5.3. Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar xotirasining o‘ziga xos
xususiyatlari
Xotira oldin
idrok etilganni ifodalash, saqlash va tasvirlash bi
lan belgilanuvchi ongli ruhiy jarayondir. Xotirada insonning oldingi
tajribasi, uning faoliyati, idroki, qayg‘urishi ifodalanadi.
U inson
faoliyatida muhim o‘rin tutadi. M a’lumki, me’yorda eshitadigan
bolalar m a’lum hajmdagi bilimlarni eshitish orqali egallaydilar. Kar
va zaif eshituvchi bolalarda esa mazkur holat maxsus korreksion
pedagogik ta’limsiz amalga oshirilishi murakkabdir.
Bu bolalarda
o'quv materiallarini ko‘rish orqali olganligi bois, ko'rish xotirasi
ning ustunlik qilishidan darak beradi. Tashqi olam bilan aloqa nati-
jalarini saqlash va ifodalash xotira asosini tashkil etuvchi tasavvur
shaklida amalga oshadi. Xotira tasavvuri — bu
predmet va hodisa-
larning hissiy ko‘rgazmali umumlashgan obrazlaridir. Xotira faoli
yati natijasi sifatida ular o‘tmishida inson tomonidan idrok etilgan
predmet, hodisalarni ifodalaydi, bevosita
faoliyat natijasida sezgi
obrazlari idrok yuzaga keladi. Shunday qilib, agar idrok obrazlari
bolm asa, xotira taassuroti mavjud bolm aydi (masalan, tug‘ma
karlarda tovush, shovqin, taqillatish
haqida tasavvurlar mavjud
bo‘lmaydi). Idrok va tasavvur o'xshashligi ularda predmet va hodi-
salar xususiyatlari va qirralari namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi.
Tasavvur idrokka nisbatan kambag‘alroqdir. Unda predmetlarning
faqat m a’lum tomonlari namoyon bo‘ladi, lekin ba’zi
tomonlari
tushib qoladi. Idrokdan farqli ular qat’iy va turg‘undir.
Do'stlaringiz bilan baham: