Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Savol va topshiriqlar
1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va soglom bolalarning 
emotsional doirasi rivojlanishida qanday o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud?
2. Eshitishida nuqsoni boigan bolalar emotsional doirasiga ta ’sir 
etuvchi omillarni tavsiflang.
3. Eshitishida nuqsoni boigan bolalarning ijtimoiy va axloqiy 
tuyg‘ular ini shakllantirishda qanday xususiyatlar kuzatiladi?
7.3. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar faoliyat jarayonining
o‘ziga xosligi
Eshitishida nuqsoni boigan bolalar faoliyatida uning atrofdagi- 
larga faol munosabati namoyon boiadi. Faoliyat ixtiyoriy harakat- 
lar vositasida amalga oshuvchi holatlardan tarkib topadi. Inson 
o‘z harakatlarini sezgi va idrok asosida nazorat qiladi. Shu sababli 
normal rivojlanuvchi bolada harakat nazoratida katta rol eshitish- 
ga beriladi. Tovushlar, ovozlarni qabul qilib bola harakatlarini bir 
ritmliligi, yaxlitligini nazorat qiladi. Bunday jarayonda eshituv va 
ko'ruv sezgisidan tashqari kinestetik sezgi-idrok muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Eshitishida nuqsoni boigan bola o‘z faoliyati, harakatlari eshituv 
nazorati yo‘qligi sababli aniq bolm aydi. Kar bola hayotida eshi­
tuvchi m a’lum darajada bosuvchi taktil-vibratsion sezgi rivojlanib 
boradi. Bola vibratsiyalarga ko‘ra atrof-olam haqidagi dunyo ha­
qida bilimga ega b o la boshlaydi. Shunday qilib, taktil-vibratsion 
nazoratga ko‘ruv nazorat qo‘shiladi. Bu kar bolaga o‘z kinestetik 
sezgilarini to liq anglashga yordam beradi. Kar o‘quvchilar ol- 
diga qo‘yilgan maqsad va uni amalga oshirish yollarini moslash- 
tirishga qiynaladilar. U lar maqsadga yetishish sharoit va talablari 
mos tahlil qilishga qiynaladilar, faoliyatni amalga oshirish rejasiga 
ega bolmaydilar. To‘siq va qiyinchilikka duch kelganda eshitishida 
nuqsoni boigan bolalar ularni bartaraf etishga harakat qilmaydilar. 
Eshitishida nuqsoni boig an bolalar ayrim faoliyat turlarini faqat
115


o‘qituvchi ko'rsatmasi yoki taqlid asosida amalga oshiradilar, chun- 
ki ular mustaqil harakatlarning ketma-ketligini aniqlay olmaydi­
lar. Xususan, amaliy ishlarda master faoliyatini kuzatib, kar bola 
uning harakatlarini ketma-ketlikda bajara olmaydi. Faoliyatning 
to‘liq maqsadga qaratilmaganligi tanqidiy yondashuvning yuzaga 
kelmasligiga olib keladi. Kar o'quvchilarning ta’lim-tarbiyasida 
ularda ko'ruv, taktil-vibratsion va kinestetik nazoratni shakllanti- 
rish talab etiladi. Bunday nazorat jismoniy tarbiya, mehnat va rasm 
darslarida shakllantiriladi. Kar o'quvchilar faoliyatini nazorat etib, 
o'qituvchi bolalarga o'z faoliyatini anglashni, ishning har bosqichida 
maqsad va usullarni moslashtirishni o'rgatadi. Kar o'quvchilarni o'z 
faoliyatini rejalashtirish va o'zini nazorat etishga o'rgatish muhim- 
dir.

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling