Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning og'zaki nutqi qanday 
ko'rinishga ega?
2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanishida imo- 
ishora nutqining vazifalari nimalardan iborat?
109


VII bob. ESH IT ISH ID A N U Q SO N I B O ‘LGAN 
BOLALAR SH A X SIN I SHAKLLANTIRISH 
XUSUSIYATLARI
7.1. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar shaxsini o‘rganishning 
umumiy masalalari
Shaxs atrofdagi olamni, undagi hodisalarni faol anglovchi va 
qayta ishlovchi insondir. Shaxs jamiyatda o'z-o'ziga va boshqalar- 
ga nisbatan ma’lum pozitsiyada turuvchi, ma’lum qarashlar, fikr- 
lar, ideallar tizimiga ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Yangi tug‘ilgan 
chaqaloq ijtimoiy mavjudod bo‘lsa ham, uni shaxs deb bo'lmaydi. 
Bola shaxsi kattalar bilan muloqotda insoniyatning ijtimoiy tajriba- 
sini egallash jarayonida shakllanadi.
Kar bola shaxsining shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Birinchidan, kar bola eshituvchi odamlar bilan muloqot­
da cheklangan bo'ladi, bu ma’lumotni egallash jarayonini sekin- 
lashtiradi. Ikkinchidan, eshitish analizatori faoliyatining buzilishi 
emotsional rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan akustik 
olam (inson ovozi, qushlar sayrashi, musiqiy ovozlar) anglash im- 
konidan mahrum qiladi. Uchinchidan, eshituvchi bolalardan farqli 
eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar insonlarning ijtimoiy tajribasi- 
ni egallashdan mahrumdir. Maxsus bog'cha va maktablarga qadar 
eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi sekin tempda amal­
ga oshadi. Muloqot qiyinchiligi va eshituvchilar bilan muloqotining 
cheklanishi ularning umumiy rivojlanishiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. 
Xarakterning ayrim xususiyatlari, shaxs qirralari kabi maxsus tash- 
kil etilgan ijtimoiy sharoitlarda amalga oshadi. Sog'lom odamlar 
ichida yashab kar bola eshituvchi tengdoshlariga nisbatan o'zgacha 
munosabatni sezadi, bu unda shaxs qirralari shakllanishiga salbiy 
ta ’sir ko'rsatadi.
K. Obunovskiy tadqiqotlarida 80-130 sm dagi past bo'yli odam- 
larning shaxs qirralarining shakllanish jarayoni o'rganiladi. Olim 
ularning shaxs qirralari shakllanishida m a’lum darajadagi bir 
xillikni aniqladi, o'ziga xos bo'lmagan optimizmli, bevositalik, 
sharoitlarga chidamlilikni aniqlagan. Shuning uchun, tekshiruvchi
110


atrofdagilar pakanaga boshqacha munosabatda bo‘lganligi uchun 
unda shaxsning o‘ziga xos qirralari shakllanadi deb xulosaga kel- 
gan. Eshituvchi kattalar eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar mak- 
tab-internatidagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar quvnoqligi, 
hayotga chanqoqligini ko‘rib hayratga tushganlar. Ularning fikri- 
cha, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘z nuqsonidan uyalib, 
doimo xomush yurishlari kerak. Ma’lumki, eshitishida nuqsoni 
bo‘lgan bolalar o‘z nuqsoni haqida kech biladilar, maxsus mak- 
tabdagi taiim -tarbiya jarayonida ularda kelajakka ishonch, faol- 
lik shakllanadi. Katta va o'rta sinf o‘quvchilari eshituvchilar bilan 
o‘zlari o'rtasidagi farqni yo‘qotish uchun so'zlashuv nutqini egal- 
lashga juda intiladilar. Kar bola shaxsining rivojlanish muammolari 
surdopsixologiyada to liq tadqiq etilmagan, quyidagi bo‘lim ush- 
bu masala tadqiqiga qaratilgan. Surdopsixologiyada V.G. Petrova, 
V.L. Belinskiy, E.A.Viytar, M.M. Nudelmanlarning ilmiy izlanish- 
larida sog‘lom va kar, zaif eshituvchi bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi 
shaxslararo munosabat xususiyatlari o‘rganilgan. Ular sotsiometrik 
testlar hamda insholardan foydalanilgan holda suhbat, kuzatuvlar 
tashkil etgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sogiom bolalar o‘rtasida 
«sinfdagi sardorlik» xususiyatlariga — muloqotga kirishuvchanlik, 
do‘stga sadoqatlilik, birodariga ko‘mak berish, mustaqillik, fantazi- 
yaga boy jihatlari hamda ko‘rkam tashqi ko‘rinishning o‘zi yetarli 
ekanligini ta ’kidlashgan. Kar va zaif eshituvchi bolalar esa mazkur 
holatni sinfdagi o‘quvchilarning og‘zaki nutqini egallaganlik holati 
va darslarni o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra belgilashgan.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling