Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. L.V. Neyman tasnifi (1961) 2. Xalqaro tasnif (1988)
Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning bir necha tasnifi mav jud. Eshitish buzilishi quyidagicha tasniflanadi: • L.V.Neyman tasnifi. • Xalqaro tasnif. • R.M.Boskisning pedagogik tasnifi. 78 Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun L.V. Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va nutq yordamida tekshirgan. 1. L.V. Neyman tasnifi (1961) 2. Xalqaro tasnif (1988) I daraja — 26—40dB Karlik (90dB0) II daraja — 41—55dB III daraja - 56-70dB IV daraja — 71—90dB R.M . Boskisning eshitishida nuqsoni boigan bolalarning pedagogik tasnifi (XX asrning 50-yilIari) Bu tasnif eshitish va nutqning o‘zaro ta’sirini psixologik o‘rganish asosiga qurilgan. Tasnifning nazariy asosini eshitish analizatorida buzilishlar boigan bola rivojlanishining o‘ziga xosligini belgilay- digan qoidalar sanaladi. 1. Bolaning eshitish analizatori buzilishini kattalardagi shu kabi nuqsondan keskin tafovutlari bilan baholash zarur. 2. Eshitishida nuqsoni boigan bolaning rivojlanishini to‘g‘ri tushunish uchun nutqni mustaqil egallash imkoniyatini hisobga olish muhim. 3. R.M.Boskis bolada eshitishning yetarli emasligini eshitish ning shu kabi buzilishida nutqning rivojlanganlik darajasi nuqtayi nazaridan baholaydi. 79 R.M.Boskis tomonidan ishlab chiqilgan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning pedagogik tasnifi eshitish analizatori funksi- yasida og'ishlar bo'lgan bolalar rivojlanishining o'ziga xosligini hi sobga oladigan mezonlar asosiga qurilgan. R.M. Boskis eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning 2 asosiy guruhini ajratadi: karlar va zaif eshituvchilar. Karlar guruhiga tug'ma yoki orttirilgan karlik natijasida og'zaki nutqni mustaqil egallay olmaydigan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar toifasida eshitishning pasayishi kuzatiladigan, biroq nutqi ning (loaqal minimal) rivojlanishi mumkin bo'lgan bolalarni ki- ritishadi. Nutqiy rivojlanishga bog'liq ravishda zaif eshituvchi bola larning 2 guruhi farqlanadi: - kichik nuqsonlarga (tovush talaffuzi buzilishlari, nutqning grammatik qurilishida buzilishlar) ega bo'lgan, nisbatan rivojlangan nutqni egallaydigan bolalar; - nutqiy funksiya rivojlanishida jiddiy kamchiliklar (jumlalar qisqa, noto'g'ri qurilgan, ayrim so'zlar juda qo'pol tarzda buzilgan va sh.k.) bo'lgan bolalar. Kar bolalarni ham nuqsonning yuzaga kelish vaqtiga nisbatan 2 guruhga bo'lishadi: - eshitishni hayotining 1- va 2-yilida yo'qotgan yoki kar tug'ilgan bolalar; - keyin kar bo'lib qolgan bolalar, ya’ni eshitishni 3 -4 yoshida yoki undan keyin yo'qotgan, karlik ancha keyin yuzaga kelgani sababli nutqni saqlab qolgan bolalar. «Keyin kar bo'lib qolganlar» termini shartli xarakterga ega, chunki bolalarning bu guruhini kar lik yuzaga kelgan vaqt emas, balki eshitish yo'qligi holatida nutq ning saqlanib qolgani tavsiflaydi. Keyin kar bo'lib qolganlar eshiti- shi pasaygan bolalarning alohida toifasini tashkil etadi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling