Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda yozma nutqni
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
6.2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda yozma nutqni
shakllantirishning psixologik asoslari Yozma nutq insonga egallangan tajribani belgilash va uni av- lodlarga berish im konini beradi. Yozma nutq psixologik nuqtayi nazardan og'zaki nutqqa nisbatan murakkabroq va nutqning qi yin shakli sanaladi. U mavhum bo‘lib, bola uni sekin egallaydi. Odatda, bola bu nutq shakli bilan m aktabda tanishadi. Kar bola uchun og'zaki nutqqa nisbatan yozma nutq yengilroq sanaladi. Uni idrok etish uchun eshitish kerak emas, ko'ruv idrok esa ularda sog'lom bo'ladi. Yozma nutq shakllanishida nafaqat eshituv anali- zatorlari, balki kar bolada sog'lom bo'lgan ko'ruv, harakat anali zatorlari ham katta rol o'ynaydi. Bundan tashqari bu nutqning shaklini kar bola ruhiy energiyani ishlatsa, og'zaki nutqni shakl- lantirishda ko'proq ruhiy energiya sarflanadi. Shu sababli eshi tishida nuqsoni bo'lgan bolalarda yozma nutqni egallash og'zaki nutqni egallash bilan parallel yoki undan oldinroq davom etadi. Yozma nutqni qo'llash vositasi h arf sanaladi. Yozma nutqni egal lash savodga o'rgatish, harf yozish va tovush analiz va sintezini amalga oshirishni ko'zda tutadi. Lekin yozma nutq og'zaki nutq asosida shakllanadi va rivojlanadi. Og'zaki nutqni, tilning tovush tarkibini egallagan bola nutqiy oqim ni aniqlashi mumkin. Boshqa tom ondan yozma nutqni egallash og'zaki nutqni egallashga olib keladi. Yozuv so'zning tovush tarkibini aniqlash, fikrlarning aniq ifodalanishiga olib keladi. Ta’lim amaliyotida yozuv va o'qishning turli buzilishlari uchraydi (xususan, yozma nutq va o'qish jara- yonlari buzilishlari, disgrafiya, disleksiya, agrofiya). Disgrafiyada bola yozuvda ayrim harflarni tushirib qoldiradi yoki almashtiradi ham da yozuvda so'zlar o'rtasiga boshqa harflarni qo'shib yozadi. Disleksiyada harflarni ommalashtirib, tushirib qoldirib o'qiydi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar yozma nutqida qanday nuq sonlar kuzatiladi? Eshituvchi va gapiruvchi bola yozma nutqsiz egallash jarayo nida m a’lum darajadagi lug'at boyligi va gap tuzish malakasiga ega bo'ladi. Kar bolada bu nutq shakli bilan puxta asosga ega bo'lmay shakllanadi. Unda eshituvchi tayanadigan akustik va ki- 103 nestik obrazlar mavjud bo‘lmaydi. Bu yozuvni egallash jarayonini tormozlaydi. Kar bola uchun gapning grammatik tizimi, so‘z birik- masi, qoidasi, so‘zlarning grammatik aloqasini egallash qiyinchi lik tug‘diradi. J.I.Shif, T.V. Rozonova, A.M.Potilskiy va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, eshitishida nuq soni bo‘lgan bolalar yozma nutqning keng tarqalgan va tipik xatosi agrammatizm tizimlardir, ya’ni grammatik shakllarning shaxs-son, egalik, kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda xatolar yuzaga keladi. A.M. Komdber, A.F.Nogilskaya eshitishida nuqsoni boigan bolalar o‘z yozma nutqlarida so‘zlarni noto‘g‘ri qoilash, gap bo‘laklarini tashlab ketish hollari ko‘p uchraydi, deb ko‘rsatadilar. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar mustaqil yozma nutqlarida hodisalarni ba yon qilishda mantiqiylik va ketma-ketlik yetarli darajada bo‘lmaydi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bayon etilayotgan m aterialni re- jalashtirishda qiynaladi. Ba’zan ular bosh asosiy ma’nosini tushirib, ikkilamchi qismlarni tavsiflashga o‘tib ketadilar. M.Kolberg eshi tishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yozma nutqni tavsiflab, uning qu- yidagi xususiyatlarini ta ’kidlab o‘tadi: so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash; so‘zning tovush tarkibini buzish; gapdagi so‘zlarni bog‘lashda xa- toliklarga uchrashi. Sog‘lom va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yozma nutqini qiyoslab, olim soglom bolalar hodisalarni to liq bayon etishlari, to ‘g‘ri rejalashtirishi, o‘zidan kam narsa qo‘shishini aytib o‘tadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar voqea-hodisalarni mazmuni- ning to‘liq tavsiflashga qiynaladilar. N.G. Morozova, A.F. Pongils- kaya va boshqalar eshitishida nuqsoni boigan bolalar yozma nutqni tushunishda ham xatoliklar uchrashini ko‘rsatib o‘tadilar. Eshi tishida nuqsoni boigan bolalar sodda matnni tushunish va o‘qishda qiynaladilar. 0 ‘qish murakkab analitik, sintetik jarayon boiadi. A.I. Sokolova eshitishida nuqsoni boigan bolalarning o‘qish jara yonini tekshirib, unga ta ’sir qiluvchi omillarni (gap tuzilishining grammatik xarakteri, o‘quvchining hayotiy tajribasi va bilimi) tavsiflab beradi. N.G. Morozova kar o‘quvchilar matnni tushunish holatini tadqiq etib, o‘qishni tushunishning bir necha bosqichi- ni ochib beradi. Birinchi bosqich analiz, ikkinchi bosqich sintez, uchinchi bosqich analiz-sintez. 104 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling