shu tashqi holatlar zamirida yashiringan psixik jarayonlar sifat va
holatlarini to‘g‘ri aniqlay bilishi lozim.
Kuzatish metodida asosiy
urg‘u tashqi holatlarni ta’riflashga emas, ulardan to'g'ri xulosalar
chiqarishga qaratiladi.
Produktiv faoliyatni tahlil qilish metodi.
Bola faoliyati mah-
suliga
bolalar chizgan rasmlar, applikatsiya, qurish-yasash,
turli
o'yinchoqlar, yasagan narsalari, ular tomonidan yozilgan she’r va
ertaklar kiradi. Bunda bolalarning o'z ixtiyorlariga ko'ra mustaqil
bajargan faoliyat mahsuli alohida ahamiyatga ega. Masalan: bola
rasmda aks ettirgan predmet bilan bolaning tasavvuri o'rtasidagi
aloqani aniqlash mumkin.
Laborator va tabiiy eksperiment metodi.
Laborator eksperiment
laboratoriya
sharoitida, maxsus qo'llanm a va vositalar yordami
da amalga oshiriladi. Bunda tekshiriluvchi o'zining tekshirila-
yotganligini biladi. Notanish sharoit, ayniqsa, apparaturalardan
foydalanish bolaga o'zgacha ta’sir etib,
uning xulq-atvorida,
o'zini tutishida o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bola hatto
topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin. Shuning uchun
eksperiment jarayonida qiziqarli o'yinlardan
foydalanish tavsiya
etiladi.
Tabiiy eksperiment kundalik tabiiy sharoitda (dars, muloqot,
o'yin) olib boriladi. Bunda bolalar ularga tavsiya etilayotgan o'yinlar,
topshiriqlar ma’lum bir maqsadda berilayotganini bilmaydilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga nisbatan qo'llaniladigan
tabiiy va laborator eksperiment metodlarida keskin farqlar kuzatil
maydi, chunki har ikkalasida ham bolalar o'zlari uchun qiziqarli
bo'lgan faoliyat turi bilan mashg'ul bo'ladilar.
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaruvchi eksperi
ment psixologik-pedagogik eksperiment deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: