Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- У bob. E SH IT ISH ID A N U Q S O N I BO ‘LGAN BOLALAR BILISH FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI 5.1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sezgi va idrokining o‘ziga
Savol va topshiriqlar
1. Eshitish nuqsonlarining tasnifi va tarixi xususida so'zlang. 2. Kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’rif bering. 3. Xalqaro tasnifga ta’rif bering. 80 У bob. E SH IT ISH ID A N U Q S O N I BO ‘LGAN BOLALAR BILISH FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI 5.1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sezgi va idrokining o‘ziga xos xususiyatlari Sezgi inson sezgi organlariga ta ’sir qiluvchi predmet va hodisa- larning eng sodda ruhiy jarayonidir. Inson sezgisi tovush, rang, shakl dunyosi haqida m a’lumot beradi. Sezgidan farqli o‘laroq idrok predmet va hodisalar yaxlit obrazini o'zida namoyon qiladi. Har qanday anglash jarayoni idrok etish va sezishdan boshlanadi. Bu uning dastlabki sezgi bosqichidir. Lekin idrok atrofdagi olam haqida to‘liq tasavvur berolmaydi. Materiyaning biz bevosita idrok etol- maydigan xossalari mavjud. Tashqi olamni anglash va aks etishning eng yuqori formasi tafakkurdir. Rivojlanishida nuqsoni mavjud bo lalar sezgisi atrof-muhitni obyektiv aks ettiradi va predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida m a’lumot oladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sezgisi va idroki shaklla nishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlar ga ega bo'ladi. Avvalambor, bu bolalarda asosiy sezgi turlaridan biri eshituv sezgisi mavjud bolm aydi. Bizning organizmimizga doimo tovush ta’sirotlari ta ’sir ko'rsatadi. Rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbayini eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi. U atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, radio, musiqa eshitib, kino, teatrlarni tomosha qilib, ko'p m a’lumotga ega bo'ladi. Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. 0 ‘z nav batida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda eshi- tuv sezgisi mavjud emas, degan fikr noto'g'ridir. Yangi okustik ap- paralhir yordamida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning 40 %da eshituv sezgisi qoldiqlnri mnvjudligini ko'rsatdi. Ulardan ta ’lim-tarbiya jarayonida lovdnlnnlsh mumkin. XIX asrda 1.1. Fieri, so'ng N.M.Lagovskiy 81 va boshqa tadqiqotchilar ham karlar eshituv qoldig‘i mavjudligini e’tirof etadilar. N.M.Lagovskiy ta ’kidlashicha, bu eshituv qoldig‘ini faollashtirish, rivojlantirish mumkin. Gartm aning tadqiqotlariga tayanib, N.M.Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko‘ra bir necha guruhlarni tasniflaydi. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda eshituv idroki ma’lum darajada mavjud bo'lib, u nonutqiy tovush- larni farqlash imkonini beradi. Boshqa bolalarda eshituv idrokining darajasi balandroq bo'lib, u unli tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni farqlash imkonini beradi. Davomiy mashg'ulotlar mashqlar jarayonida eshitishida nuq soni bo‘lgan bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv idrokining rivojlanishi anatomo-fiziologik mexanizmining tiklani- shi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollash yo‘li bilan amalga oshadi. Kar bolada eshituv sezgisi va idrokining yo'qolishi sabab- li ko‘ruv sezgisi va idroki asosiy o'rin tuta boshlaydi. Kar bola ning ko‘ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahami yatga ega bo‘ladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalardagi ko'ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo‘lish L.V.Zankov, I.M. Solovyov, K.I.Veresotskoy tadqiqotlarida dalillangan. Shu sa- babli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning eshituv sezgisiga qaraganda ko‘ruv sezgisining ustunligi, harakat sezgisining, teri- taktil sezgilarning faolligi kuzatiladi. Eshituvchi bolalar karlarga nisbatan yashil, siyohrang, qizil, sabzi ranglarni ko‘p almashtira- dilar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ranglarni nozik farqlay- dilar. L.V.Zankov va I.M.Solovyov ta’kidlashicha, eshitishida nuq soni bo'lgan bolalar chizgan rasmlarda, eshituvchi bolalar chizgan rasmlarga nisbatan ko‘p detal va qismlar qamrab olingan bo'ladi. Kar va eshituvchi bolalar rasmlari taqqoslanganda eshituvchi bola lar rasmlarida predmetlarning muhim qismlarini tasvirlarda mavjud emasligi ko'rinadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar rasmlarida bunday kamchiliklar kam bo'ladi, lekin ular fazoviy munosabat- lar ifodalangan rasmlarni qiyinchilik bilan chizadilar. L.V. Zankov va I.M. Solovyov ta’kidlashicha, ko'ruv idroki jarayonida eshitishi da nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchilarga nisbatan predmetning 82 qo'shimcha detallariga ko‘p ahamiyat beradilar. Shu sababli, eshi tishida nuqsoni bo'lgan bolalarda idrokning analitik tipi sintetik tipidan ustun turadi, deb ko‘rsatish mumkin. I.M. Solovyov bu holat eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda eshituvchi bolalarga nisbatan ko‘ruv sezgisi ustun degan xulosaga olib kelmaydi, deb e’tirof etadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqi shakllanishida ko‘ruv idroki katta ahamiyatga egadir. Eshituvchi bola eshituv va ko'ruv sezgisi va idrokiga tayanib, gapirishni o‘rganadi. Nutqi mavjud bo‘lmagan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limning boshlang'ich bosqichlarida idrok etilganini umumlash- tirish va sintezlashda, tasniflashda qiyinchilik sezadilar (masalan: boshlang‘ich sinfdagi eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolaga qizil qalamni ko‘rsatib, bu nima deb savol berilganda, u qizil deb javob beradi). Bu rang va predmet tushunchasi bola idrokida yetarli dara jada taqsimlanmaganligidan dalolat beradi. Bunday differensial va taqsimlash eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola nutq egallaganida, uning nutqida predmet va sezgi m a’nosini ifodalovchi so'zlar uning lug‘atida shakllanganida imkon tug'iladi. Eshituv sezgisini yo'qotish bilan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda ko'ruv sezgisi faollashadi, o'tkirlanadi. Ko‘ruv idrokidan tashqari, anglash jarayonida hidlash va harakat sezgilari ham muhim o'ringa egadir. Harakat sezgilari inson badani, qismlari, nutqiy or- ganlar harakati haqida signal beradi. Eshituv analizatori funksiya- sining buzilishida nutqiy harakatlar aniqligi, differensiallanganligi buziladi. I.M. Solovyov va boshqa olimlar ta ’kidlashicha, eshituvning yo'qolishini nafaqat artikul apparat sezgisi, balki nafas olish appa- ratining harakat sezgisiga ham salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, mimika, daktilologiya kabi nutq shakllari harakat va ko‘ruv sezgi lari asosida shakllanadi. Teri sezgilari taktil va temperatura sezgi- larini qamrab oladi. Ular birligi predmet, uning shakli, kattaligini ifodalovchi materialni anglash imkonini beradi. Bu sezgilar retsep- torlari barmoq uchlarida, til uchida joylashgan bo'ladi. Sezgilar faol faoliyatni talab etadi va retseptorlarni ta ’sirlovchilar bilan kontakti davomida yuzaga keladi. Teri sezgilari, idrok boshqalar bilan birga predmetni to‘liq idrok etishga yordam beradi. Teri sezgilari pred- metni ko‘rish orqali idrok etishni to‘ldiradi. Asosan predmetlarning 83 hajmi va fazoviy joylashuvida idrok etishda, predmetlarning tashqi qatlamini sezishda teri sezgilarining ahamiyati kattadir. U mate rialni ko'rish orqali anglashga, ko'rish esa o'z navbatida sezishga yordam beradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda ko'ruv idroki, teri-taktil hamda harakat sezgilariga tayangan holda atrof-olamni idrok eta olish imkoniyati yuqoriligi rus psixologi T.G. Tigranova tomonidan o'rganilgan. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling