Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi turlarini aytib bering.
2. Aqli zaif bolalar nutqining fonetik va grammatik tomondan 
buzilishini misollar bilan asoslang.
3. Aqli zaif bolalarda leksika va bogiangan nutqning buzilishi.
4. Aqli zaif bolalarda yozma nutq buzilishlari.
58


I l l bob. AQLI ZAIF 0 ‘QUYCHILAR SHAXSI
3.1. Aqli zaif o‘quvchining shaxsi va shaxslararo 
munosabat xususiyatlari
Shaxs haqida ta ’rif berilganda, rus psixologi S.Y Rubinshteyn- 
ning fikrlariga to‘xtalmoq kerak. Olimning ta ’kidlashicha, odam 
o‘zidagi takrorlanmas xususiyatlarga ko‘ra individualdir. Odam o‘z 
atrofidagilarga, borliqqa bo‘lgan ongli munosabati, uning biror-bir 
faoliyat bilan shug‘ullanishi esa uning shaxs ekanligidan dalolat be­
radi. Shaxs odamning atrofga boigan munosabatlarini va o‘z-o‘ziga 
boigan munosabatini belgilaydi Odamning atrof-muhitga boigan 
munosabatlari uning dunyoqarashida, ishonchlarida va boshqalarga 
boigan munosabatlarida eng muhimi, uning faoliyatida ifodalana- 
di.
Shaxs — bu ongga ega boigan, m aium ijtimoiy-iqtisodiy for- 
matsiyada yashaydigan, m aiu m bir faoliyat bilan shug‘ullanadigan 
individdir.
Shaxs tarkib topishi uzoq muddatli, murakkab va tarixiy jara- 
yondir.
Shaxs xususiyatlari ruhiy jarayonlarining kechishiga ta’sir etadi. 
Shaxsning yo‘nalganligi, qiziqishlari va boshqalar barcha ruhiy jara- 
yonlariga tanlanganlik tabiatini kasb etadi. Shaxs xususiyatlari atrof- 
muhitni aks ettirishda ham ahamiyatga ega. Masalan, ayrim odamlar 
atrof-muhitni oson va tez idrok etsalar, boshqalar esa atrof-muhitni 
eshituv, harakat va boshqa analizatorlar yordamida idrok etadilar. 
Oligofrenopedagogikaning asoschilaridan biri E.Segen ta’kidlab 
o'tgan aqli zaif bolalardagi «xohishning yo‘qligi» shaxs shakllanishi- 
da qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. L.V. Zankov ham aqli zaif 
bolalar shaxsidagi qator kamchiliklar haqida batafsil m aium otlar be­
radi. Aqli zaif bolalar shaxsidagi disgarmoniya, nomutanosiblik ular 
shaxsining rivojlanishidagi yetakchi kamchiliklardandir.
N.L.Kolominskiy tomonidan aqli zaif bolalar shaxsiy sifatlari- 
ning shakllanishi yordamchi maktablarda qanday kechishini qa­
tor tajriba ishlari bilan tekshiradi. Bunda, aqli zaif bolalarga sinf 
jamoasining ta ’siri masalalari ochib beriladi.
59


Har bir shaxs ijtimoiy mavjudod bo'lganligi sababli atrofdagi 
boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatga kirishmay turib mut- 
laqo yashay olmaydi. Inson shaxsining guruh va jamoadagi muno- 
sabatlarini ijtimoiy psixologiya fani o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiya 
ta ’limotiga ko‘ra, 2 xil guruh farqlanadi. Ulardan birinchisi shartli 
guruh, ikkinchisi esa haqiqiy, real guruhdir. Odamlarning m a’lum 
belgilariga, ya’ni yoshiga, jinsiga, millatiga, kasbiga qarab shartli 
guruhlar tashkil qilish mumkin. M a’lum jamiyatda ishlab, odam ­
lar bilan haqiqiy munosabatga kirishish yo‘li bilan hosil bo‘lgan 
guruhni real guruh deb ataymiz. Masalan, talabalar guruhi, ish- 
chilar guruhi, oila va shu kabilar real guruhlarga misol bo'la 
oladi. Shaxsning shartli va real guruhidan tashqari referent gu­
ruhi ham bo'ladi. Har bir shaxs o‘z referent guruhiga ega bo‘ladi. 
Referent guruhdagi odam lar shaxsga har tomonlama yoqadi, shu 
sababli shaxs ularni hurmat qiladi va aytgan gaplariga quloq so- 
ladi. Masalan, o‘smir na ota-onasi, na sinf rahbarining gaplariga 
mutlaqo kirmasligi mumkin. Chunki o'sm irning ko‘chada o'z 
referent guruhi bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachi, sinf rahbari 
va ota-onalar bolalarning ishonchlarini qozonib, ular uchun refe­
rent guruh bo'lishga harakat qilishlari zarur. Aqli zaif bolalar 
ham sog'lom bolalar singari mehnat va o'qish faoliyatlarida mu- 
omalaga kirishadilar. Sinfda o'quvchilar faoliyat birligi, qarash- 
larning o'xshashligi, qiziqishlarining bir-birlariga mos kelishlari 
bilan muomalaga kirishadilar. Aqli zaif bolalar orasida shunday 
bolalar ham borki, ularning umuman o'rtoqlari yo'q, sinfdoshlari 
bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan hollar ham uchraydi. Max­
sus maktabning har bir o'qituvchi va tarbiyachisi shaxslararo mu- 
nosabatlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari kerak. 
Shaxslararo munosabatlar mazm unini o'rganish asosida har bir 
aqli zaif bolani to'liq o'rganish mumkin. Bu bilimlar ta ’lim -tarbi­
ya ishlarini yaxshi yo'lga qo'yishda yordam beradi. Ushbu muam- 
moga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishi G.Berdiyev tomonidan 
amalga oshirilgan. M uallif o'z tadqiqoti davomida sog'lom va aqli 
zaif bolalarning shaxsiy munosabatlari, guruhlar, yetakchilar, ras- 
miy va norasmiy yetakchilar bobida juda qimmatli m a’lumotlarni 
qo'lga kiritgan.
60



Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling