Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Diqqat xususiyatlari
Diqqat xususiyatlariga uning hajmi, taqsimlanishi, yig'ilishi, turg'unligi, o'tishi kiradi. Diqqatning kuchli va barqaror bo'lishi bir qancha sabablarga bog'liq. Odam o'zining diqqatini uzoq muddat qiziq yoki mazmun- li bo'lmagan narsaga qarata olmaydi. Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi mazm undor bo'lsa, shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mumkin. Shu sababli yordamchi mak- tablarda ta ’lim ni qiziqarli tashkil etish borasida ko'p gapiriladi. Ayrim bolalarning diqqat hajmi keng bo'lsa, ayrim bolalarning diqqat hajmi tor bo'ladi. Bolalarning diqqati ayni bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga ham bir- daniga qaratilishi mum kin. Demak, diqqatning bo'linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizning ikki yoki uch narsaga qarati- lishini tushunam iz. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqat- 43 ning ko‘chuvchanligi deb yuritamiz. Diqqatning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari tufayli odam atrofdagi muhitga, undagi turli- tum an o'zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari bolaga tug‘ma ravishda, irsiy yo‘l bilan berilmaydi. Bu kabi xususiyatlar yoshlikdan boshlab turli faoliyatlar — o‘yin, o‘qish, mehnat jarayonlarida tarkib topib boradi. Ana shuni nazarda tutib maxsus maktablarning barcha o‘qituvchilari turli-tuman dars va o‘yin jarayonlarida bolalar diqqatini har tomon- lama hamda izchil ravishda shakllantirib borishlari kerak. L.S.Vigotskiyning ko‘rsatishicha, aqli zaif bolalarda diqqatning oliy shakllarining buzilishi biologik va madaniy rivojlanishi orasi dagi bog'liqlikning buzilishidir. Aqli zaif bolalar bilan korreksion ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bola diqqatining fiziologik mexanizmlarini bilish talab etiladi. Aqli zaif bolalardagi ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan pastdir. Buning sababi, ichki tormozlanishning zaifligi va tashqi tormozla- nishning yaqqol ko‘zga tashlanishidir. Qiyin boshqariladigan tashqi tormozlanish aqli zaif bolalarda diqqatning turg'unsizligiga olib keladi. Aqli zaif bolalardagi diqqatning taqsimlanishi, o‘tishining qiyinligi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining mo‘rtligi asosi da yuz beradi. Aqli zaif bolalar diqqatini tarbiyalab borishda ular ning oliy asab faoliyatining tiplarini e’tiborga olish darkor. Aqli zaif bolalar diqqatini shakllantirib borish shaxsni shakllantirib borish bilan uzviy bog‘liq. Aqli zaif bolalar diqqatini qator psixologik me- todikalar bilan o‘rganish mumkin. Ayniqsa, «Shulte jadvali» me todikasi, «Korrektur sinov» metodikasi va «Belgilarni qo‘yib chiq» metodikalar yaxshi natija beradi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling