Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


v 6.3. Daktilologiya va imo-ishora nutqi eshitishida nuqsoni bo‘lgan


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

v 6.3. Daktilologiya va imo-ishora nutqi eshitishida nuqsoni bo‘lgan 

bolalar nutqi sifatida
\ Daktilologiya kar va zaif eshituvchi bolalar nutqining o‘ziga xos 
shaklidir. U so‘zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir. 
U yozma harakatga ko'ra yozma nutqqa o'xshab ketadi. Uning vosita- 
lari graflk belgilar harflar emas, balki qo'l, barmoq harakatlari hisobla­
nadi. O'zbek tilining har bir harfi o'zining harakatli ifodasiga egadir. 
Kar bolalarga daktil belgilarini uch guruhga tasniflash mumkin:
1) chizuvchi harflar (z, b, d);
2) harf shaklini ifodalovchi harflar (о, 1, m, t);
3) shartli belgilar (v, j, n).
Daktil nutqi so'zlashuv nutqining barcha qoidalariga ko'ra shaklla­
nadi va uni kar bola egallashi mumkin. Bog'cha davrida kar bola daktilo- 
logiyaga savod o'rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot ko'rsatishi- 
cha, daktilologiya eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar so'zlashuv nutqini 
shakllantirish uchun yordamchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
Eshitishida 
nuqsoni 
bo'lgan 
bolalar 
tom onidan 
keng 
qo'llaniladigan imo-ishora nutqi muloqotga ehtiyoj yuzaga kelish 
natijasida namoyon bo'ladi. Kar bola qo'llaydigan tabiiy dastlabki 
imo-ishoralar juda sodda bo'ladi. M asalan, u biror narsani xohlasa, 
uni qo'li bilan ko'rsatadi. Asta-sekin bu jarayon murakkablashib 
boradi, shartli xarakterga ega bo'lib, muloqot funksiyasini bajara 
boshlaydi. So'zlashuv nutqidan farqli, imo-ishora nutqi ko'ruv va 
harakat sezgilari asosida namoyon bo'ladi. So'zning realizatsiya 
vositasi tovush yoki graflk qobiq bo'lsa, imo-ishora nutqining vosi­
tasi qo'l harakatlari va unga mos yuzning m im ik ifodalari. Bizning 
nutqimiz ikki funksiyani bajaradi: muloqot vositasi va tafakkur 
quroli. Bu funksiya imo-ishora nutqi orqali ham bajariladimi?
Ma’lumki, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar imo-ishora yor­
damida muloqotga kirishadilar. Imo-ishora nutqi atrof-olamni tus- 
hunishga yordam beruvchi vosita sanaladi. Masalan, oilada kar bola 
imo-ishora nutqidan foydalangan holda tarbiyalanadi, lekin uning 
rivojlanish darajasi yuqori bo'ladi. Shunday qilib, imo-ishora eshit­
ishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun muloqot funksiyasini bajarishini 
ta’kidlash joiz. Bu jihatdan u og'zaki nutq shakliga o'xshashdir. Lekin
105


u chegaralangan davrada, faqat kar shaxslar o‘rtasida muloqot quroli 
sifatida namoyon boiadi. Nutq tafakkur quroli sifatida namoyon 
boiadi. U o‘zining birinchi vazifasini bajara olmaydi, tafakkur 
quroli sifatida faoliyat ko'rsata olmaydi. Imo-ishora nutqining qurish 
materiali mimik belgilar foizidir. So‘zdan farqli, imo-ishora belgilari 
bir qator o‘ziga xosliklarga egadir. Ayrim mimik belgilar so‘z kabi 
muloqot elementiga egadir. So‘z qat’iy va universal ahamiyatga ega. 
Mimik belgilar esa qat’iy bolmaydi. Ko'p tushunchalar kar shaxslar 
o‘rtasida bir xil ishora bilan ifodalanadi. Ularning xarakteri ta’lim 
jarayonida solzlashuv nutqi vositasida o‘zgarishi mumkin. So‘z tarki- 
bida tovush kompleksi va ma’nosi bo‘yicha mustahkamlash aloqasi 
mavjud bolib, uni ixtiyoriy buzib bolmaydi. So‘zning tovush tarkibi 
buzilsa, u o‘zining funksiyasini bajarmay qoladi. Tovush kompleksi 
uning ma’nosi bilan umumiy bogliq emas. Ayrim mimik belgilar- 
da bu aloqa yaqqol namoyon boiadi. Ko‘p olimlar mimik belgi- 
larni tasniflashga harakat qilganlar (N.G. Morozova, R.M.Boskis, 
L.V.Zankov, G.L.Zayseva, N.F. Slezina). Ularning ilmiy ishlari nati- 
jalariga tayanib mimik belgilarni quyidagicha tasniflash mumkin:
106


1. Ko‘ruv sezgisiga asoslangan belgilari:
a) ko‘rsatuvchi ishning belgilari (burun, ko‘z, stol, shkaf, u);
b) predmet konturi yoki uning xarakterli xususiyatlarini 
ko‘rsatuvchi m imik belgilar (yulduz, g‘oz, ona);
d) to‘liq yoki qisman immitatsiya qiluvchi xarakterlar.
2. Sezgilarga asoslangan belgilar.
3. Hid sezgilariga asoslangan belgilar.
4. Teri sezgilariga asoslangan belgilar.
5. M aza-ta’m sezgilariga asoslangan belgilar.
6. Organik sezgilarga asoslangan belgilar.
7. Emotsional sezgilarga asoslangan belgilar.
8. M imiko-daktil sezgilar.
9. Tabiiy sezgilar.
10. Shartli sezgilar.
11. Sonni ifodalovchi sezgilar.
12. 0 ‘tkazuvchan m imik sezgilar.
Mimik belgilar tarkibi qat’iy va bir turga ega bo‘lmaydi. Karlar 
Yangi tushunchalarni egallashi va nutqda yangi so'z paydo bo'lishi 
bilan mimik belgilar yuzaga kela boshlaydi (televizor, bomba). Ay­
rim mimik belgilar bir tomondan konkret va ko‘rgazmaliligi, ikki 
tomondan diffuzligi va differensiallashmaganligi bilan xarakterla- 
nadi. Shuning uchun, uy belgisi ko‘p qavatli uy, hovli-joy ma’nosida 
ishlatilishi mumkin. Shu sababli, mimik belgilarda umumlashti- 
rishlar ko‘p uchraydi.
Shunday qilib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning imo- 
ishora nutqi so'zlashuv nutqidan juda katta farq qiladi. Bu farq uning 
vazifasi, tarkibiy qismlari va mimikasiga ham xosdir. U asosan so‘z 
va m im ik belgini solishtirganda, gapdagi so‘z bo‘laklarini bu ikki 
turda nutq shaklida namoyon bo‘lishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Og'zaki nutqqa nisbatan chegaralanganligi, takomillashmaganli- 
giga qaramay imo-ishora nutqi kar shaxslar uchun asosiy muloqot 
qurolidir. Pedagogik jarayonda imo-ishora nutqidan foydalanish 
ilk bosqichlarda yaxshi samara beradi. Lekin eshitishida nuqsoni 
bo‘lgan bolalar maktabi ta ’lim jarayonining bosh maqsadi ular­
ning og'zaki nutqini shakllantirishdir. Quyida eshitishida nuqsoni 
bo'lgan bolalar imo-ishora nutqi nam unalari keltiriladi.
107


Televizor — kaftlarning ko‘rsatkich barmoqlari va jimjiloqlari 
oldi birlashadi, qolgan barm oqlar bukilgan holatda bo‘lib, kaftlar 
ikki tomonga yo'naltiriladi.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling