Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Психология кискача изохли лугат. — Т.: 1998 йил. 40-бет
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
Психология кискача изохли лугат. — Т.: 1998 йил. 40-бет.
2 А.В. Петровский. Умумий психология. — Т.: 1992 йил, 381-бет. 94 qanday tasavvur etish to‘g‘risidagi qismlar chuqur o‘rganilmog‘i darkor. Xayol shaxsning intilishi, talablari bilan ham belgilanadi. Ko‘rgan, eshitgan, bilgan narsalar obrazlari xotiramizda saqlanadi. Kerak vaqtda bularni tiklashimiz mumkin. Bu jarayon xotira obraz lari sifatida jonlanadi. Yoki, tasavvurlar shaklida ko‘z oldimizga keladi. Xayol obrazlari tasavvur obrazlaridan o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Tafakkur va xayol oralig‘ida uzviy, mantiqiy birlik, bog‘liqlik bor. Ammo, o‘ziga xos farqlari ham bor. Bular ni ajrata olish darkor. Inson biror murakkab muammoni yechishi talab etilganda tafakkurga murojaat etadi. Bunday natijalarga eri- shish yo'llari mavjud bo‘lsa, tafakkur orqali biz tafakkurdan ko‘ra xayol kuchiga tayanamiz. Xayolning rivojlanishi konkret ko'rgazma obrazlardan mavhum tushunchalar orqali yangi xayol obrazlari ijod qilish tarzida amalga oshirib boriladi. Ma’lumki, nutq mavhum tafakkur rivojida alohida, m uhim o‘rin egallaydi. A.S. Vigotskiy m a’lumotlariga ko‘ra, nutqi zararlangan bolalarda xayol jarayonlari ham izdan chiqar ekan. Bu toifa bolalar ko'chma ma’nodagi so‘zlarni ham qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar, kamchiliklar bilan egallashlari suhbatda, ular xayollari ham me’yoriy shakllanishdan chetga chiqar ekan. Ixtiyorsiz xayolga ma’lumki, tush ko'rish va turli gallutsinatsiyalar misol bo'la oladi. Ta’kidlab o‘tish o'rinliki, normal eshitadigan bolalar bilan eshitish qobiliyati buzilgan bolalar chizgan suratlar orasida ham ma’lum farqlar mav jud. Ajablanarli joyi shundaki, tasvirlangan suratlardagi predmetlar soni jihatidan normal eshituvchi bolalar orqada ekanlar. Ranglarni berishda karlar orqada qolganlar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bo lalar suratlari sinflar yuqorilashgan sari normal bolalar suratlariga yaqinlashib borar ekan. Mualliflar eshitish qobiliyatlari buzilgan bo lalardagi ijodiy xayol xususiyatlari borasida turli xil fikr bildirganlar. Ayrimlari hatto ijodiy xayolni tasavvur bilan almashtirganlar. Eshi tish analizatorining zararlanishi oqibatida bu bolalarning tashqi du- nyoni aks ettirish faoliyati, ijtimoiy muhit ham bu toifa bolalar shax- sining mukammal shakllanishiga salbiy ta ’sir etar ekan. Bu bolalar aka-ukalaridan, opa-singillaridan, yaqin-qarindoshlaridan o'ziga nisbatan achinish hislarini sezishlari natijasida o'zlarida egosentrik 95 xislatlarni shakllantirishga harakat qilar ekan. Ularda atrofdagilar uchun o‘zining ortiqcha kishi sifatida tasavvur paydo bo‘lib boradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar xayol xususiyatlarini rivojlanti rishda ta iim jarayonida rolli o‘yinlarni tashkillashtirish maqsadga muvofiq. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling