarayoni da aqli zaif bolalar sogiom tengdoshlariga qaraganda kam, m aium qismlarni aniqlaydi. Sintez qilish jarayonida umumlashtirish ja rayonining pastligi kuzatiladi. Obyektlarning o'xshash va farqli belgilarini aniqlashda yordam beradigan taqqoslash operatsiyalari ham maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘ziga xos tarzda kechadi. Ko'pincha yo‘q belgilari taqqoslanadi. Mavhumlashtirish — aqli zaif bolalar uchun ancha qiyin ope- ratsiya hisoblanadi. Mavhum tafakkurning buzilishi aqli zaiflikning asosiy belgisini tashkil etadi. Aqli zaif bolalar tomonidan umum lashtirish situativ xarakterda boiadi. Tafakkur bilishning bosh quroli hisoblanadi. U analiz, sintez, umumlashtirish, mavhumlashtirish, aniqlashtirish kabi operatsiyalar shaklida kechadi. Tadqiqotlar- ning ko'rsatishicha, bu barcha operatsiyalar aqli zaiflarda yetarlicha shakllangan va o'ziga xos tomonlarga ega. V.G. Petrova, B.I.Tinskiy, I.M. Solovyova, N.M.Stadnenko, J.I.Shif maiumotlariga ko'ra, aqli zaif bolalar predmetlarni tushunadi, tahlil qiladi, qator zarur xususi- yatlarni qoldirib, faqatgina yaqqol aniq qismlarinigina hisobga oladi. Bunday tahlil natijasida ular predmetlarning qismlari bilan aloqasini o'rnatishda qiynalishadi. Odatda, ular faqat predmetlarning ko'ruv xususiyatlariga tayangan holda rangini aniqlashadi. Predmetlarni tahlil qilishda ularning individual belgilarini emas, umumiy bel gilarini aniqlaydi. Analizning takomillashganligi uchun predmet larni sintez qilish qiyinlashadi. Predmetlarning alohida qismlarini ajrata turib, ular orasidagi aloqani o'rnata olmaydi, shuning uchun predmetlar haqida butun tasavvurga ega boiishda qiynaladi. Aqli zaif bolalarda taqqoslash operatsiyasida tafakkurning sifatlari yorqin namoyon boiadi, unda maxsus qo'yilgan analiz va sintez o'tkaziladi. Ular predmetlar va hodisalardagi asosiy narsani ajrata olmay, mavjud bo'lmagan belgilarni, ko'pincha mos kelmaydigan belgilar taqqos- laydilar. Aqli zaif bolalar o'xshash va farqli predmetlarning farqini aniqlashda qiynaladilar. Ayniqsa ular uchun o'xshashlikni aniqlash qiyin. Ruchka va qalamni taqqoslab, ular: «ular uzunligiga ko'ra o‘xshash, yana ularning terisi bir xil» deb javob berishadi. Aqli zaif bolalar tafakkurining farqli tomoni tanqidiy qarashning yo'qligi, o'z ishlarini mustaqil baholay olmasligidadir. Ular ko'pincha o'z xato- larini belgilashmaydi, bu ayniqsa ruhiy kasallangan bolalarda bosh miyaning peshana qismi jarohatlangan bolalarda va og'ir darajadagi aqli zaif bolalarda yorqin namoyon bo'ladi. Ko'ruv idroki asosida idrok etilgan fikrlash natijasidagi tasvir kambag'alligi, bog'liq emas ligi, oddiyligi bilan ajralib turadi. O'quvchi obyektga qarab, uning nomini bilsa ham, qismlarini to'liq aytolmaydi. Odatda, shakllar- ning umumiy konturlari qismlarini tartibsiz bayon etadi. Kichik maktab yoshidagi aqli zaif bolalar uchun 2 va undan or- tiq predmetni solishtirish qiyinchilik tug'diradi. Solishtirishda I—II sinf o'quvchilari bir obyektni ikkinchisidagi ajratuvchi xususiyat- lariga e’tibor beradilar. Bu obyektlarning o'xshash xususiyatlarini hisobga olmaydilar. Bolalar obyektlar o'rtasidagi farqni solishtirib bo'lmaydigan xususiyatlar bilan qiyoslaydilar. Masalan, bu piyola katta, bunisida esa ko'k gul rasmi bor. Ular har xil. Birinchi predmetning kattaligi, ikkinchi predmetning guli taqqoslangan. Ayrim hollarda o'quvchilar vazifani oson yengil vazifalar bilan almashtiradi yoki obyektni solishtirish o'rniga ulardan birini analiz qila boshlaydilar. Yoki solishtirishni boshlab, o'z harakatlarini na zorat etolmaydi. Bola o'zi uchun qiyin bo'lgan vazifada to'xtay ol maydi va o'z aqliy faoliyatini yengillashtirib boshqa vazifaga o'tadi. Aqli zaif bolalar tafakkurini tahlil qilib, bu jarayonning stereo- tipligi, qiyin harakatligi va umuman to'liq egiluvchan emasligini ta ’kidlash joiz. Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni yangi sharoitda qo'llash aqli zaif bolalarda qiyinchilik tug'diradi va vazi fani xato bajarishga olib keladi. Aqli zaif o'quvchilar tafakkurini o'rganish va to'g'ri tashxis qo'yish uchun «Kesma rasmlar» metodikasi, «To'rtinchisi ortiq- cha» metodikasi, «Klassifikatsiyalar» va «Yetishmaydigan qismlarni aniqlash» metodikalarini tavsiya etish mumkin. Savol va topshiriqlar I. Tafakkur operatsiyalarini aytib bering. 36 2. Aqli zaif bolalarning ko‘rgazma-obrazli tafakkur xususiyatlari. 3. Aqli zaif bolalarning ko‘rgazma-harakatli tafakkur xususiyat lari. 4. Aqli zaif bolalarning so‘z — mantiq tafakkuri xususiyatlarini ochib bering. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling